. Sport sektsiyalari Maktab jismoniy madaniyat jamoasining sport sektsiyalari - sog‘ligining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha sport mashg‘ulotlariga yaroqli u yoki boshqa spot turi bilan shug‘ullanishni xoxlovchi o‘quvchilar uchun tashkil qilinadi
O‘quv-trenirovka jarayonida sport sektsiyalarida quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi:
yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilarni muntazam sport mashg‘ulotlariga jalb qilish;
Tanlab olingan sport turini takomillashtirishga ko‘maklashish va shu asnoda sport klassifikatsiyasi talablarini bajarish;
O‘quvchilarni tuman va shahar musobaqalariga tayyorlash;
Musobaqalarda hakamlmk qilish va instruktorlik bilim va malakalarini egallash.
SPORT MUSOBAQALARI, SPARTAKIADALAR
Maktab musobaqalari darsdan tashqari ommaviy sport tadbirlarining kalendar ish rejasiga muvofiq, maktab rahbariyatining nazoratida o‘tkaziladi.
Maktabning ichki musobaqalari sinnflararo, sinf guruhlari aro o‘tkaziladi.
Maktab birinchiligi uchun musobaqalar spartakiada shaklida o‘tkaziladi.
Spartakiadalar “O‘qituvchilar kuni”, “Mustaqillik kuni”, “Navro‘z kuni” ga va boshqalarga bag‘ishlanadi.
Shunga o‘xshash ommaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalar maktablararo o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tuman, shahar birinchiligi musobaqalarida qatnashish uchun eng yaxshi sportchilardan terma jamoalar tuziladi
TURIZM SEKTSIYALARI (TURISTLAR) KLUBI
Turizm sektsiyalari barcha ta’lim muassasalarida tashkil qilinishi kerak.
Turizm sektsiyalari ishi quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
- o‘quvchilarga turizm texnikasi va taktikasi usullarini o‘rgatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil qilib o‘tkazish;
- turizm bo‘yicha maktab faollar jamoasini tayyorlash;
- yurishlar rahbarlari va va ularning yordamchilari bilan seminarlar o‘tkazish;
- turizm musobaqalari, nazorat va yurish trenirovkalarini o‘tkazish.
SPORT BAYRAMLARI (KECHALARI, VIKTORINALARI VA KONKURSLARI)
Sport bayramlari o‘quvchilar orasida jismoniy madaniyat va sportni targ‘ibot qilishda amaliy natija beradigan vosita hisoblanadi.
Shuning uchun har bir sport bayrami maktab jismoniy madaniyat jamoasi yutuqlarini namoyish qilishi va muayyan davrdagi ishiga yakun yasashi kerak (chorak, yarim yil, o‘quv yili).
Sport bayramlari ma’lum bir mavzuga bag‘ishlanadi hamda uning yo‘nalishi va mazmunini ifodalaydi.
ODATDA SPORT BAYRAMLARI DASTURI QUYIDAGILARDAN
IBORAT:
1) bayramning ochilishi (ishtirokchilar paradi, tantanali qism);
2) ko‘rgazmali gimnastik va sport chiqishlari;
3) ommaviy sport musobaqalari;
4) ommaviy sport va ko‘ngil ochar o‘yinlar, atraktsionlar;
5) bayramni yakunlash (ishtirokchilar va g‘oliblarni mukofotlash, tantanali yopilish tadbirlari)
SPORT KECHALARI, VIKTORINALARI VA KONKURSLARI
Sport kechalari maktab jismoniy madaniyat jamoasi hayotining turli voqealariga bag‘ishlanishi mumkin.
Bu maktab jismoniy madaniyat va sport ishlarining o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan “Sport shon-shuxrati” kechasi bo‘lishi mumkin.
Kechalar maktab komandasi yoki alohida sportchilarning erishilgan yutuqlariga bag‘ishlanishi mumkin. Ular viktorinalar, konkurslar, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Bal-li, yigitlar! “ va boshqalar tarzida o‘tkazilishi mumkin
Sport kechalarining vazifasi – maktab sportchilari va ularning yutuqlarini rag‘batlantirish hamda muntazam sport bilan shug‘ullanishga yangi o‘quvchilarni jalb qilish