Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida oʻquvchilar faoliyatini tashkil etish shakllari Reja



Yüklə 350,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix02.06.2023
ölçüsü350,84 Kb.
#123986
  1   2   3   4   5
4.JTN va U=2-(IV)-4 (2)



Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida oʻquvchilar faoliyatini
tashkil etish shakllari 
Reja: 
1. Mashgʻulotlarni tashkil etish xususiyatlari. 
2. Frontal usuliga tavsif. 
3. Guruh usuliga tavsif. 
4. Individual usuliga tavsif. 
5. Aylanib yurib shugʻullanish usuliga tavsif. 
6. Oqim usuliga tavsif. 
Kalit soʻzlar: jismoniy tarbiya darslarida oʻquvchilar faoliyatini tashkil 
etish va boshqarish, yuklamalarni me’yorlash qoidalari; oʻquv yilida jismoniy 
tarbiya 
mashgʻulotlarini 
rejalashtirishni 
oʻrgatish; 
jismoniy 
tarbiya 
mashgʻulotlarini tashkil etish usullari. 
 
Mashgʻulotlarni tashkil etish xususiyatlarini ochib berish 
Sogʻlom bolani rivojlantirish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar 
shuni kursatadiki, bola organizmining shakllanishida jismoniy tarbiya va sportning 
ta’siri bekiyos hisoblanadi. Inson organizmi muntazam ravishda harakatlarga 
biologik extiyojni sezadi. Bu harakatlar jismoniy kamolotga erishishda va 
intellektual rivojlanishda faol biologik stimul vazifasini bajaradi.
Organizmning intensiv oʻsish va rivojlanish davri bolalik va oʻsmirlik 
vaqtiga toʻgʻri keladi. Bugungi kunda respublikamizning sogʻlom va garmonik 
rivojlangan fuqarolarni shakllantirishni, jismoniy tarbiya va sportsiz tasavvur etib 
boʻlmaydi. Toʻgʻri tashkil etilgan jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarining 
bolalar sogʻligʻi va tashki muxitning noqulay ta’sirlariga qarshi turish qobiliyatiga 
muxim ta’sir koʻrsatish toʻgʻrisida ilmiy asoslangan tadqiqotlar mavjud. 
Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish bolalar va oʻsmirlarda 
optimizm, ruxiy va ma’naviy tetiklikni shakllantiradi, vatanparvarlik va vatanni 
sevish xis-tuygʻularini shakllantiradi. 


Sportni bolalarning kundalik extiyojiga aylantirish va ularni sport turlariga 
jalb etish maqsadida joylarda juda koʻp ommaviy musobaqalar oʻtkazilmoqda. 
Bolalar sportini zamon talablari asosida rivojlantirishga xizmat qiladigan
mamlakatimizda joriy etilgan uch bosqichdan iborat musobaqalarni yaxlit milliy 
tizimi yoshlarni uzluksiz sportga jalb qiladigan asosiy mexanizm boʻldi. 
Ushbu tizim: 
- viloyat xokimliklari, tegishli vazirliklar va sport tashkilotlari oʻquvchi-
yoshlarini sportga keng jalb qilish borasidagi harakatlarini birlashtirdi; 
- qishloq joylarida tarqoq, oʻzaro bogʻlik boʻlmagan va aniq maqsadga 
qaratilmagan musobaqalarni tartibga keltirdi. 
Mazkur tizim musobaqalarini yanada takomillashtirish maqsadida 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 3 iyunda “Oʻquvchi 
va talaba-yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari 
tizimini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 244-sonli qaroriga binoan “Umid nihollari”, 
“Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining respublika finalini uch 
yilda bir marotaba oʻtkazilishi belgilandi. 
Bugungi kunda respublikamizning barcha shahar va olis qishloqlarida ham 
sport zallari, maydonchalari, klublari, salomatlik markazlari yangitdan qurilib, 
eskilari esa ta’mirlanib foydalanishga topshirilmoqda. Bu yerlarda oʻquvchi 
yoshlar uzlarining yoqtirgan sport turlari bilan shugʻullanishmoqda. 

Yüklə 350,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin