majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha transport vositasi birligidan bir yilda bir marta undiriladigan sug‘urta summasi hajmidan sug‘urta tariflari stavkalari (foizlarda)
Transport vositalari
Sug‘urta summalarining qabul qilingan hajmidan sug‘urta mukofotlari tariflari (qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik baravari miqdori)
Traktorlar, kombaynlar va boshqa o‘zi yurar mashina va mexanizmlar
1
1
Maxsus yengil avtomobillar va mikroavtobuslar
1
1
Mototransport
0,5
0,5
Avtotransport haydovchilarining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Bunda sug‘urta tashkiloti va sug‘urtalovchidan tashqari uchinchi shaxs ham ishtirok etadi.
Ammo fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi bo‘yicha shartnoma sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi (transport vositasi haydovchisi) o‘rtasida tuziladi. Uchinchi shaxs esa shartnomada ishtirok etmaydi, ammo sharnoma uning foydasiga tuziladi.
Tajriba shuni ko‘rsatadiki avtotransport haydovchilariga nisbatan sud orqali belgilangan jabrlanuvchiga to‘lanishi lozim bo‘lgan zarar miqdori haydovchining bir yillik ish haqining yarmidan ko‘pini tashkil etadi.
Javobgarlikni sug‘urta qilishning keng tarqalgan turlaridan yana biri ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish hisoblanadi. Mazkur “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining O’RQ-210-sonli qonuni 2009 yil 16 aprelda qabul qilingan bo’lib, ushbu qonunning ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
Хodim o’z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash bo’yicha ish beruvchi o’z fuqarolik javobgarligini ushbu Qonunda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug’urtalashi shart.
Хodim o’z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog’liq holda mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog’lig’ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog’lig’iga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash bo’yicha ish beruvchining fuqarolik javobgarligi vujudga kelganda uning mulkiy manfaatlari ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish ob’ektidir.
Ish beruvchi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi (bundan buyon matnda sug’urtalovchi deb yuritiladi), annuitetlar shartnomasi bo’yicha sug’urtalovchi, jabrlanuvchi va naf oluvchi ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish sub’ektlaridir.
Javobgarlikni sug‘urta qilishning turlaridan yana biri tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish hisoblanadi. Javobgarlikning mazkur turi bo’yicha O‘zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O’RQ-386-sonli Qonuni 2015 yil 26 may kuni qabul qilingan. Mazkur Qonun rasmiy e‘lon qilingan kundan e‘tiboran olti oy o‘tgach, “Umumiy foydalanishdagi havo, temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilarining majburiy shaxsiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni o‘rniga kuchga kiradi.
Bunda ta‘kidlash joizki, yo‘lovchilarni majburiy shaxsiy sug‘urta qilishning amaldagi tizimi tashishda yo‘lovchilarga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi kafolatlanishini ta‘minlamayapti, hamda shahar atrofiga qatnovchi temir yo‘l, ichki suv va avtomobil transporti yo‘lovchilari; shahar ichida qatnovchi avtomobil transporti yo‘lovchilari; bir viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi doirasida qatnovchi avtomobil transporti yo‘lovchilari uchun 50 kilometr masofagacha majburiy sug‘urtasi qo‘llanilmaydi, shunga ko‘ra barcha yo‘lovchilarning to‘liq qamrovi ta‘minlanmayapti. Shu bilan birga xorijiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, yo‘lovchilarning manfaatlarini to‘laqonli himoya qilish uchun yo‘lovchilarning majburiy shaxsiy sug‘urtasi o‘rniga tashuvchining yo‘lovchilar oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish mexanizmi qo‘llanilmoqda.
“Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishni amalga oshirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida transport vositalarining barcha turlarida tashishni amalga oshirishda yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi kafolatlanishini ta‘minlashga qaratilgan.
Mamlakatimizda yo‘lovchilarni tashish hajmi o‘sib borayotganligi bois, “tashuvchining yo‘lovchilar hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha fuqarolik javobgarligi” degan tushunchasining dolzarbligi oshmoqda. Yo‘lovchi unga tashish chog‘ida yetkazilgan zararning o‘rni, qanday turdagi transport vositasida bo‘lishidan qat‘iy nazar, o‘z vaqtida va to‘liq qoplanishiga umid qilishga haqli. Bundan tashqari yo‘lovchi tashishning barcha jarayonida va barcha turdagi transport vositalarida uning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar qoplanishiga ishonch hosil qilishi kerak.
Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish tizimi yo‘lovchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan, hamda yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha harajatlarni kamaytirish yo‘li bilan tashuvchilarning moliyaviy barqarorligini ta‘minlaydigan mexanizm sifatida xizmat qilishi kutilmoqda.
Bugungi kunda “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish yuzasidan tegishli hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish yuzasidan ishlar olib borilmoqda va u bilan quyidagilarni o‘z ichiga olgan tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda:
- shartnoma shartlari va uni tuzish tartibi;
- yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash tartibi;
- sug‘urta polisi blankasining namunasi va uni tayyorlash tartibi;
- sug‘urta puli, hamda sug‘urta tariflari, ularning eng yuqori darajalari, sug‘urta tariflarining tuzilishi va ularning sug‘urtalovchi tomonidan qo‘llanilish tartibi;
- tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta sherikchiligining ish tartibi va boshqalar.
2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Хorijiy avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida bo‘lishining qo‘shimcha shartlari to‘g‘risida” 2000 yil 12 yanvar 11-sonli qaroriga binoan, Qozog‘iston Respublikasi va Turkmanistonning transport vositalari, boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlarining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kirib kelishiga tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlarining haydovchilarning uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik majburiyati sug‘urtalanganligi to‘g‘risidagi polisi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda bojxona postlarida transport vositalari, boshqa o‘ziyurar mashina va mexanizmlar egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligi sug‘urtasini amalga oshiradi. Bu javobgarlik sug‘urta turini joriy etishga asosiy sabab shuki, chegaradosh mamlakatlar tomonidan bir tomonlama tusda qo‘yidagi chora-tadbirlar joriy qilingan: Qozog‘iston Respublikasida - tashuvchining yo‘lovchi oldidagi fuqarolik, huquqiy javobgarligi uchun turli avtotransport vositalaridan sug‘urta yig‘imlari qo‘llanilayotganligi; Turkmanistonda - Turkmaniston hududiga kirib kelayotgan avtotransport vositalari egalaridan O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan yig‘imlarga teng bo‘lmagan yig‘imlar belgilangan.
Shuni e’tiborga olgan holda 2000 yilning 1 yanvaridan boshlab, Qozog‘iston va Turkmaniston Respublikalaridan kirib keladigan transport vositalari uchun avtofuqarolik javobgarligining majburiy sug‘urtasi joriy etildi. Quyida ana chegaradosh mamlakatlar hududidan kirib kelgan transport vositalari haydovchilardan undiriladigan sug‘urta mukofotlari miqdori keltirilgan (2-jadval).
Sug‘urta summasi miqdori Qozog‘iston Respublikasi avtotransporti uchun:
- mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash uchun - 400 AQSh dollari;
- o‘lim holatiga olib kelgan zararni qoplash uchun - 600 AQSh dollari.
2-jadval
Transport vositalari egalarining uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha bir oygacha muddatga O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiradigan bitta avtotransport vositasidan undiriladigan sug‘urta tarif stavkalari[2]