13
amalga oshirishga urinayotgan g’ayriinsoniy kuchlar xatti-harakati kuchayib
borayotganligi;
➢
ma’naviy tahdid;
➢
mafkuraviy kurashlar
➢
“ommaviy madaniyat”
Bugungi kunda amalga oshayotgan global o`zgarishlar asosan ta’lim va
tarbiya sohasiga o`zining ta’sirini ko`rsatmoqda. Global o`zgarishlar í inson hayoti
sohalariga o`z ta’sirini obyektiv jarayon sifatda o`rganishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda globallashuv sharoitida iqtisodiyotning
innovatsion taraqqiyotini
ta’minlash va ilm-fanning rolini kuchaytirishda Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyevning “2017-2021 yillarda O`zbekiston respublikasini rivojlantirishning
5 ta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar Strategiyasi” muvafaqqiyatli xizmat
qiladi.
Ta’lim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida joriy yilda yangi ta’lim
muassasalarini qurish, mavjudlarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan,
12 ta umumta’lim maktabi yangitdan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi,
152 ta maktab kapital ta’mirlandi. Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta’lim muassasi
rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta bog’cha kapital ta’mirlandi
7
.
“Farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo`g’in hisoblangan maktabgacha
ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta o`rni va ahamiyatini e’tiborga olib,
Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etdik. Biz ushbu
sohaning moddiy-texnik
bazasini mustahkamlashimiz, jumladan, yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab
yangi bog’chalar qurishimiz, ta’lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga
ko`tarishimiz lozim
8
” deb Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim
muassasalarga alohida e’tibor qaratmoqdalar.
Shuningdek, ko`plab
ota-onalar, o`qituvchi va o`quvchilar hamda keng
jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida yurtimizda 11 yillik ta’lim qayta
tiklandi. Ta’lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad
14
Xorazmiy va Mirzo Ulug’bek nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuqur
o`qitiladigan maxsus maktablar tashkil etildi. Oliy ta’lim
tizimini yanada
takomillashtirish borasida ham ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
Shuningdek, Olmaliq shahrida Moskva po`lat va qotishmalar institutining, Toshkent
shahrida esa, AQSHning Vebster Universitetining filiallarini tashkil etish bo`yicha
kelishuvlarga erishilganini ta’kidlash lozim. Oliy ta’lim muassasalarida
iqtisodiyotning real sektoridagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib,
sirtqi va kechki
bo`limlar ochildi
9
.
Xulosa qilib aytganda, globallashuv davrida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon
qo`yayotgan talablarga javob berishi, undan orqada qolmasligi muhim ahamiyatga
ega. Bu mamlakatimizda belgilangan demokratik jamiyat qurish vazifalarini amalga
oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ta’lim
sohasidagi yutuqlar
taraqqiyotning kaliti bo`lsa, tarbiya sohasidagi o`ziga xoslik O`zbekistonni mustaqil
taraqqiyot yo`lidan rivojlanishini kafolatlab beradi.
Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun muhim shartlaridan biri,
ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi,
resurslarning erkin
almashinuvidan iborat.
Dostları ilə paylaş: