Mavzu: jismoniy tarbiya mashg'uloti shakllari



Yüklə 219,76 Kb.
səhifə7/11
tarix23.03.2023
ölçüsü219,76 Kb.
#89234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
JISMONIY TARBIYA MASHG\'ULOTI SHAKLLARI

Amaliy maslahatlar:
Sport kechalarida uzun ma’ruzalar va chiqishlardan bosh tortish kerak. Nimani gaprish kerak bo‘lsa salomlashish va tabriklashga, kechani olib boruvchining matniga va intervyuga kiritish kerak.
Kecha qismlarini jiddiy chegaralashga yo‘l qo‘yilmaydi. Uning barcha fragmentlari bir-biri bilan uzviy bog‘lanishda bo‘lishi kerak.
Kechaning mehmonlari asosiy g‘oyani jonlantirishlari kerak. Agar kecha “Bal-li, yigitlar! “ bo‘lsa, uning mehmoni – askar. Sport viktorinasi, konkursi, “Quvnoqlar va zukkolar” bo‘lsa – uning mehmoni yuqori malakali hakam va u jyuri a’zosi bo‘lishi kerak. “Sport shon-shuxrati” kechasida esa – yuqori malakali sportchi.
SOG‘LOMLASHTIRISH VA SPORT KUNLARI
“Sog‘lomlashtirish va sport kunlari” umummaktab ommaviy jismoniy sog‘lomlashtirish, sport va turizm tadbirlari ko‘rinishida o‘tkazilishi va quyidagi vazifalarni hal qilishi kerak:
1) o‘quvchilar sog‘ligini mustahkamlash va jismoniy rivojlanishini yaxshilash;
2) o‘quvchilarni “Alpomish” va “Barchinoy” me’yorlarini topshirishga tayyorlash;
3) jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish maqsadida bolalarning qiziqishini oshirish;
4) o‘quvchilarning faol dam olishini ta’minlash.
“Sog‘lomlashtirish va sport kunlari” ning asosiy kriteriysi ularning ommaviyligi hisoblanadi. Shuning uchun barcha o‘quvchilar bu tadbirda faol qatnishadilar, jismoniy tarbiya darslaridan vaqtincha ozod qilinganlar kuchiga yarasha ko‘maklashadilar.
“Sog‘lomlashtirish va sport kunlari” bir vaqtning o‘zida barcha o‘quvchilar yoki kichik, o‘rta va katta yoshdagilar uchun alohida tashkil qilinishi mumkin.
Davomiyligi bo‘yicha ular I-IV sinflarda 3 soatdan, V-VII sinflarda 4 soatdan, VIII-XI sinflarda 5 soatdan oshmasligi kerak. Shahardan tashqariga chiqish bilan tashkil qilinadigan turistik yurishlar va bayramlar ancha davomli bo‘lishi mumkin.
“Sog‘lomlashtirish va sport kunlari” ning mazmuni jismoniy tarbiya o‘quv ishlari bilan uzviy bog‘lanishi kerak va o‘z ichiga quyidagilarni olishi mumkin:
- harakatli o‘yinlar (joylarda);
- ekskursiyalar, turistik yurishlar (piyoda);
- haddan ziyod zo‘riqishni, jiddiy jismoniy yuklamani, uzoq davomiylikni (soddalashtirilgan dastur bo‘yicha), vrach ruxsatiga ega barcha o‘quvchilarni jalb qilish imkonini beradigan ommaviy musobaqalar, atraktsionlar (xalta ichida yugurish, ko‘z bog‘langan holda yurish va boshqalar); - konkurslar (kim eng kuchli, kim eng chaqqon va boshqalar)
“Sog‘lomlashtirish va sport kunlari” ni muvafaqqiyatli o‘tkazish ko‘p jihatdan uning puxta tashkil qilinishiga, barcha maktab jamoasi, maktab jismoniy madaniyat jamoasi, “Yoshlar ittifoqi” harakati, ota-onalar qo‘mitasi, homiylar, javobgar shaxslarning mohirona hamkorligidagi harakatiga bog‘liq.
TURISTIK SLYOT (YIG‘ILISH)
O‘qituvchi va o‘quvchilarning slyotda ishtirok etishlari uchun tayyorgarligi o‘quv yili davomida amalga oshiriladi. Slyotni tashkil qilish va o‘tkazishni uning tashkiliy qo‘mitasi yoki shtabi boshqaradi.
Shanba kuni darsdan keyin bayramona tantanali lineykada turistik guruhlar paketlarni oladilar va yurishga jo‘naydilar. Yalanglikka (o‘tzor) yetib kelishi bilan har bir guruh raport beradi.
Kechqurun “Do‘stlik gulxani” o‘tkazilishi mumkin
Ertasi kuni ertalab nonushtadan keyin musobaqalar boshlanadi va ular quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
- turistik to‘siq chizig‘i;
- sanitarlar konkursi;
- oshpazlar konkursi;
- turistik viktorina va boshqalar.
Yakshanba kuni tushdan keyin slyotga yakun yasaladi, g‘oliblar mukofotlanadi, xayrlashuv lineykasi va slyotning tantanali yopilishi o‘tkaziladi. O‘quvchilar guruhlar bo‘yicha uylariga qaytadilar.
Alpomish” va “Barchinoy” sektsiyalari

  • “Alpomish” va “Barchinoy” komleksining tegishli bosqichini topshirishga o‘quvchilarni tayyorlash uchun tashkil qilinadi.

  • “Alpomish” va “Barchinoy” sektsiyalarini yosh prinsipiga asoslanib tuzish maqsadga muvofiq.

  • Mashg‘ulotlarni katta sinflardagi faol o‘quvchilar yordamiga tayanib, haftasiga 2 marta 45 minutdan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘tkazadi.

  • Mashg‘ulotlarning mazmuni turli-tuman bo‘lishi, o‘quvchilar jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini har tomonlama ta’minlashi kerak.




Yüklə 219,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin