Isitma egri chiziqlari
-
Doimiy isitma (febris continua). Tana harorati doimiy yuqori bo’lib, sutkalik tebranishi 1 ºS dan oshmaydi. Bunday egri chiziq gripp (tumov), tif-paratif kasalliklarda, Ku-isitmasida, toshmali tif va h.k.larda uchraydi.
39
38
37
36
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15
-
Bo’shashtiruvchi isitma (remittirlovchi) (febris remittens). Bunda tana haroratining sutkalik tebranishi 1ºS dan yuqori, lekin 2ºS dan oshmaydi. Minimal sutkalik temperatura 37,0ºS dan yuqori bo’ladi. Masalan: yiringli infeksiyalarda, o’sma kasalliklarida, ornitoz va qora oqsoqda.
39
38
37
36
-
Tartibli o’zgarib turuvchi isitma (intermittirlovchi) (febris intermittens). Yuqori yoki juda yuqori isitmaning me’yoriy daraja bilan tartibli almashinib turishi. Bunda sutkalik tebranish 3-4 ºS bo’ladi. Masalan: SMV, bezgak kasalliklarida.
Bezgak
-
To’lqinsimon isitma (febris undulans). Isitma asta-sekin ko’tarilib yuqoriga chiqqandan so’ng asta-sekin subfebrilgacha, gohida me’yorgacha tushadi. Bunday holat 2-3 xaftada qaytalanib turishi mumkin. Visseral leyshmanioz, qora oqsoq, limfogranulematoz, tif-paratif kasalliklarida kuzatiladi.
Qora oqsoq
40
39
38
37
36
-
Dostları ilə paylaş: |