Mavzu: Islomda nikoh va oilaviy munosabatlar. Reja; Islomda oila munosabatlar



Yüklə 6,22 Kb.
səhifə2/3
tarix19.05.2023
ölçüsü6,22 Kb.
#117166
1   2   3
Mavzu Islomda nikoh va oilaviy munosabatlar. Reja; Islomda oila-fayllar.org

Erning ayoli oldidagi vazifalari

  • Islomda erning ayoli oldida, ayolning eri oldida burchlari bor. Erning ayoli oldidagi burchlari ikki xil bo‘ladi. Birinchisi, moliyaviy burchlar. Er ayolining mahrini ado etishi, nafaqa (taom, libos, boshpana, ro‘zg‘or anjomlari) bilan ta'minlashi kerak. Bu vazifalarning yana biri to‘yni ham er tomon qilib berishidir.

  • Bugun O‘zbekistondagi barcha oilalarning ro‘zg‘orboshilari mana shu vazifalarini to‘liq anglaydi, deb ayta olamizmi? Ular to‘liq anglaganida, bugungi kunda odamlarni ranjitadigan raqamlar kelib chiqmas edi. Oilalarning buzilishi, bolalarning tirik yetim bo‘lishi bugungi holatga kelib qolmas edi.

  • Misol, necha foiz mo‘min-musulmonlarimiz haqi mahr degan narsani batafsil biladi?! Ahli-ayolini ta'minot qilish qay darajada? Ma'lumki, oilada kim ta'minotchi bo‘lsa, shuning ovozi balandroq chiqadi. Hozirda, ko‘pgina oilalarda ayollarning ovozi balandroq chiqayotganini sezyapmiz. Nima uchun deganda, burch-mas'uliyat borasida biroz o‘rin almashib qolganini kuzatmoqdamiz.

  • Ayolning er oldidagi vazifalari

  • Ayolning eri oldidagi vazifa-burchlari haqida so‘z ketganda, birinchidan, erning rizoligini topish. Qaysi ayol, erning rizoligini topsa, Alloh rizoligini topadi, jannatning istagan 8 eshigidan kiradi. Hadisda shunday bashorat kelgan.

  • Ikkinchisi, erining sha'nini, mol-mulkini, qadr-qimmatini, izzat-hurmatini asraydi. Uchinchidan, erining vijdoniga aylanishi kerak. Erining halol-pokiza yurishiga, ota-onasidan xabar olishiga, opa-singil, aka-uka, qavm-u qarindoshlaridan xabar olishida xotin erining vijdoniga aylanishi kerak.

    • Oila jamiyatning muqaddas maskani, eng asosiy tarbiya makonidir. Oiladagi ota ibrati, ona mehri, bobo va buvilar o’gitlari orqali milliy qadriyatlarimizga bo’lgan imon-e'tiqod, halollik, mehr-oqibat avloddan avlodga o’tadi, farzandlarimiz ongi va qalbida muhrlanib boradi. Iqtisodiy jihatdan farovon, ijtimoiy-axloqiy va g’oyaviy muhiti sog’lom oila negizida yuzaga kelgan jamiyat va davlatning poydevori mustahkam bo’ladi. Chunki bunday oilalarda ma'naviy barkamol inson voyaga yetadi, uning his-tuyg’ulari, dunyoqarashi, tafakkuri el-yurtga halol xizmat qilishdek insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan.

    • Oilada ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqaror bo’lib turishida, farzand tarbiyasida onaning, ayolning o’rni beqiyos. Farzandlarimizning oilada shakllangan imon-e'tiqodi, odobi, g’ururi, iftixori, oriyati, mahalla muhitida mustahkamlanib boradi. Oilada imon-e'tiqodli oriyatli etib tarbiyalangan qiz yoki o’g’il mahallaning sha'ni, obro’si, kelajagi uchun qayg’uradi. Mahallada yuzaga kelgan har qanday noxushliklarga barham berishga intiladi.

    Yüklə 6,22 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin