Mavzu Iqtsodiy rivojlangan davlatlarda boshlang‘ich ta’lim. Osiyo davlаtlarida boshlang‘ich ta’lim


Yaponiyada boshlang‘ich ta’limning o‘qitilishi



Yüklə 237,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix16.03.2023
ölçüsü237,59 Kb.
#88208
1   2   3
2-Маьруза

3.Yaponiyada boshlang‘ich ta’limning o‘qitilishi 
Yaponiyada bolalarni 6 yoshga to‘lishi bilan maktabga 
berishadi. Unga qadar ular bog‘chada ta’lim-tarbiya olishadi. 
Maktabda darslar odatda 8:30 da boshlanadi. Har dushanba 
kuni “lineyka” bo‘ladi. Boshlang‘ich maktablarda darslar 45 
daqiqadan iborat. Boshlang‘ich maktab (1-6 sinflar) Bu yerda 
o‘quvchilar: ona tili matematika Biologiya, fizika, kimyo, tarix, 
etika, musiqa, rasm, jismoniy tarbiya, uy xo‘jaligi kabi darslarni 
o‘qishadi. Boshlang‘ich maktabni tugatganga qadar bolalar 1006 
ta kanjini yod olishlari talab etiladi. 
O‘rta maktabda yuqoridagi fanlarga qo‘shimcha ravishda 
yana ingliz tili va bir qancha maxsus fanlar qo‘shiladi. Dars 50 
daqiqa davom etadi. Bir kunda 6 tagacha darslar bo‘ladi. Maktab 
formasi majburiy hisoblanadi. 
1. Avvaliga xulq-atvor, muomala madaniyati, keyin bilim 
Yapon o’quvchilari 4-sinfga qadar imtihon topshirishmaydi
faqat kichik-kichik mustaqil ishlar yozib turishadi. Umuman, 
maktabning dastlabki uch yilida ilm olishga katta kuch 
sarflanmaydi. Asosiy e’tibor bolalar tarbiyasiga qaratiladi, ya’ni 
o’quvchilar boshqalarni va uy hayvonlarini hurmat qilishni, 
olijanoblikni, hamdardlikni, haqiqat izlashni, o’zini o’zi nazorat 
qilishni va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishni 
o’rganishi kerak. 
Boshlang’ich ta’lim jarayonida ko’p hollarda bitta 
o’qituvchi har bir sinfdagi barcha fanlarni o’qitadi Boshlang’ich 
maktablarning soni ko’payib, ingliz tilini o’qitish boshlandi. 
Axborot texnologiyalari ta’limni yanada takomillashtirish uchun 
ishlatilgan va ko’pgina maktablar internetga kirish imkoniga 
ega. 


Koreyaning zamonaviy ta’lim tizimi rasman Yaponiya 
mustamlakasidan ozod bo’lgan 1945 yildan boshlangan. Ammo 
kengroq qaraydigan bo’lsak, koreyslarda ta’lim tizimi 1894 yilgi 
islohotlardan keyin yuzaga kelgan, deyish mumkin. 1881 yili 
Koreyadagi 
Choson 
xukumati 
mamlakat 
xavfsizligini 
kuchaytirish maqsadida maxsus armiya tuzadi va g’arbliklar 
harbiy san’atdan dars bera boshladilar. 
Zamonaviy Koreya ta’lim tizimida boshlang’ich maktablarning 
roli muhim. Koreyada boshlang’ich ta’lim uchun o’quv yilida 1 
martga qadar 6 yoshdan yuqori bo’lgan bolalar qabul qilinadi. 
Lekin 5 yoshli bolalar ham o’qishga kirishga xuquqli bo’lib, 
buning uchun maktab mas’ul shaxsining ruxsatnomasini olishi 
lozim bo’ladi. O’quv yili esa 1 mart Koreya respublikasida 
davlat bayrami munosabati bilan 2 martdan boshlanadi. 6 yil 
davom etadigan boshlang’ich ta’lim majburiy etib belgilangan. 
Boshlang’ich ta’limda 1 yil ikki semestrga bo’lingan holda olib 
boriladi. Boshlang’ich ta’limdan keyingi «zinapoya» vazifasini 
o’rta ta’lim bajaradi. O’rta ta’lim Koreya respublikasida 3 yil 
davom etadi. O’rta ta’lim ham majburiy bo’lib, bir o’quv yili 1 
martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom etadi.
Darslar 45 daqiqadan etib belgilangan bo’lib, bir yilda 1222 
soatni tashkil etadi. O’rta ta’lim maktablarida davlat tili, axloq, 
ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya, musiqa, san’at, chet 
tili kabi 10 ga yaqin fanlar o’qitiladi. Shuningdek, o’rta 
maktabda o’quvchi uchun tanlov fanlar mavjud. Bular qatoriga 
axborot, chet tili (ko’pincha nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, 
rus, arab tillari) kabilarni kiritish mumkin. O’rta maktab 
tugatilgach yuqori maktablarda ta’lim davom ettiriladi.
Singapur ta’limining o‘ziga xosliklari. Ulardan biri — 
mamlakatda o‘qitish jarayoni xitoy tili bilan birga, ingliz tilida 
olib boriladi. Bir paytlar Singapur sobiq bosh vaziri Li Kuan Yu 
mamlakatning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashishi oson 
kechishi uchun kundalik muloqotda ingliz tilidan keng 
foydalanishni 
taklif 
etgan. 


Singapur XX asrgacha Buyuk Britaniya mustamlakasi 
bo‘lib, 1959-yildagina mustaqilligini qo‘lga kiritdi. O‘sha 
kezlari aholining 95 foizini xitoy, hind va malay xalqlari tashkil 
etgani 
bois 
darslar 
ularning 
ona 
tilida 
o‘tilgan.
1979-yildan 1997-yilga qadar davom etgan ikkinchi bosqichda 
esa ta’lim sifatini oshirishga urg‘u berildi. Maktablarda sinflar 
bolalarning qobiliyatiga ko‘ra ixtisoslana boshladi. 1992-yili 
texnik ta’lim instituti tashkil etilib, maktablarda maxsus texnik 
ta’lim joriy qilindi. 
Singapurda davlat maktablariga katta e’tibor qaratilgani 
bois ular ta’lim sifati va zamonaviylik borasida xususiy 
maktablardan sira qolishmaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat 
budjetining 20 foizi ta’limni rivojlantirishga sarflanadi. Shu bois 
mahalliy aholi xususiy maktablarga ko‘p ham qiziqavermaydi, 
aksincha, farzandini barcha sharoitlarga ega davlat maktablarida 
o‘qitishni 
afzal 
ko‘radi. 
Maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. O‘rta ta’lim 
boshlang‘ich, o‘rta va universitetoldi ta’lim bosqichlariga 
bo‘linadi. Boshlang‘ich ta’lim 4 yillik fundamental tayyorlov 
(1–4-sinflar) hamda 2 yillik ixtisoslashtirilgan tayyorlov (5–6-
sinf)ni o‘z ichiga oladi. Fundamental tayyorlov bosqichida 
o‘quvchilarga ingliz tili, ona tili (xitoy, malay yoki tamil) va 
matematika fanlari o‘qitiladi.
O‘g‘il-qizlarning tanloviga ko‘ra etika, estetika, mehnat, 
musiqa va jismoniy tarbiya darslari ham o‘tiladi. 3-sinfdan 
o‘quv dasturiga tabiiy-ilmiy fanlar qo‘shiladi. Bolalar 4 yillik 
ta’limdan so‘ng ixtisoslashtirilgan tayyorlov bosqichiga o‘tgach, 
ona tili, ingliz tili va matematikani o‘rganish qobiliyatiga ko‘ra 
guruhlarga ajratiladi. Maktablarda o‘quvchilarga shaxsiy 
imtihon topshirish tizimini ishlab chiqish imkoniyati berilgan. 
Bu har bir bolaning o‘z qobiliyatini yanada yaxshiroq namoyon 
etishini ta’minlaydi. Imtihonlar yakunida bolalar iqtidoriga ko‘ra 
ingliz va ona tilidan boshlang‘ich, standart hamda yuqori daraja, 
matematika va tabiiy fanlardan dastlabki va standart 
darajalardan birini oladi. O‘qish so‘ngida o‘quvchilar bitiruv 


imtihonini topshiradi va ta’limning keyingi bosqichiga o‘tish 
uchun 
PSLE 
(Primary 
School 
Leaving 
Examination) 
shahodatnomasiga ega bo‘ladi. 
Singapur ta’limining yana bir o‘ziga xosligi noodatiy 
baholash 
tizimidir. 
Aksariyat 
ta’lim 
muassasalarida 
o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi to‘qqiz ballik — A1 — 
(eng yuqori), F9 — (eng past) baholash mezonlari asosida 
o‘lchanadi. Bunda A1/A2 (a’lo), B3/B4 (yaxshi), C5/C6 
(qoniqarli), D7 (fanni o‘zlashtirganlik uchun eng kam ball) 
hamda E8/F9 (qoniqarsiz) hisoblanadi. Maktablarda yakuniy 
reyting natijalari to‘plangan ballar asosida belgilanadi. 
Singapurda eng iqtidorli o‘quvchilar integrallashgan 
ta’lim dasturi(Integrated Programme, IP)ni egallashi mumkin. 
Bunda mamlakatdagi sara maktablar o‘quvchilariga O-daraja 
sinovlaridan o‘tmay turib, 6 yillik o‘rta ta’limni tamomlagani 
zahoti A-darajani olish uchun imtihon topshirish imkoniyati 
beriladi. Bu o‘quvchilarning bo‘sh vaqti ko‘proq qolishi hamda 
bu paytda o‘zi tanlagan fanlarni chuqurroq o‘rganishiga yo‘l 
ochadi. 
Singapur oliy ta’limi dunyoda yetakchilardan sanaladi. 
Mamlakatda 5 institut, 4 universitet bo‘lib, ularning har birida 
oliy darajada ta’lim olish kafolatlangan. Shuningdek, 
mamlakatda 2 ta xususiy universitet hamda bir qancha jahonga 
mashhur oliy o‘quv yurtlarining filiallari mavjud. 

Yüklə 237,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin