boʻyicha mashqlarni mustakil bajara boshlaydilar. Ma’lum bir vaqt oʻtgach (30-40
sek), oʻqituvchi yangi signal beradi va oʻquvchilar boshqa snaryad yoki mashgʻulot
urniga uyushgan xolda oʻtadilar. Barcha oʻquvchilar dars rejasida kuzda tutilgan
ham ma mashqlar bilan shugʻullanib boʻlmagunlaricha shu tarzda davom etaveradi.
Oʻquvchilar bir snaryaddan ikkinchisiga utib va barcha mashqlarni bajarib,
guyo mashqlar doirasini tugallaganlari uchun bu usul aylanma usul deyiladi. Bu
usulni shuning uchun
ham trenirovka deb ataydilarki, uning asosiy maqsadga
yunalganligi shugʻullanuvchilarning jismoniy sifatlari
rivojlanish darajasini
oshirish va organizmning funksional imkoniyatlarini takomillashtirishdan
iboratdir. Bunga mashqlarni muayyan izchillikda, ixtiyoriy yoki berilgan sur’atda,
muayyan vaqtda yoki ma’lum mikdorda koʻp martalab takrorlash orqali erishiladi.
Oqimli usulda oʻquvchilar bitta mashqni navbat bilan, ketma- ket tuxtovsiz
oqim tarzida bajaradilar. Bunday
oqimlar sharoitga qarab ikkita, uchta boʻlishi
mumkin.
Ikki yoki uch oqimda dars zichligi, binobarin ogʻirligi ham oshadi. Oqim
usuli
akrobatika mashqlari, uzun argʻamchi bilan bajariladigan mashqlar,
skameyka va gimnastika
devoriga tirmashishda, uni oshib utishda,
muvozanat
sakqashda, tayanib sakrash, uzunlikka hamda balandlikka sakrashda qulaydir.
Oqim usulining bir turi shuki, oʻquvchilar bir necha
xil mashqni navbat bilan
bajaradilar. Masalan, oʻquvchilar dastlab skameykada yuradilar, soʻng yogʻochdan
oshiboʻtadilar, undan keyin plankadan sakraydilar. Bu usul oʻqituvchiga
oʻquvchilar tomonidan bajarilayotgan barcha mashqlarni kuzatish imkonini
bermaydi, shuning uchun u juda zarur boʻlgan joyda turadi.
Oqim usuli koʻprok malaka va kunikmalarni takomillashtirish
maqsadidagi
mashqlarni utishda, shuningdek ogʻirlikni oshirishda qoʻllaniladi.
Darsda oʻquvchilar faoliyatini tashkil qilish usullari qoʻyilgan vazifalar,
sharoit, oʻquvchilar soni va ularning tayyorgarligiga bogʻliq. Bundan tashqari turli
usullarning qoʻllanishi oʻquvching darsga boʻlgan
qiziqishini va darsning
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: