Kurs ishining ob’ekti. O’zbekiston Respublikasi agrar sohasidagi fermer xo’jaliklarining boshqaruv faoliyati jumladan, “Qilichbek Qahramon” fermer xo’jaligi hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti. O’zbekiston Respublikasi fermer xo’jaliklari faoliyatini boshqarish tizimidagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan ilmiy izlanishlar natijalari tadqiqotning predmeti hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. Fermer xo’jaliklari faoliyatida samarali boshqarish mexanizmini tashkil qilish hamda ularni rivojlantirishda menejment tizimining hozirgi holatini tahlil qilish asosida fermer xo’jaligini rivojlantirish masalasida menejment rolini oshirish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqiptdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Ishning maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagilar tadqiqot vazifalari, deb belgilandi va hal etildi:
fermer xo’jaliklari faoliyatini boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari va tamoyillarini asoslash;
fermer xo’jaliklarini boshqarishning huquqiy-me’yoriy asoslarini tadqiqot qilish va uni takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
fermer xo’jaliklarida mahsulotni tayyorlash, qayta ishlash, sotishni amalga oshiruvchi hududiy birlashmalarning tashkiliy tuzilmalarini va ularning faoliyat ko’rsatish mexanizmini ishlab chiqish;
fermerlarga xizmat ko’rsatadigan infratuzilmalarning samarali faoliyat ko’rsatishiga oid tavsiya va takliflar ishlab chiqish.
fermer xo’jaliklarida boshqarishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
1. Fermer xo’jaliklarini boshqarishning nazariy asoslari va iqtisodiy ahamiyati
Fermer xo’jaligi - o’ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda, qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi a’zolarning birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ektdir.
Fermer xo’jaligi mehnat shartnomasi asosida boshqa shaxslarni ishga yollashi mumkin. Yollanma ishchilar fermer do’jaligining a’zolari hisoblanishmaydi. Fermer xo’jaligining boshlig’i shu xo’jalikning 18 yoshga to’lgan, qishloq xo’jaligi sohalari bo’yicha tegishli malaka, mutaxassislik, ish tajribasiga ega bo’lgan, muomalaga layoqatli a’zolaridan biri tanlanadi. Fermer xo’jaligi boshlig’i vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganda yoki uzoq vaqt bo’lmaganda u o’z vazifasini bajarish vakolatini shu xo’jalik a’zolaridan biriga beradi.
Fermer xo’jaliklari quyidagi shartnomalar asosida ish yuritadi. Hadya qilish shartnomasi, qarz shartnomasi, kredit shartnomasi, yetkazib berish shartnomasi, oldi-sotdi shartnomasi, ko’chmas mulkni sotish shartnomasi.
Shartnoma shartlari noaniq bo’lsa, natijada ishlovchilarda javobgarlik ma’suliyati yetarli bo’lmaydi. Bu albatta, kelgusida, shartnomaning bajarilmasligiga olib keladi. Hosil ham, daromad ham shunga yarasha bo’ladi.
Fermer xo’jaligini boshqarish boshqa turdagi korxonalarni boshqarishdan qisman farq qiladi. Boshqarishning asosiy vazifalari, printsiplari va usullari bir xil, lekin ular turli korxonalarda turlicha qo’llaniladi. Farqi shundaki, korxonalarning hajmi va faoliyati boshqalarnikidan farq qiladi. Ishlab chiqarishi tashqarida joylashgan fermer xo’jaligini yuritish murakkab va tavakkal qilishni, talab yetadi, bunga sabab mahsulot va narxning o’zgaruvchanligi hamda obhavoning ishlab chiqarish jarayoniga ta’siri etishidir. Bundan tashqari katta fermer ho’jaliklarida (masalan, shirkatlar, fermer kooperativlarida) ishchilar uchun o’z mutaxasisliklari bo’yicha ish topishlari va boshqaruv vazifalarini amalga oshirishlari murakkab.
Fermer xo’jaligi boshlig’i birinchi navbatda bajaradigan vazifasi korxonaning maqsadini belgilab olish demakdir. Maqsadlarsiz boshqaruvga oid qarorlarni qabul qilib bo’lmaydi. Maqsadlar shunday narsani, ular yordamida resurslardan foydalanishning bir muqobil yo’lini ikkinchisidan qaysi afzallik tomoni bilan ajralib turishini aniqlash mumkin.
Mamlakat agrar sohasida faoliyat yurituvchi xo’jaliklarda boshqaruv mexanizmini shakllantirishda avvalo, boshqaruvni iqtisodiy mexanizmga asoslangan holda tashkil qilish, buning uchun esa xo’jalik rahbarlari dastlab mukammal bo’lgan biznes-reja tuzishi, xodimlarga funktsional vazifalar belgilab berilgan holda ish topshirishlari va ularni boshqarishdagi ishtirokini ta’minlashi, maqsadli kredit olish va qaytarish hamda servis xizmati ko’rsatish korxonalari bilan iqtisodiy munosabatlarni shartnoma asosida yo’lga qo’yishlari lozim bo’ladi. Boshqarishning iqtisodiy uslubi xo’jalik (korxona) normal faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun kerakli shart-sharoit yaratishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar majmuasi yig’indisini tashkil qiladi. Xo’jalik rivojlanishining iqtisodiy mexanizmi tijorat hisob-kitob ishlaridan samarali foydalanishga asoslanadi.
Ma’lumki, xo’jaliklar mulk shaklining o’zgarishi va moliyaviy mustaqillikka erishishi, korxonaning asosiy fondi shakllanishi va foyda taqsimlanishini mustaqil hal qilishi boshqarishning iqtisodiy uslubiyati roli oshirilishini taqozo etmoqda. Bu, o’z navbatida, ishlab chiqarishning iqtisodiy natijalariga bo’lgan javobgarligini kuchaytirmoqda. Har bir korxonada, uning har bir bo’g’inida tijorat hisob-kitoblari rivojlanishi undagi tadbirkorlik menejmenti (boshqarish) rivojlanish darajasiga qarab amalga oshiriladi. Marketing xizmati rejalashtirish bo’limiga mahsulotga bo’lgan talab qay darajadaligi, qaysi turiga talab yuqoriligi, mahsulot turlariga qarab belgilangan narx-navo, bo’nak, tovar uchun kredit, lizing, imtiyozli kredit va hokazolar haqidagi ma’lumotlarni yetkazib beradi. O’z navbatida, rejalashtirish bo’limi mahsulot ishlab chiqarish hajmi, uning turlari haqida bir necha variantdagi topshiriqlarni tayyorlaydi, bunda ekin turlarini bir necha xil bo’lishi (agronomlar bilan kelishilgan holda) aniqlab chiqilib, rahbariyat bilan ekiladigan ekinlar strukturasi kelishiladi, va ishlab chiqarish texnologiyasi belgilab olinadi. Shundan keyin rejalashtirish bo’limi barcha resurslarga bo’lgan talabni aniqlaydi.
Iqtisodiy uslubiyat boshqarishda moliyaviy siyosatni, shu asosda investitsiya siyosatini belgilab olishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu uslubda qarz olish (kredit)ga bo’lgan talab ham asoslanadi. Moliyaviy strategiyaga mos ravishda, maqbul soliq siyosati shakllanadi, uning asosiy tomonlari korxonaning hisob-kitob siyosati bo’yicha belgilab olinadi. Bu tadbirlarning barchasi rejalashtirish, moliya, buxgalteriya hisob-kitobi hamda yuridik bo’limlar yoki shu sohalarga mas’ul bo’lgan mutaxassislar bilan kelishib olinadi.
Tijorat hisob-kitob uslubiyati mahsulot ishlab chiqaruvchilarni xo’jalikdan tashqaridagilar bilan aloqalarini tartibga solish, xo’jalik ishlarini yuqori foyda olishga qaratilgan samarali ish yuritish, xo’jalikda ishlab chiqarishni faqatgina kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida olib borishni ta’minlaydi.
Bundan tashqari xo’jalikda xarajatlarni boshqarishda ham xodimlardan oqilona foydalanishni tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni xo’jalik bevosita shartnoma asosida hamkorlik qiluvchi korxonalar bilan bo’ladigan munosabatlar bo’yicha xo’jalik a’zolari ichidan ularning qobiliyatiga qarab turli masalalar yuzasidan ma’sul xodimlar tayinlanishi hamda ular ustidan xo’jalik rahbari nazorat olib borishi lozim. Chunki xo’jalik rahbari bir vaqtning o’zida quyidagi rasmda keltirilgan korxonalar bilan shug’ullanishi uchun imkoniyati cheklangan va bu o’z navbatida xarajatlarni samarali boshqarishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek xo’jalik xarajatlarni biz taklif etayotgan mexanizm asosida boshqarishni tashkil qilish xar bir fermer xo’jaligi yoki fermer xo’jaligi raxbari uchun xam maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz (1-rasm).
1-rasm. Fermer xo’jaliklarida xarajatlarni boshqarish mexanizmi3
Fermer xo’jaliklari, xo’jalik yuritish va tadbirkorlikning ilg’or shakllaridan biri hisoblanadi. U o’zining ishlab chiqarish faoliyatini davlat tomonidan uzoq muddatga ijaraga berilgan erda mavjud qonunlar asosida amalga oshiradi. Mustaqil ravishda boshqa yuridik shaxslar bilan mahsulotni sotish bo’yicha shartnomalar tuzadi, o’z mahsulotiga baho belgilaydi, soliq to’lanadigan daromad oladi, boshqa shaxslarning mulklarini mablag’larini shartnomalar asosida qarz oladi va ishlatadi4. Bunday xo’jalik yuritishning afzalligi shundaki, mulkdor ham, tadbirkor ham, xizmatchi ham bitta shaxs timsolida bo’ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish natijalari uchun manfaatdorlik va ma’suliyat keskin ortadi.
Fermer ishlab chiqarishda o’zini-o’zi boshqaradi va nazorat qiladi, ya’ni bajarish va boshqarish vazifalari bir kishi qo’lida bo’ladi. Bu hol oddiy dehqonning yaratuvchanlik imkoniyatlarini to’liqroq namoyon etishi va amalga oshirishi uchun keng yo’l ochib beradi.
Boshqaruv bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, ishlab chiqarish yuzasidan resurslardan samarali foydalanishning ichki imkoniyatlarini aniqlashning muhim masalalarini o’z ichiga oladi. Unda xo’jalikning ishlab chiqarish va tijorat faoliyati yuzasidan biznes reja-topshiriqlarining bajarilishi, ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishning holati, imkoniyatlari va ularni maqsadli boshqarishdagi muhim yo’nalishlari belgilanadi.
Boshqarishning to’g’ri tashkil etilishi esa har jihatdan xo’jalikni boshqaruvchi shaxsni kim ekanligi va uning boshqaruv malakasiga bog’liqdir.
Boshqarishdagi umumiy jarayonda har bir komponent joyini ko’rsatadi. Fermer xo’jaligining biznes-menejment jarayoni diagramma tarzida ishlab chiqilsa fermer xo’jaligining biznes-menejmentini ishlab chiqishda foydali hisoblanadi5.
Qishloq xo’jalik korxonalarida menejment usullari iqtisodiy tashkiliy, boshqaruv, ijtimoiy, ruhiy, huquqiy tarzlarda namoyon bo’ladi. Iqtisodiy usulda hisob-kitoblar amal qiladigan bo’lsa, tashkiliy usulda mehnat taqsimoti va boshqaruv usulida ma’muriy boshqaruv jarayoni vujudga keladi, ijtimoiy usulda inson turmush tarzi va talabi, madaniyati mujassamlashgan bo’lsa, ruhiy kechinmalari va insonni qo’llab quvvatlash shuningdek huquqiy usul boshqaruv munosabatlarining asosini tashkil etadi. Korxonani samarali boshqarishda ko’pincha menejment maqsadlari shakllantiriladi va natijalar sistemali baholanadi.
Menejmentning maqsadi deyarli xarajatlarni kamaytirish, maksimal foyda olish, ehtiyojlarni maksimal qondirishdan iborat bo’ladi. Qishloq xo’jaligi menejmentida maqsadlar belgilashda rejalashtirish dastlabki faoliyat bo’lib hisoblanadi. Bu qarorlar o’zaro bog’liq bo’lganligi sababli ular alohida ko’rilmaydi. Bu qarorlarga ta’sir etuvchi bir qancha omillar ya’ni bozor xususiyatlari, menejment faoliyati va agronomik talablardir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchli raqobatning mavjudligini hisobga olib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bozorbop, xaridorgir bo’lishini ta’minlashi kerak. Agar mahsulot xaridorgir bo’lsa, savdo-sotiq joylari yoki bozor to’g’risidagi ma’lumotlar ishlab chiqaruvchiga etib boradi. Ko’pincha bu ma’lumotlar aniq bo’lmasligi mumkin, shuning uchun fermerning o’zi bozorga borib ma’lumotlarni aniqlashi kerak bo’ladi. Bu jarayon bozorni o’rganish deb ataladi. Qishloq xo’jaligi menejmentida nima ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish masalalariga bozor omillarining bog’liqligi ham o’rganilib chiqiladi. Shuningdek ushbu masalalarga bozor talablari, boshqaruv talablari ham ta’sir ko’rsatadi.
Bozor sharoitida qishloq xo’jalik ishlab chiqarishidan menejer markazlashtirilgan agrotizm sharoitidagi rahbaridan tubdan farq qiladi. Talabehtiyoj iqtisodga ta’siri kattalashgan sari bozor kuchlari o’z ta’sirini ko’rsatishadi. Asosiy kuchni sarf qilishiga qarab fermer va qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar talabiga tez javob berishlariga to’g’ri keladi. Fermer va tashabbuskorlarga davlat, nima ishlab chiqarish kerakligini majbur qilmaydi. Bu shuni anglatadiki "yangi" boshqaruvchilar qishloq xo’jalik korxonalari menejerlari ko’p yechimlarini mustaqil ravishda qabul etishga majbur bo’lib qoladi. Katta yirik xo’jaliklarda menejerlar rahbarga bo’ysunib hisobot berishadi, bunga qaramay ularga katta talab berilgan, bu bilan birga majburiyatlar ham katta. Ular funktsional kengayadi, qo’yilgan masalalarni echish, biznes rejaga uni kiritish, nazorat qilishga javob berishadi.
Xususiy fermerlarga oldin topib bo’lmagan qishloq xo’jalik biznes menejment malakalarini o’zlashtirishga to’g’ri keladi. Fermer korxona sifatida ishlashi kerak, faqat "hayot obrazi" bo’libgina qolmay menejer yoki zamonaviy fermerlar ishlash mexanizmi bilan tanishish kerak.
Qishloq xo’jaligida tadbirkorlik faoliyatining va sub’ektlarining tijoratchi korxonalarga bo’linishi ularning mulkiy huquqi va faoliyatining xususiyatlariga qarab belgilanadi. Umumiy qoidaga ko’ra, tijoratchi tashkilotning asosiy maqsadi foyda olish va muassasalar o’rtasida taqsimlashdan iborat.
Fermer xo’jaliklarini tashkil etilishi va rivojlanishi qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda, umladan, ko’pukladli iqtisodiyotning shakllanishiga hamda uning asosiy bo’g’ini hisoblanmish xususiy mulkchilikka asoslangan qishloq xo’jalik korxonalari yuzaga kelishiga poydevor yaratadi va ular bozor talablariga mos keluvchi xo’jalik siftida e’tirof etiladi.
Fermer xo’jaliklari xo’jalik yuritish va tadbirkorlikning ilg’or shakllaridan biri hisoblanadi. U o’zining ishlab chiqarish faoliyatini davlat tomonidan uzoq muddatga ijaraga berilgan erda mavjud qonunlar asosida amalga oshiradi. Mustaqil ravishda boshqa yuridik shaxslar bilan mahsulotni sotish bo’yicha shartnomalar tuzadi, o’z mahsulotga baho belgilaydi, soliq to’lanadigan daromad oladi, boshqa shaxslarning mulklarini, mablag’larini shartnomalar asosida qarz oladi va ishlatadi. Bunda xo’jalik yuritishning afzalligi shundaki, mulkdor ham bitta shaxs timsolida bo’ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish natijalari uchun manfaatdorlik va ma’suliyat keskin ortadi.
Fermer ishlab chiqarishda o’zini-o’zi boshqaradi va nazorat qiladi, ya’ni bajarish va boshqarish vazifalari bir kishi qo’lida bo’ladi. Bu xol oddiy dehqonning yaratuvchanlik imkoniyatlarini to’liqroq namoyon etishi va amalga oshirishi uchun keng yo’l ochib beradi. Fermer tashkilotchi rahbarga qaraganda ko’proq tashabbuskor va tadbirkordir. U fermer xo’jaligida yuzaga kelgan smehnat yaizolarini qat’iyat bilan hal etadi. Bu erda munosabatlar ham mehnat qonunchiligiga ham ahloqiy me’yorlarga asoslanadi. Yuqoridagilarga asoslangan holda aytish mumkinki, fermer xo’jaligi bozor sharoitida ishlab chiqarishdagi muammolarni oson hal etish, yashab ketish, o’zini o’nglab olish va barqarorlik imkoniyatlariga ko’proq ega bo’ladi.
Shu sababli keyingi yillarda mamlakatimizda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish davlat dasturi darajasida amalga oshirilmoqda.