Mavzu: Ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish samaradorligi Reja: Kirish


-jadval. Modernizatsiya jarayonini tavsiflashdagi turlicha yondashuvlar



Yüklə 312 Kb.
səhifə4/11
tarix28.04.2023
ölçüsü312 Kb.
#104358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu Ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy eti

1-jadval. Modernizatsiya jarayonini tavsiflashdagi turlicha yondashuvlar
Jadvalga ko’ra, modernizatsiya jarayoni mazmunini klassik sotsiologiya vakillari “ijtimoiy tabaqalanish” hamda “ratsionalizatsiya” jarayonlari, neoklassik maktab vakillari “xususiy mulkchilik va demokratiyani mustahkamlash vositasi”, keynschilar maktabi vakillari esa “xo’jalikning asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi tarkibiy o’zgarishlar” sifatida talqin etadilar.
Keng ma’nodagi modernizatsiyani tavsiflovchi turli jihatlar ham ushbu ijtimoiy jarayon mazmunining turli-tuman va serqirraligini ko’rsatadi (1-rasm). Keng ma’nodagi modernizatsiya jarayonining tavsiflari qatorida shuningdek, uning quyidagi tamoyillarini ham ajratib ko’rsatish mumkin:


1-rasm. Keng ma’noli modernizatsiyani tavsiflovchi turli jihatlar

  • uning majmuaviyligi, ya’ni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olishi; uning tizimiyligi, ya’ni jamiyat hayoti har qanday tarkibiy qismi yoki yaxlit sohasining o’zgarishi boshqalarining o’zgarishiga olib kelishi. Masalan, madaniy va siyosiy o’zgarishlar iqtisodiyotdagi o’zgarishlarga olib keladi va aksincha;

  • uning global tavsifi – u dastlab bir necha ilg’or mamlakatlarda boshlanib, keyinchalik butun dunyoga tarqalmoqda;

  • uning davomiylik tavsifi – modernizatsiya qisqa davrda ro’y bermaydi, balki u bosqichlarga bo’linadi (islohotlarni amalga oshiruvchi yetakchi guruhning paydo bo’lishi, o’zgarishlarni ilgari surish, ular natijalarining tarqalishi va mustahkamlanishi);

  • tabaqalashganlik tavsifi – modernizatsiya turli mamlakatlarda turlicha ro’y berib, u yoki bu xolda milliy madaniyat va ahloq an’analariga tayanadi (masalan, “yapon iqtisodiy mo’jizasi”), G’arb va Yevropa qadriyatlari foydasiga ulardan to’liq voz kechishni taqozo etmaydi.

Shu o’rinda, fikrimizcha, modernizatsiyalashning innovatsion tavsifi, ya’ni u orqali jamiyatning turli darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalariga yangi usul va vositalarni tatbiq etish nuqtai nazaridan yondashish tamoyilini kiritish ham mantiqiy, ham ilmiy jihatdan to’g’ri hisoblanadi.

Yüklə 312 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin