Mavzu: Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida bozorning amal qilishi Kirish



Yüklə 178,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix19.12.2023
ölçüsü178,63 Kb.
#186849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
bozor

Bozor iqtisodiyoti 
- bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi 
qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. 
Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar 
va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. 
Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo‘jaligi 
sub'yektlari iqtisodiy hatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va 
ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib muvofiqlashuvi deb baho 
beradilar. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma 
bosqichlarini ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol jarayonlarini 
hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub'yektlarini qamrab oladi. 
Bozor iqtisodiyoti sub'yektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, yollanma ishchilar 
ham, pirovard iste'molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog‘ozlar egalari 


15 
ham kiradi. Odatda, bozor xo‘jaligining barcha asosiy sub'yektlarini uchta guruhga 
bo‘lib o’rganamiz: uy xo‘jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat. 
Uy xo‘jaliklari - iqtisodiyotning iste'mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy 
tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste'mol qilinadi. Bozor 
iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib 
beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari 
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. 
Tadbirkorlik sektori - bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi 
iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inlaridir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz 
olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab 
chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo‘jaligida 
tovar va xizmatlarni yetkazib beradi. 
Davlat - foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga 
solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Shuningdek, ba'zi darslik va o‘quv qo‘llanmalarda shuni ko’rishimiz mumkinki 
bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil sub'yekti sifatida banklar ham 
ajratib ko‘rsatiladi
10

Bank - iqtisodiyotning me'yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul massasi 
harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasidir. 
Shunday qilib, yuqorida keltirib o‘tilgan bozor iqtisodiyoti sub'yektlarining 
o‘zaro ta'siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalashimiz mumkin (1.2- 
chizma). 
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‘rtta 
tarkibiy qismga bo’lib o’rganamiz: narx, talab va taklif hamda raqobat. 


16 
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilariga quyidagilarni kiritib 
o’tishimiz mumkin: 
-
turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‘lishi va unda xususiy mulkchilikning 
ustun turishi; 
-
tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 
-
raqobat kurashning mavjudligi; 
-
davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; 
-
korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga 
moslashuvchanligi. 
1.2-rasm. Bozor xo‘jaligi sub'yektlari o‘zaro aloqasining umumiy modeli. 
Bozor iqtisodiyotining tarixan tarkib topgan ikki turini ajratib o’rganishimiz 
zarur. Birinchisi klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb atalib, uzoq vaqt davomida 
shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom 
etib keldi. Uning asosiy belgilari quyidagilar bo’lib hisoblanadi: a) xususiy 
mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; b) kapital va ishlab 
chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; v) tadbirkorlar, ishchilar, ishlab 
chiqaruvchi va iste'molchilarning shaxsiy erkinligi; g) tadbirkorlarning yuqori foyda 
olish uchun kurashlari; d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat 
kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, 
ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi. 
Bank 
Davlat 
Uy xo’jaligi 
Korxona (firma) 


17 
Zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari quyidagi chizmada farqlab o’tamiz. 
Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari 
Mezonlar 
Davlat 
dasturlarining 
maqsadga 
yo’naltirilganlig

Iqtisodiyotni 
tartibga solish 
tamoyillari 
Davlat sektorining 
iqtisodiyotdagi 
ulushi 
Ijtimoiy 
yo’naltirilgan 
bozor 
iqtisodiyoti 
Fuqorolar 
manfaatlari
ni himoya 
qilish 
Uzoq 
muddatli 
dasturlarning 
ishlab 
chiqilishi 
30

Aralash 
iqtisodiy
ot 
Tabirkorlikni 
rivojlantirish 
bo’yicha shart- 
sharoitlar 
yaratish 
Taktik 
usullardan 
ustun ravishda 
foydalanish 
10% atrofidɚ 
Koorporati

iqtisodiyot 
Yirik ishlab 
chiqarish 
manfaatlari
ni himoya 
qilish. 
Asosiy 
ustuvorliklar
ni belgilab 
olish 
Ⱥhamiyats
iz darajada 
Ko’rsatilgan 
me’zonlarga muvofiq 
keluvchi davlatlar 
Germaniya 
ȺQSH 
Yaponiya, 
Shvetsiya


18 
Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari. 
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, 
barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar 
bo‘lishi taqozo qilinadi. Bularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ilg‘or 
texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab 
chiqarishning ixtisoslashishi. 
Har qanday iqtisodiy tizim singari bozor iqtisodiyoti ham iqtisodiyotning 
umumiy muammolarini ifoda etuvchi quyidagi savollarga javob topishi zarur: 

nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur? 

qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish zarur? 

kim uchun ishlab chiqarish zarur 
Agar bu savollarni umumiy ravishda qo‘yib, unga taraqqiyotning barcha bosqichlariga xos 
bo‘lgan umumiy javobni beradigan bo‘lsak, ularni lo‘nda qilib: aholi ehtiyoji uchun zarur 
miqdor va turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish; mavjud resurslardan samarali 
foydalanib, yangi texnika va texnologiyalar asosida ishlab chiqarish; aholi iste'moli uchun 
zarur ne'matlarni ishlab chiqarish, deb javob berishimiz mumkin.
Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga mazkur tizimning o‘ziga xos tarixiy 
xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqib javob beriladi. Qisqacha 
qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida: 
a)
ko‘proq foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi; 
b)
puli bor, tovarlarni yuqori foyda olish imkonini beradigan narxlarda sotib olish 
layoqatiga ega xaridorlar uchun ishlab chiqariladi; 
v) yuqori foyda olishni ta'minlaydigan, tejash imkonini beradigan texnika va 
texnologiya yordamida ishlab chiqariladi. 


19 

Yüklə 178,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin