davrlari 19
Xulosa 23
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 26
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston agrar sohasida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida mulk davlat tasarrufidan chiqarilib, xo’jalik yuritishning nodavlat shakllari vujudga keltirildi va bugungi kunda qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy qismi fermer va dehqon xo’jaliklari tomonidan etishtirilmoqda. Fermer xo’jaliklarining boshqarish mexanizmini bozor munosabatlariga moslashtirilib, rivojlanishning innovatsion yo’nalishiga o’tkazilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “...fermerlik harakatini qo’llab-quvvatlash uchun huquqiy, tashkiliy hamda moliyaviy shart-sharoitlarni tug’dirib berish bunday yuksak natijalarni qo’lga kiritishda hal qiluvchi omil bo’lmoqda” deya t’kidlagan edilar1.
Qishloq xo’jaligi yalpi ichki mahsulotida fermer xo’jaliklari ulushi muntazam ravishda oshirib borilmoqda. Fermerlar tomonidan strategik ahamiyatga ega bo’lgan paxta va bug’doyning asosiy qismi etishtirilib davlat buyurtmalari bajarilishi 100 foiz ular hissasiga to’g’ri kelmoqda. Shu bois, mamlakat rahbari va hukumati tomonidan fermerlar faoliyatini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilib, muhim chora-tadbirlar belgilanmoqda. Jumladan, «Fermer xo’jaliklari to’g’risida»2gi qonun qabul qilinib, ushbu qonun ikki marotaba qayta ko’rib chiqildi va takomillashtirildi. Hozirgi kunda bu qonunga fermerlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha qator moddalar qo’shish ustida ishlar olib borilmoqda. Davlat buyurtmasi bo’yicha mahsulot etishtirayotgan fermerlarga maqsadli imtiyozli (yillik 3%) kreditlar ajratilmoqda. Ularni markazlashtirilgan tarzda resurslar (mineral o’g’itlar, yoqilg’i-moylash materiallari, urug’lik, texnika) bilan ta’minlash yo’lga qo’yilgan. Fermerlarga servis xizmatlari ko’rsatuvchi turli yo’nalishdagi korxonalar tashkil qilingan bo’lib, ularning servis xizmat hajmi muntazam ravishda oshirilib borilmoqda.