Mavzu: ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning qonuniyatlari, shakllari va omillari



Yüklə 32,18 Kb.
səhifə10/13
tarix02.01.2022
ölçüsü32,18 Kb.
#47080
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish

Elektr energetika omili. Hozirgi zamon ishlab chiqarishini elektr quvatisiz tasavvur qilish qiyin. Ushbu sohaning o„ziga xos xususiyati shundaki, u yaratgan mahsulotni, ya‟ni elektr quvvatini jamg„arib, omborxonalarga yig„ib bo„lmaydi, undan ayni paytning o„zida sinxron ravishda foydalanish kerak. Bundan tashqari, elektr quvvati yuqori

kuchlanishli elektr tarmoqlari orqali uzoq masofalarga ham uzatilishi mumkin.

Odatda elektr quvvati omilini ishlab chiqarishning hududiy tashkil etilishida eng avvalo uning arzon xillariga urg„u beriladi. Arzon elektr quvvati suv stansiyalaridan olinadi, chunki suv suvligicha GESdan keyin ham qolaveradi, issiqlik elektr stansiyalarida esa ko„mir, mazut yoki tabiiy gaz tamomila sarflanadi.

Elektr energetika omiliga quyidagi misollarni keltirish mumkin. 1

t. qalayi yoki titan ishlab chiqarish uchun (titan po„latdan bir necha marta yengil va ayni paytda undan ancha chidamliroq) 40-30 ming kvt/soat, xuddi shu miqdordagi alyuminiyga va natriyga 14-18 ming kvt/s, misni rafinatsiyalash (tozalash), elektr pechlarida po„lat eritishda ularning har bir tonnasiga 8-10 ming kvt/s atrofida elektr quvvati sarflanadi. Shuningdek, temir qotishmalari (ferrosplav), magniy, qo„g„oshin, sintetik tola va kauchik kabilarning ham elektr energiyasiga talabi katta. Tabiiyki, bunday korxonalar arzon elektr energiyasi manbalariga yaqin joyda qurilishi kerak.

Demak, elektr quvvati omil sifatida bir qator sanoat tarmoqlarini o„z atrofida «yig„ar» ekan. Shu sababli, u katta yirik rayon va hududiy majmua hosil qilish qudratiga ega. Bizning sharoitimizda elektr quvvati yangi yerlarni o„zlashtirish uchun ham kerak. Jumladan, Qarshi dashtining asosiy qismi Tollimarjondagi bir qator nasos stansiyalari vositasi bilan so„g„oriladi. Elektr quvvati Norak-Tursunzoda-G„uzor orqali keladi. Hozirgi kunda esa shu yerning o„zida juda yirik, mahalliy tabiiy gaz asosida ishlaydigan Tollimarjon IESi qurildi.

Respublikamizda bulardan tashqari Sirdaryo Angren, Toshkent, Navoiy, Taxiatosh IESlari, Andijon, Chorbog„, Xojikent, Tuyamo„yin va boshqa GESlar mavjud. Ular yiliga 50 mlrd. kvt/soatdan ko„proq elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Bu esa rangli metallurgiya, kimyo kabi

«energiya-talab» tarmoqlarini rivojlantirishga imkon beradi.

Ijtimoiy-iqtisodiy omillar ichida eng muhimi aholi va mehnat resurslaridir. Albatta, har qanday ishlab chiqarish jarayoni ishchi kuchisiz sodir bo„lmaydi. Ammo bu o„rinda ikki holni qayd etish lozim: birinchidan, shunday korxonalar borki, ularga son jihatdan ko„p ishchi kerak. Masalan, tikuv fabrikasi, konserva zavodi, paxta yetishtirish, uni qayta ishlash korxonalarining mehnat sig„imi katta va h.k. Ayni bir paytda boshqa bir korxonalarga mehnat resurslarining miqdori ko„p bo„lishi shart emas, aksincha, «oz bo„lsa ham, soz bo„lsin» ma‟nosida ularga malakali, ya‟ni sifatli ishchi kuchi talab qilinadi. Mazkur

korxonalar va tarmoqlar radio yoki priborsozlik, aniq mashinasozlik va shunga o„xshash, odatda malakali ishchi kuchi mavjud bo„lgan shaharlarda joylashtiriladi. Bunday ilmtalab korxonalarni tashkil etishda ba‟zi rivojlangan mamlakatlarda maxsus texnopolis va fan shaharlari yaratiladi.

O„zbekistonda mahalliy aholining tabiiy ko„payishini nisbatan yuqoriligi va uning migratsion harakatining faolsizligi mehnat zahiralarini ko„plab shakllanishiga olib keladi. Shu sababli Respublikada mehnatga layoqatli aholi soni miqdoran juda ko„p. Ularning soni, ayniqsa, qishloq joylarda va sust rivojlangan kichik shaharlarda yuqori. Binobarin, bunday joylarda ish o„rinlarini kengaytirish, yangi sanoat va boshqa korxonalar, madaniy-maishiy muassasalarni qurish, mehnat bozorini shakllantirish kerak.

Aholi, albatta faqat ishchi kuchi emas, u balki ko„proq darajada iste‟molchi hamdir. Bu omilning roli esa hozirgi kunda xalqning yashash sharoiti va darajasini yaxshilash doirasida keskin oshib bormoqda. Muvaqqat ijtimoiy qiyinchiliklarni yengillashtirish uchun aholining kundalik hayoti uchun zarur bo„lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va uning boshqa ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni yetarli darajada ishlab chiqarish talab etiladi. Shu bois iste‟mol omili oziq-ovqat korxonalarini o„ziga «tortadi», ya‟ni bunday zavod yoki fabrikalar, aholiga xizmat ko„rsatish tarmoqlari qishloq va shaharlarda joylashtiriladi.




Yüklə 32,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin