MASALALAR
1. 8 soatlik ish kunida ishchi ishbay ish haqi sharoitida 16 dona
mahsulot ishlab chiqaradi. Bir dona mahsulot uchun 20 pul birligida haq
to’lanadi. Keyinchalik mahsulot ishlab chiqarish me'yori 20 dona
mahsulot qilib belgilandi, haq esa me'yor bajarilganda va oshirilganda -
20
pul birligi, me'yor bajarilmaganda - 18 pul birligi qilib belgilandi.
Agar ishchi ishlab chiqarish me'yorini 95 %ga bajarsa,
uning ishlab
chiqargan mahsuloti va ish haqi qanday o’zgaradi?
2.
Faraz qilaylik, ikki mamlakat mavjud - Rossiya va Qozoq’iston.
Mehnat bozori bu mamlakatlarda quyidagi ko’rsatkichlar bilan
tavsiflanadi:
Rossiyada: DL
= 70 - 6W, SL =22 + 6W
Qozoq’istonda: D*L = 50 - 4W, S*L = 40 + 5W
W - bir soat uchun to’lanadigan real ish haqi.
a) Avtarkiya sharoitida ikki mamlakatda muvozanatli ish haqi va ish
kuchi hajmi qancha?
b) Ish kuchining potensial yo’nalishi qanday?
c) Faraz qilaylik, ikki mamlakatda emigratsiya va immigratsiyaga
to’siqlar
olib tashlandi, natijada ish kuchi
qabul qilgan mamlakatda
muvozanatli ish haqi 1 pul birligiga pasaydi.
Muvozanat qanday
o’zgardi?
http://hozir.org