Мавзу иқтисодиётни модернизациялаш шароитида фермер хўжаликлари фаолиятини бошқариш


Fermer xo’jaliklarini boshqarishdagi o’zgarishlar va uni



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə5/8
tarix07.04.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#94451
1   2   3   4   5   6   7   8
O‘zbekistonda fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishlari

3. Fermer xo’jaliklarini boshqarishdagi o’zgarishlar va uni

amalga oshirish davrlari


Mamlakatimizda fermer xo’jaliklari faoliyatini tartibga solish va boshqarishning huquqiy-me’yoriy asoslari bosqichma-bosqich yaratilib, joriy etilmoqda. Xususan, fermer xo’jaliklarining iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, ijaraga berilgan erdan samarali foydalanish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonini moliyalashning ishonchli tizimini shakllantirish, fermerlar uchun kadrlarni tayyorlash tizimini barpo etish hamda qishloq xo’jaligi korxonalari (shirkat xo’jaliklari) negizida fermer xo’jaliklarini tashkil etish va ularni boshqarishni takomillashtirish, bozor infratuzilmalarini barpo etish asosida ular o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, fermer xo’jaliklari faoliyatini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, mahsulot turlarini ko’paytirish va sifatini oshirish kabi chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Ma’lumki, fermer xo’jaliklari faoliyatiga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlarda fermerlarga ixtiyorlik asosida mahsulot etishtirish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti va boshqa xil xizmat ko’rsatish bo’yicha uyushmalar hamda birlashmalarga a’zo bo’lish huquqi berilgan. Lekin amaldagi qonunchilikda ayrim tartiblar va talablar to’liq yoritilmagan.
Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o’zining jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga bag’ishlangan asarida9 “qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va mustahkamlash, ... tegishli qonun hujjatlariga, Er kodeksiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish”ga e’tibor qaratish printsipial ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tganlar. Shuni inobatga olib, muallif fermer xo’jaliklarini tashkil etish va rivojlantirishning huquqiy asosini tashkil etuvchi qonunlarga qo’shimchalar kiritish lozim, deb hisoblaydi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi “Kooperatsiya to’g’risida”gi qonuniga: “Kooperatsiyani tashkil etish” bobi va uning tarkibiga fermer xo’jaliklari kooperatsiyasini tashkil etish tartiblari, uni uyushma (birlashma) yoki agrofirma shaklida davlat ro’yxatidan o’tkazish, qishloq xo’jaligida fermer xo’jaliklarining kooperatsiya tamoyillariga asoslangan uyushma (birlashma)larini tashkil etish moddalarini; “Uyushma (birlashma)ning ustavi” bobi va uning tarkibiga uyushmaga birlashgan tuzilma ustavi talablari va unga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish moddalarini, shuningdek alohida uyushmaning mulki, faoliyatining asoslari, uni qayta tashkil etish va tugatish haqidagi boblar hamda a’zolarning huquqlari, davlat va kooperatsiya ishtirokchilari munosabatlari, uyushma boshqaruv organlari to’g’risida moddalar kiritishni taklif etadi.
O’zbekiston Respublikasi “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonuniga esa fermer xo’jaliklari kooperatsiyasi va uning tuzilmalarini tashkil etish tartibi, ularning vazifalari, maqsadi, huquqlari, majburiyatlari, a’zolarning huquqlari hamda shu kabi boshqa qo’shimchalar kiritishni tavsiya etadi.
Mustaqillik yillarida fermer xo’jaliklarining tashkil topishi va rivojlanishi 4 bosqichga bo’lib o’rganilgan: birinchi bosqich - 1993-1997 yy.; ikkinchi bosqich - 1998-2012 yy.; uchinchi bosqich - 2017-2020 yy.; to’rtinchi bosqich – 2022 y.dan keyingi yillar. Ushbu bosqichlarda erishilgan asosiy iqtisodiy natijalar -jadvalda keltirilgan.
1-jadval

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin