Aktivlarni boshqarish. Korxonalar xo‘jalik faoliyatining xajmi va amalga oshirilayotgan operatsiyalar ko‘lamidan kelib chiqqan holda uning turli hildagi aktivlarga bo‘lgan talabini aniq o ‘rganish. korxona aktivlaridan samarali foydalangan holda ularning tarkibini optimallashtirish va likvidliligini ta’minlash, amortizatsiya hisoblashning eng maqbul yo‘Uarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni moliyalashtirishni optimal yoMlari va manbalarini tanlash, aktivlarni boshqarish funksiyasining mohiyatini ifodalaydi.
Kapitalni boshqarish.Bozor munosabatlari sharoitida har bir korxona o‘z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda moliyaviy resurslarni optimal yo‘llarini izlab topish va ulardan samarali foydalanishi talab etiladi. Korxonaning hozirgi va kelgusidagi faoliyat turlarini amalga oshirishda foydalaniladigan moliyaviy resurslar bilan; ta’minlash, kapitalni boshqarish funksiyasining mohiyatini ifodalaydi. Bu asosan korxonaning kapitalga bo‘lgan jami talabini o‘rganish va ulardan samarali foydalanish, moliyalashtirishning eng maqbul yo'llari va manbalarini aniqlash, qayta moliyalashtirish bo‘yicha kompleks tadbirlami amalga oshirish kabilarni o ‘z ichiga oladi.
Investitsiyalami boshqarish.Korxonalarni moliyaviy barqaror faoliyat ko‘rsatishlari va ularni faoliyatlarini rivojlantirish investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga bevosita bog‘liqdir. Investitsiyalami boshqarish funksiyasi, korxonaning taktik va strategik maqsadlarini amalga oshirishga yo'naltirilgan investitsiya siyosatini ishlab chiqishdan iborat. Bunda asosan, korxonaning faoliyat turi va moliyaviy imkoniyatlarini inobatga olgan holda unga ko‘proq moliyaviy manfaat keltiruvchi va eng maqbulini tanlash maqsadida, investitsion loyihalaming samaradorligi va qaytimini baholash, kapital qo‘yilmalar byudjetini ishlab chiqish, qimmatli qog‘ozlar portfelini tashkil qilish va boshqarish va boshqalar amalga oshiriladi.
Pul oqimlarini boshqarish.Korxonalaming joriy va kundalik faoliyatini amalga oshirishda pul oqimlarini boshqarish muhim rol o‘ynaydi. Korxonalaming moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy mustaqilligi,likvidiiljgi va to‘lovga qobilligi hamda boshqa iqlisodiy ko'rsatkichlarning yuqori ekanligi ko‘p jihatdan ushbu funksiyaning to 'g‘ri va oqilona amalga oshirilishiga bogiiqdir. Korxonalarda pul oqimlarini kirib kelishi va chiqib ketishini to'g'ri tashkil eiish, ular ustidan doimiy nazoratni olib borish, vaqtincha bo‘sh turgan moliyaviy mablag‘lardan optimal foydalanish va shu kabilar pul oqimlarini boshqarish funksiyasini mohiyatini ifodalaydi. Moliyaviy risklarni boshqarish. Hozirgi raqobat muhiti rivojlangan bir davrda tadbirkorlik faoliyatining maqsadi kam harajat evaziga ko‘proq daromad olishdan iborat. 0 ‘z navbatida har qanday xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida, tijorat faoliyatining turi va xajmidan kelib chiqqan holda ma’lum bir yo‘qotishlar yoki tavakkalchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida risklar (tavakkalchilik) xo‘jalik faoliyatini tashkil qiluvchi muhim omillaridan biri hisoblanadi. Moliyaviy risklarni boshqarish funksiyasi yordamida, ho‘jalik faoliyatida yuzaga kelgan risklarning turlarini aniqiash, ushbu risklarning xatarlililk darajalarini baholash va buning natijasida yo‘qotishlar ko‘lami va xajmini belgilash mumkin bo‘ladi. Olingan ma’lumotlar va taxlil natijalariga asoslangan holda, risklarni boshqarishning kompleks chora-tadbirlar tizimi tuziladi: ularni diversifikatsiyalash va sug‘urtalash; risklarning aloxida turlari minimallashtiriladi va profilaktik ishlar amalga oshiriladi. Biz yuqorida moliyaviy menejmentning asosiy funksiyalariga urnumiy holda ta’rif berib o‘tdik.
Ishlab chiqarish omillari – ishlab chiqarish jarayonida bеvosita qo’llaniluvchi barcha rеsurslar. Ishchi kuchi – insonning mеhnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisi. Mеhnat qurollari – inson uning yordamida tabiatga, mеhnat prеdmеtlariga ta’sir qiladigan vositalar. Mеhnat prеdmеtlari – bеvosita mеhnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalar. Ishlab chiqarish jarayoni – kishilik jamiyatining amal qilishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy nе’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish – jamiyat miqyosida ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turishi. Oddiy takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish miqyoslarining o’zgarmagan holda takrorlanishi. Kеngaytirilgan takror ishlab chiqarish – ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishi. Ishlab chiqarishning umumiy natijasi – mamlakat bo’yicha yaratilgan milliy mahsulotning yil davomidagi yig’indisi. Ishlab chiqarishning pirovard natijasi – ishlab chiqarish sohasidagi o’z harakatini tugatgan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bеvosita (istе’mol fondi orqali), yoki bilvosita, ya’ni ishlab chiqarishni kеngaytirish (jamg’arish fondi) orqali qondirishga tayyor mahsulot.
Sof mahsulot – yaratilgan mahsulotdan istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chеgirib tashlangandan qolgan qismi. Zaruriy mahsulot – ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo’lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mеhnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mahsulot. Qo’shimcha mahsulot – sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo’shimcha ish vaqtida qo’shimcha mеhnat bilan yaratilgan mahsulot. Qo’shimcha mahsulot massasi – yil davomida olingan qo’shimcha mahsulotlar yig’indisi. Qo’shimcha mahsulot normasi – qo’shimcha mahsulot massasining zaruriy mahsulotga nisbati. Ishlab chiqarish funktsiyasi – ishlab chiqarish omillari bilan uning samarasi o’rtasidagi bog’liqlik. Umumiy mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillaridan foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutlaq hajmi. O’rtacha mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir birligiga to’g’ri kеladigan mahsulot hajmi. So’nggi qo’shilgan mahsulot – eng so’nggi qo’shilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) evaziga o’sgan mahsulot hajmi. Mеhnat unumdorligi – ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyati
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llab-quvvatlash b o ‘yicha, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, m ustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag‘batlantirish masalalari alohida o'rin tutadi1.
Ma’lumki har qanday faoliyat turi Menejment asosida quriladi, chunki shu faoliyatni amalga oshirishdan kozlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun ushbu faoliyatda ishtirok etuvchilar manfaatlarini himoya qilish, rag‘batlantirish chora-tadbirlari Menejment jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi. Bunda boshqaruvga iqtisodiyotda mavjud tizim ham o‘z ta’sirini o'tkazadi.
Mustaqilligimizni qo‘lga kiritmasimizdan oldingi tizimda, iqtisodiyotda m a’muriy-buyruqbozlikka hamda markaziy rejalashtirishga asoslangan tizim hukmron edi. Faqatgina mulkchilikrflng davlat mulki va shirkat mulki shakliga ega boigan, markazdan turib belgilangan rejalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, qattiq nazorat qilish, qolaversa, jamiyatda mulkdorlar sinfining shakllanishiga to ‘sqinlik qiluvchi iqtisodiy tizim o‘zini oqlamaganligi tarixdan m a’lum.
O'zbekiston jahon tajribasiga asoslanib, mulkchilikning turli shakllari tengligi t a ’minlangan, ishlab chiqarishning zamonaviy, milliy manfaatlarga mos tuzilmasini yaratish ko‘zda tutilgan, erkin narx-navo va bozor qonunlari asosida boshqariladigan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lini tanladi va iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda.