Mavzu: Jahon urushlari oralig‘ida Osiyo mamlakatlari. Reja: Xitoyning birinchi jahon urishidan keyingi ahvoli



Yüklə 117 Kb.
səhifə2/6
tarix14.12.2022
ölçüsü117 Kb.
#74824
1   2   3   4   5   6
2 Mavzu Jahon tarixi...

Hindiston. Urush yillarida Buyuk Britaniya hukumati Hindistonga urushdan keyin o‘zini o‘zi boshqarish huquqini berishni va’da qilgan edi. Aslida Buyuk Britaniya imperiyaning eng boy qismi bo‘lgan Hindistondan ajralishni xohlamas edi. Bu hol hind xalqining milliy-ozodlik kurashini yanada kuchaytirdi. Hindistonda bu davrda 320 mln aholi Birinchi jahon urushidan keyin Hindistondagi ahvol Yaponiya agressiyasi bor edi. Urush yillarida qora metallurgiya 30 foiz o‘sgan bo‘lsa, qishloq
xo‘jaligi orqaga ketdi. 12 mln kishi ochdan o‘ldi. 1919-yilning 13-aprelida Panjob shtati poytaxti Amritsar shahrida ingliz qo‘shinlari aholining norozilik yig‘ilishini o‘qqa tutdi. Buning natijasida 1000 dan ortiq kishi o‘ldirildi, 2000 dan ortiq kishi yaralandi. Shu tariqa hamma joyda politsiya bilan to‘qnashuv boshlanib ketdi.
Buyuk Britaniya 1919-yili Hindistonni boshqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bunga binoan 2 palatali boshqarish tizimi tashkil qilindi. Deputatlarning 50 foizini vitse-qirol tayinlardi. 1,5 foiz hind saylov huquqi oldi. Bu qonun bilan birga «anarxizm va inqilobiy chiqishlarga qarshi» Rouletta qonuni ham qabul qilindi va politsiyaga cheklanmagan huquqlar berdi. Hind xalqi milliy-ozodlik kurashiga rahbarlik qiluvchi qudratli siyosiy tashkilot — Hindiston Milliy Kongressi (HMK) partiyasi kurashning kuch ishlatish usuliga qarshi chiqdi. HMK ga 1915-yildan boshlab hind xalqining buyuk farzandi Maxatma Gandi (1869—1948) boshchilik qiladi. Uning rahbarligi davrida HMK da kurashning kuch ishlatmaslik, faqat tinch, zo‘rliksiz shakliga tayanadigan yo‘li g‘alaba qozondi. Bu yo‘l tarixga kurashning gandicha yo‘li nomi bilan kirgan. M. Gandining tinch kurash yo‘li hind xalqi keng qatlamini milliy-ozodlik kurashiga jalb etish imkonini berdi. Gandizm — diniy-falsafiy tizim bo‘lib, idealizm, induizm, jaynizm va xristianlik elementlarini o‘zida birlashtirgan. Uning asosida «haqiqat, ishonch, hech kimga yomonlik qilmaslik» yotadi. Xo‘sh, kurashning tinch, kuch ishlatmaslik yo‘li — «satyagraxi» deyilganda nima nazarda tutilgan? Bu tushuncha ingliz ma’murlari tadbirlarini
boykot qilishni, o‘z noroziligini tinch namoyishlar yo‘li bilan bildirishni,
mustamlakachi ma’muriyat bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishni, zo‘ravonliksiz fuqaroviy bo‘ysunmaslikni anglatadi. Kurashning bu yo‘li asrlar davomida sabr-toqat ruhiga singib ketgan va milliy-ozodlik kurashining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan dehqonlar psixologiyasiga, xarakteriga mos
yo‘l edi. Hindiston jamiyatining asosini dehqonlar tashkil etgan bir sharoitda M. Gandi tanlagan yo‘l birdan-bir to‘g‘ri yo‘l edi. M. Gandining zo‘ravonliksiz hamkorlik qilmaslik, fuqaroviy bo‘ysunmaslik harakatining birinchi bosqichini
1919—1922-yillar tashkil etadi. Rouletta qonuniga javoban M. Gandi 1919-yilning 6-aprelida hind xalqini do‘konlarini yopib qo‘yishga va har qanday amaliy faoliyatni to‘xtatishga chaqirdi. Mustamlakachi ma’muriyat bunga kuch ishlatish bilan javob berdi. 1919-yilning kuzida HMK syezdi ingliz ma’murlari joriy etgan qonun bo‘yicha saylovni boykot qilish haqida qaror qabul qildi. Natijada saylov amalda barbod bo‘ldi. Bu davrda HMK saflarida 10 mln kishi bor edi.
Boykot, shuningdek, ingliz tovarlarini sotib olmaslikni, inglizlar joriy etgan faxriy unvonlar va mansablardan voz kechishni, rasmiy qabullarga bormaslikni, ingliz maktablarida o‘qimaslikni, ingliz sudlarini rad etishni, davlat soliqlarini to‘lamaslikni ham nazarda tutar edi. Shu bilan birga Panjobning turli joylarida qo‘zg‘alonlar ham bo‘lib o‘tdi. Lohur shahrida qo‘zg‘alonga askarlar ham qo‘shildi. Bu yerda «Armiya kaltagi» degan tashkilot shuhrat qozondi. Gujaratdagi qo‘zg‘alon samolyotlar yordamida bostirildi. Amritsarda ingliz ma’murlari haqoratli buyruq chiqardi. Mahalliy aholi ingliz missioner ayoli o‘ldirilgan ko‘chadan boshdan-oxir qurbaqaga o‘xshab emaklab o‘tishga majbur qilindi. Kim bu tartibni buzsa, otib tashlandi. Bu davrning xarakterli xususiyatlaridan biri Musulmonlar ligasi bilan Milliy kongressning yaqinlashuvi bo‘ldi. 1919—1922-yillardagi ozodlik harakatlariga Kalkutta jut korxonalari ishchilari, Bombey to‘qimachilari, Madras ishchilari, Jamshedpur temir yo‘lchilari qo‘shildilar. Bu harakatlarning bir qismi oz bo‘lsa-da, g‘alabaga olib keldi. Bombey to‘qimachilarining ish kuni 12 soatdan 10 soatga tushirildi. Metallurglarning mukofot haqi 15—20 foizga oshirildi. 1920-yil oxirida Umum Hindiston kasaba uyushmalari kongressi tashkil etildi. 1922-yil noyabrda Umum Hindiston kasaba uyushmalari kongressining 2-syezdi bo‘lib o‘tdi. Syezd Buyuk Britaniya shahzodasi Uelsning kelishiga 80 ming kishilik «qo‘zg‘alondan ham kuchliroq» namoyish uyushtirdi. Oradan ko‘p o‘tmay Milliy kongress kuch ishlatmasdan qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatdi. Bunga sabab Chauri-Chauradagi voqealar edi. Chunki bu yerda politsiya dehqonlarni ommaviy o‘qqa tutdi, dehqonlar ham bir necha politsiyachini o‘ldirdilar. Bombey va Garaxpurdagi vahshiyliklar takrorlanmasligi uchun Gandi harakatni to‘xtatishga ko‘rsatma berdi. Ozodlik harakatini vaqtincha bostirgan inglizlar 1923—1928-yilda o‘zlarining zaiflashayotgan ahvolini biroz yaxshilab oldilar. Bu davrda Hindiston iqtisodiyoti urush yillaridagidan ham tez o‘sdi. Fabrikalar soni 1,5 baravar ko‘payib, 7515 taga yetdi. Buyuk Britaniyaning Hindistondagi kapitali 1 mlrd funt sterlingga yetdi. 1928-yilda u Hindistondagi faqat irrigatsiya inshootlaridan 74 mln rupiy foyda oldi. Jahon iqtisodiy inqirozi Hindistonga katta ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk Britaniya inqiroz og‘irligini metropoliyaga yuklamoqchi bo‘ldi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari bahosi pasaydi. Ekin maydonlari qisqardi. Mayda kapitalistlar, hunarmandlar xonavayron bo‘ldi, ocharchilik avj oldi. Ishsizlar ko‘paydi. Ish haqi kamaydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan sanoat mahsulotlari o‘rtasidagi «qaychi» monopolistlarga ko‘plab foyda olishga imkon berdi. Ozodlik harakati kuchaydi. Saymon komissiyasi bilan birgalikda M. Neru, J. Neru guruhlari Hindiston Konstitutsiyasi loyihasini ishlab chiqdilar. Unga to‘la mustaqillik so‘zlari kiritildi. Inglizlar oldiga bir qancha radikal talablar qo‘yildi, lekin ular buni
bajarishmadi. Natijada mustaqillik uchun kurash kuchayib, qonli to‘qnashuvlar avj ola boshlagan bir sharoitda M. Gandi barcha chiqishlar oqimini fuqaroviy bo‘ysunmaslik o‘zaniga burishga harakat qildi. Bunga mustamlakachi hukumatning 1865-yilda joriy etilgan tuz solig‘ini bekor qilish haqidagi M. Gandi talabini inkor etishi sabab bo‘ldi. Inglizlar tuzga davlat monopoliyasi joriy etgan edi. Natijada tuz narxi hindlarning uni sotib olishga qurbi yetmas darajada oshib ketdi. Hindlar tuzsiz ovqat yeyishga mahkum edilar. Bu esa aholini jismonan tanazzulga uchratish bilan barobar edi. Gandi ham dengizdan, odamlar bilan tuz ola boshladi. Inglizlar bu harakatni to‘xtatmoqchi bo‘lishdi. Unga qarshi 1930-yilda Hindistonda bo‘ysunmaslik harakatining ikkinchi bosqichi boshlandi.
Bunga javoban mustamlakachi ma’muriyat 60 mingdan ortiq kishini (M. Gandi va uning yaqin safdoshlarini ham) qamoqqa tashladi. HMK ni esa qonundan tashqari, deb e’lon qildi. Lekin bular natija bermagach, 1931-yilning 5-martida ingliz mustamlakachi ma’muriyati HMK bilan bitim imzolashga majbur bo‘ldi. Unga ko‘ra, ingliz ma’murlari repressiyani to‘xtatish va siyosiy mahbuslarni ozod etish majburiyatini oldi. HMK esa fuqaroviy bo‘ysunmaslik harakatini to‘xtatadigan bo‘ldi. M. Gandi rasmiy London bilan «dumaloq stol» atrofida muzokara boshlashga rozilik berdi. Londonda hind muammosiga bag‘ishlab o‘tkazilgan konferensiyaga HMK «Hindiston fuqarolarining asosiy huquq va burchlari haqida» deb nomlangan hujjatni taqdim etdi. Amalda bu hujjat bo‘lajak mustaqil Hindiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosi edi. Hujjatda Hindistonda demokratik erkinliklarni joriy etish; kastalar va dinlarning tengligini tan olish; diniy omilni hisobga olgan holda Hindistonni ma’muriy qismlarga qayta bo‘lish; ish haqining eng kam miqdorini joriy etish; yer uchun to‘lanadigan ijara haqini cheklash; soliqlarni kamaytirish va shu kabi boshqa talablar ilgari surilgan edi. Tabiiyki, ingliz mustamlakachilari bu talablarni qabul qilmadilar. Natijada konferensiya ishi barbod bo‘ldi. Inglizlar ozodlik kurashini bostirishda bir guruh vatanparvarlar ustidan 1933-yilda sud jarayonini o‘tkazdi. Muzaffar Ahmad o‘lim jazosiga hukm
qilindi, lekin xalqning talabi bilan ozod etildi.
1934—1939-yillarda Hindiston iqtisodiy jihatdan biroz yuksalsa-da, Angliyaning olgan foydasi tez o‘sib bordi. 1935-yilda Boshqaruv agentligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Zaxira bank hind kapitalini nazorat qiladigan bo‘ldi. Ish haqi 25 foizga kamaydi. Hindlar buni «qullik konstitutsiyasi» deb atadilar. Ozodlik harakati kuchaydi. Biroq Buyuk Britaniya Hindistonda yangi saylov qonunini joriy etishga majbur bo‘ldi. 1937-yilda o‘tkazilgan saylovda HMK jami 11 shtatdan 8 tasida g‘alaba qozondi va ularda o‘z hukumatini tuzdi. Bu hodisa mustaqillik yo‘lidagi yirik qadam edi. 1939-yil sentabr oyida ikkinchi jahon urushi boshlangach, Hindiston vitse-qiroli Hindistonni urushuvchi tomon, deb e’lon qildi. Urush yillarida hind xalqining ahvoli yanada yomonlashdi. Guruch 5 baravar qimmatlashdi. Ish kuni 12 soatga uzaytirildi. 2 mln hind armiya va flotda xizmat qildi. Hindiston 0,5 mln ingliz-amerika askarlarini boqdi.



Yüklə 117 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin