2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi:
Globallashuv
davrida jahonda ilm-fan,
texnika va
texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotganligi sir emas. Bu o`z
navbatida ilm-fan va
ta’lim oldiga yangi talablarni qo`ymoqda. Natijada ta’lim
tizimini tubdan isloh qilish,
o`qitishning zamonaviy usul va vositalarini takomillashtirish, ta’lim mazmunini boyitishga
xizmat qilish bugungi iqtisodiyotning globallashuv sharoitida dolzarb masala bo`lib qoldi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan
Murojaatnomasida
“... nima uchun bizga iqtisodiy integratsiya kerak! Bizning tashqi
savdoga chiqadigan yuklarimizning 80 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning
tranzit yo‘laklari orqali o‘tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50
foizi, ayrim tovarlar bo‘yicha esa 80 foizi Rossiya, Qog‘og‘iston, Qirg‘iziston hissasiga
to‘g‘ri keladi. Ana shu omillarni inobatga olib hamda Rossiya va Qozog‘istonga
ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida
bugungi kunda O‘zbekistonnning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlik qilish
bilan bog‘liq masalalar o‘rganilmoqda. Biz, albatta, ushbu jiddiy masalada, eng