Mavzu: Isitma fiziologiyasi Termoregulyatsiya



Yüklə 29,74 Kb.
səhifə2/15
tarix02.01.2022
ölçüsü29,74 Kb.
#45288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Mavzu isitma

Tana harorati normasi

Barcha «bilgan», tana haroratining normal ko‘rsatkichi – 36,6 °C atrofida​. Aslida, tana harorati normada shunday ko‘rsatkichda bo‘lishi kerakmi?!

Umuman olib qaraganda, 36,6 °C​ ko‘rsatkich faqatgina o‘rtacha hisoblangan sondir.

Aslida, tana haroratining normal ko‘rsatkichi aniq bir ko‘rsatkichda emas, balki ma’lum diapazon oralig‘ida bo‘ladi – 36,0 °C​ dan 37,2 °C​ gacha.

Organizm 37,0 °C haroratda mukammal ishlaydi. Normal tana harorati esa, har insonning yoshiga, jinsiga, vaqtga, jismoniy faolligiga va boshqa bir qancha omillarga bogʻliq holda maʼlum diapazonda oʻzgarib turadi.

Inson o‘z tana haroratini tez-tez o‘lchab turib, o‘zi uchun normal bo‘lgan ko‘rsatkichni bilib olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Inson yoshi kattalashgan sari temperaturasi pasayib boradi, bolalik davrida esa tana harorati yuqori ko‘rsatkichlarda bo‘ladi. Shuning uchun ba’zi hollarda 36,0 °C​ kattalar uchun normal hisoblanadi.

Bolalar uchun esa, bu ko‘rsatkich gipotermiya bo‘lib hisoblanadi.




Yüklə 29,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin