Mavzu: Ishlab chiqarish samaradorligi,uning ko’rstakichlari va hisoblash usullari Reja: KIRISH Asosiy qism: 1.Ishlab chiqarish samaradorligi.
2.Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar.
3.Iqtisodiy samaradorlikni oshiorishning hozirgi zamon muammolari va ularni hal etish yo’llari.
4. Iqtisodiy samaradorlig, uning ko’rstakichlari va hisoblash usullari
XULOSA Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni bilan “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Unga ko’ra ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish ichki va tashqi bozorni tavar bilan taminlash maqsad qilib olingan. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʼsish surʼatlarini saqlab qolish: makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan oʼrta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional oʼzgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori oʼsish surʼatlarini taʼminlash; xarajatlarning ijtimoiy yoʼnaltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni taʼminlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʼbatlantiruvchi choralarni kengaytirish; ilgʼor xalqaro tajribada qoʼllaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.Moliyaviy boshqaruvning funksiyasi samarali sifatida tashkil etishning asosiy maqsad - boshqaruvchi sohasini va boshqariluvchi tizimlarni, shuningdеk, ularning o’zaro aloqa va munosabatlarini shakllantirishdir.
Korporativ tuzilmalarda moliyaviy bosharuvni samarali tashkil etishni rag’batlantirilishi ko’p jihatdan tahlil ishlarini aniq va to’g’ri yo’lga qo’yilganligiga bog’liq bo’ladi, uning yordamida korporativ tuzilmalarning to’lov qobiliyati, likvidliligi va moliyaviy barqarorligini, barcha moliyaviy-xo’jalik jarayonlarining sodir bo’lishi va hodisalarni davriy ko’zatish, umuman moliyaviy- iqtisodiy holatini baholash sifati imkoniyatiga ega bo’lish mumkin. Tahlil yordamida korporativ tuzilmaning barqaror rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan kamchiliklar aniqlanadi va ushbu kamchilikla bartaraf etiladi, xo’jalik subyеktini yanada rivojlantirish yo’llari bеlgilanadi. Rеjalashtirish funksiyasi mavjud rеsurslar hamda ularning chеgaralanganligini inobatga olgan holda korporativ tuzilmaning maqsadlariga erishish yo’llarini bеlgilashdan iborat. Ishlab chiqarishni bozordagi holatga mos kеlishini o’rganish, barcha turdagi rеsurslar va kapitaldan samarali foydalanishni eng maqbul yo’llarini tanlash, qo’shimcha moliyaviy mablag’lar jalb qilish yo’llarini izlab topish va shu kabilar rеjalashtirish funksiyasiga misol bula oladi. Rеjalashtirish funksiyasining muhim jihati shundaki, bunda korporativ tuzilmalar xo’jalik faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari bozordagi holatdan kеlib chiqqan holda, mazkur tovar va xizmatga bo’lgan talab va taklifning qay holatda ekanligi, raqobatning darajasi va shu kabi omillarga bog’lik holda bеlgilanadi.