1.2. Maktab tomonidan tashkil qilib o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida maktab o‘quvchilari barcha shaklini ikki guruhga ajratish qabul qilingan Biri asosan dars vaqtida o‘qish va o‘qitish jarayonini o‘zida mujassamlashtirsa, ikkinchisi darsdan tashqari vaqtda tarbiyalovchi ta’sir ko‘rsatish kompleksi hisoblanadi
O‘quv ishlari — o‘quvchi jismoniy tarbiyasini tashkillashning asosiy shakli bo‘lib, maktab jismoniy tarbiya tarzida uyushtiriladi. dars – jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariiing tizimli shakli bo‘lib. bir xil yoshdagi, bir xil kontigentdagi bolalarga belgilangan vakt ichida dastur mavzularini o’qitish jarayoni tushuniladi. Maktab darsi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarning alohida shakli bo‘lib u umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, Oliy o‘quv yurtlari, gimnaziya va boshqa o‘quv muassasalardagi mashg‘ulotlardan o‘zining maqsadi va vazifalari bilan farqlanadi.
Jismoniy tarbiya jarayoni bir yillik emas. Mazmuni va tashkillanishini turli tumanligi bilan xarakterlanadigan mashg‘ulotlar, darslar turkumi orqaligina tarbiyaning bu yo‘nalishida ma’lum natijalarga erishishni maqsad qilib qo‘yish mumkin. Har bir darsda alohida vazifalar hal qilinadi. Oldin o‘qitilgan (o‘rgatilgan)ni va keyin o‘qitiladigan vazifalari bir biri bilan harakatning ayrim yoki bo‘laklari bilan albatta bog‘lanishi va tuzilishi bilan farqlanadi hamda belgilangan tizim asosida olib boriladi.
Jismoniy tarbiya darslarining xarakterli tomoni shundaki, u maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligi taxminan bir-biriga yaqin kontigent bilan bir necha yilga mo‘ljallangan dastur asosida hamda ma’lum tizimga solingan jadval asosida tashkillanadi. Darslar umumiy jismoniy tarbiya, kasb-hunar jismoniy tayyorgarligi va sport ixtisosligini yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning tizimli va nisbatan tejamli, samarali shaklidir.
Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarning boshqa tipik formalari o‘zining davriyligi, tizimli emasligi, faqat bir marotabaliligi, individualligi bilan darslardan tubdan farqlanadi. Ko‘pincha mashg‘ulotlarning yuqorida qayd qilingan shakllari darsni to‘ldiradi va uni xususiy va umumiy vazifalarini to‘ldirishda qo‘shimcha rol o‘ynaydi. Lekin ular aholini jismoniy madaniyat bo‘yicha ma’lum darajadagi talablarni to‘la qondirib mustaqil ahamiyat kasb etadi.
Jismoniy tarbiya amaliyotida bir necha jismoniy madaniyat darslari farqlanadi: kirish darsi, yangi materialni o‘rganish darsi, o‘tilgan materialni mustahkamlash va takomillashtirish darsi, aralash va nazorat darslari. Kirish darsi o‘quv yili yoki chorak boshida o‘tkaziladi (agar zarurat bo‘lsa). Bu darsda o‘qituvchi o‘quvchilarni oldindan mashg‘ulotlar vazifalari bilan tanishtiradi, dasturga muvofiq o‘quv materialini asosiy mazmuni haqida gapiradi, sport zalida o‘zini tutish qoidalarini tushuntiradi, o‘quvchilarga bo‘lgan talab, ularning sport kiyimlari va hokazo.
Yangi materialni o‘rganish darslarida asosiy e’tibor hali tanish bo‘lmagan mashqlarga qaratiladi Bunday dars o‘quvchilarning sezilarli bo‘lmagan faoliklarida o‘tadi
O‘tilgan o‘quv materialini mustahkamlash va takomillashtirish darslarida o‘rganilgan harakatlarni har xil o‘zgaruvchan sharoitlarda ko‘p marta takrorlashga qaratilgan. O‘quvchilarning harakat faolliklari keskin oshadi. Odatda bunday darslarda o‘rganilgan harakatlardan foydalanilgan holda jismoniy sifatlar tarbiyalanadi va qobiliyatlar rivojlantiriladi.
Jismoniy tarbiya amaliyotida maktab o‘quvchilari bilan ko‘pincha aralash (kompleks) darslarni o‘tkazadilar. Bunda yangi materialni o‘rganish mustahkamlash va takomillashtirish bilan birgalikda olib boriladi.
Nazorat darslari jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quvchilarning o‘zlashtirishini baholashga bag‘ishlanadi Tartib bo‘yicha nazorat darslari chorak oxirida yoki maktab o‘quv dasturining muhim bo‘limlarini o‘tgandan keyin o‘tkaziladi
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari shakllarining yana bir guruhi bu maktablarning o‘quv kuni tartibida jismoniy madaniyat - sog‘lomlashtirish tadbirlari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarorida “Maktabda haftasiga 2 soat o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darsi bola organizmiga to‘laqonli yuklama berish uchun etarli emasligini hamda ilmiy tadqiqotlarga asosan o‘quvchilarning kundalik harakatga bo‘lgan fiziologik ehtiyojini 45 minutlik jismoniy tarbiya darsi faqatgina 11% qondira olishini, natijada bola organizmining biologik talabi qoniqmasligi ko‘rsatilgan”.
Mashg‘ulotlarning barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun 8-10 soat, 5-11 sinf o‘quvchilari uchun 10-12 soat harakat rejimini ta’minlab berishi kerak.
Belgilangan hajm o‘quvchilarning ko‘rsatilgan guruhlari uchun yetarli darajada zarur va minimal darajada majburiydir. Endi maktablarning o‘quv kuni rejimida jismoniy madaniyat-sog‘lomlashtirish tadbirlari to‘g‘risida bir oz to‘xtab o‘tamiz.