1. Jismoniy sifatlar va ularning moxiyati.
Tarixan mavjud bo`lgan jismoniy tarbiya tizimlariga insonning jismoniy (harakat) sifatlarini tarbiyalay olishiga qarab baho berilgan. Insonning organizmida turli darajada shakllangan kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, tana bo`g’inlari harakatchanligi va muskullar egiluvchanligini jismoniy sifatlar deb atash qabul qilingan. Inson organizmining shu sifatlarini qanday namoyon qila olishiga qarab individga kuchli, chaqqon, tezkor va h.k. deb baho berganlar. Bu sifatlar o`lchovga ega, uning ko`rsatkichlari jismoniy tayyorgarlik ko`rsatkichlari deb ataladi va ko`rsatkichlar orqali individning ijodiy mehnatga va vatan mudofaasiga tayyorligi aniqlanadi. Masalan, individ 100 kg og’irlikdagi shtangani elkaga olib faqat 3 marotaba o`tirib tura olsa, boshqasi shu vazn bilan 5 marotabadan ortiq o`tirib tura olishi mumkin. Shu mashqni ikki marta ortiq bajarganligi uchun ikkinchi o`rtoqning kuch sifati rivojlangan deb baholanadi. Bu sifat organizmning suyak, muskul va boshqa a`zolarining to`qimalari, hujayralari vahokazolarning rivojlanganligigagina bog’liq bo`lmay, ma`naviy-ruhiy fazilatlariga ham bog’liq. SHuning uchun harakat sifatlarini tarbiyalash ma`naviy-ruhiy fazilatlarni tarbiyalash ishi bilan cham barchas bog’liq va tarbiyaning shu yo`nalishiga vosita bo`lib xizmat qiladi.
Harakat sifatlarini tarbiyalashga intilish insoniyatning azaliy orzusi. Mehnat qurollari,harbiy anjom va aslaxa bilan muomala qilishning samaradorligi tabiat insonga inoom etgan va uni tarbiya jarayonida rivojlantirish mumkin bo`lgan jismoniy fazilatlarga bog’liq tarbiyalash lozimligi masalasini ko`ndalang qo`yadi.
Jismonan barkamol, axloqan pok, estetik didli, e`tiqodli, sadoqatli, texnika ilmining zamonaviy asoslarini puxta egallagan, har taraflama ma`naviy etuk, jismonan garmonik rivojlangan kishini tarbiyalash hozirgi kungaCha davrimizning asosiy vazifalaridan biri deb hisoblanib kelindi. Hozir ham bu dastur o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. U mamlakatimizda amalga oshiralayotgan “sog’lom avlod uchun” dasturining o`zagini tashkil etadi.
Xulosa qilganda jismoniy tarbiyani, xususan, jismoniy sifatlarni rivojlantirishni mohiyatining yuqoriligi va salmoqliligi ko`zga yaqqol tashlanib turibdi. Shuni qayd etish kerakki, jismoniy sifatlarni rivojlantirishda ularning (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik va hokazolarning) barchasini o`zaro uzviy bog’lab olib borishni tarbiya jarayoni taqazo qiladi. Lekin sportning ma`lum bir turida muayyan fazilat kuchliroq shakllanadi, rivojlanadi va u etakchi harakat sifati tarzida nomoyon bo`ladi. Boshqa sifatlar ham nisbatan rivojlanadi, lekin ular yordamchi, ko`makchi harakat sifati tarzida namoyon bo`lishi mumkin. Masalan, sport o`yinlaridan basketbolda asosan chaqqonlik sifatini rivojlantiradi deb hisoblansa, tezlik yordamchi sifati tariqasida rivojlanadi. Lekin basketbol chidamlilikni ham tarbiyalashda asosiy vositadir. Og’ir atletikaChilarda kuch jismoniy sifati etakchi fazilat sanaladi. “Siltab ko`tarish (rivok)”ni ko`p mashq qilish esa tezkorlikni rivojlantiradi. Amaliyotda bu mashqlar orqali chidamlilik va egilivchanlik ham ko`makchi jismoniy sifat tarzida rivojlanishini guvohimiz. Umuman, chaqqonlikni rivojlantirish uchun ko`proq o`yinlardan: voleybol, basketbol, futbol, tennis, stol tennisi, gandbol, xokkey, regbi va boshqalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Aslida bu o`yinlar uchun tezlikning ahamiyati ham ikkinchi darajali emas. Chaqqonlikni rivojlantirish esa tez o`zgaruvchan o`yin sharoitiga moslasha bilishni, kuzatuvchanlikni, mo`ljalga to`g’ri olishni, qisqa fursat ichida turli murakkab vaziyatda aniq, to`xtamga kelish, uni his qilish va o`z harakatlarini shu vaziyatga moslay olishdek hayotiy zaruriy Amaliy harakat malakalarni shakllantiradi. Velosiped, harakatli o`yinlar ham chaqqonlikni rivojlantiradi.
Har qanday harakat biror-bir konkrekt harakat vazifasi deb ataladigan vazifani hal qilishga qaratiladi. Masalan, iloji boricha balandroq sakrash, to`pni ilib olish, raqibni aldab o`tish, shtangani ko`tarish va hokazo. Harakat vazifasining murakkabligi, bir vaqtda va ketma-ket bajariladigan harakatlarning uyg’unligiga bo`lgan talablar, harakatlar koordinatsiyasini tarbiyalaydi.
Dostları ilə paylaş: |