21
Mehnat bozori
- bozor iqtisodiyotining ancha murakkab elementi bo’lib,
bunda nafaqat ishlovchilar va ish beruvchilar qiziqishlari balki mehnat bahosi,
uning
tartiblanish sharoiti, eng asosiysi jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy holati
namoyon bo’ladi.
Inflyatsiya darajasi ish joylari tizimini harakatlarini o’sayotganligi yoki
kamayganligi, yuqori texnologiyali ish joylari tashkil etish darajasini aniqlab
beradi.
Mamlakat aholisi daromadlari uning mehnat aktivligi
darajasini keltirib
chiqaradi. Daromad pastligi sababli ko’p kishilar mehnat bozoriga chiqishga
majbur bo’ladi.
Mehnat bozori sub’ektlariga mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari va
milliy an’analari ta’sir ko’rsatadi.
Shuning uchun Rossiya, Yaponiya, AQSh
mehnat bozorlarining o’ziga xos belgilari mavjud.
Mehnat bozori ishga joylashtirishadigan,
kadrlarni tayyorlaydigan,
ishlamaydiganlarni moddiy qo’llab - qo’vvatlaydigan tashkilot. Mehnat bozoriga
mehnat birjasi, kadrlar tayyorlash markazi, bandlik xizmati,
biznes markazi,
tadbirkorlikni qo’llab - qo’vvatlash markazi, pensiya jamg’armalari kiradi.
Dostları ilə paylaş: