Mavzu: Ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish samaradorligi Reja: Kirish



Yüklə 312 Kb.
səhifə3/11
tarix28.04.2023
ölçüsü312 Kb.
#104358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy eti

Modernizatsiya keng tushuncha bo’lib, uni ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga tadbiqan qo’llash mumkin. Bu, eng avvalo, modernizatsiyalash jarayonini turli jihatlarga ko’ra tasniflash orqali namoyon bo’ladi.
“Modernizatsiya, modernizatsiyalash (inglizcha modern - eng yangi, zamonaviy) – biror narsani yangilash unga zamoaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga muvofiq o’zgartirish degan ma’noni bildiradi. Modernizatsiyalashda mashina, apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim kashfiyotlar texnika taraqqiyoti talablriga muvofiq qayta ishlanadi”3.
Xususan, ular modernizatsiya tushunchasiga tor ma’nodagi yondashuv sifatida quyidagi mazmundagi ta’rifni berish mumkin: “Modernizatsiya – obyektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan, mashina, asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi”. Bundan ko’rinadiki, tor ma’nodagi modernizatsiya atamasi asosan texnika, texnologiyaga oid tushuncha hisoblanadi.
Modernizatsiya – ishlab chiqarishning tayyorlanayotgan mahsulotlar (ish va xizmatlar) raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilgan texnologik yangilanish jarayonidir.
U korxonalarning texnologik qoloqligini bartaraf etish vositasi bo’lib, mehnat, moddiy va xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish darajasiga keskin ta’sir ko’rsatadi. Modernizatsiya, texnik va texnologik yangilash natijalari yuqori texnologik, raqobatdosh ishlab chiqarishning jadal rivojlanish shartini belgilab beradi4.
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda modernizatsiya jarayonini tavsiflashdagi turlicha yondashuvlar mazmuni bayon etilgan (1-jadval).
1-jadval5

Yondashuv yo‘nalishlari

Modernizatsiya jarayonining qisqacha tavsifi

Klassik sotsiologiya
(E.Dyurkgeym, M.Veber)

Ijtimoiy mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi ijtimoiy tabaqalanish jarayoni

Xo’jalik subyektlarining o’z faoliyatlari iqtisodiy samarasini eng yuqori darajada oshirish imkoniyatini
beruvchi ratsionalizatsiya jarayoni

Neoklassik maktab

Xususiy mulkchilik va demokratiyani mustahkamlash vositasi

Keynschilar maktabi

Zamonaviy tarmoqlarni barpo etish maqsadida xo’jalikning asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi tarkibiy o’zgarishlar


Yüklə 312 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin