U yoki bu kasb egalari o‘zaro muloqot davomida o‘z kasbi va hunariga oid
ma’lum tushunchalar va iboralardan foydalanadilar. Fanning ma’lum sohasini
o‘rganish va uni o‘zlashtirish ana shu etakchi tushunchalarning mazmuniga
bog‘liq. Ularning mazmuni vahajmini aniqlamay turib, jismoniy tarbiya nazariyasi
va amaliyotining ko‘pdan-ko‘p hodisalari va masalalarini to‘g‘ri tushunib olish
qiyinlashadi, jismoniy tarbiya nazariyasi fanini muvaffaqiyatli egallash
murakkablashadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatida qo‘llaniladigan etakchi
tushunchalarga quyidagilar kiradi:
jismoniy rivojlanish, jismonan tayyorgarlik,
jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat, sporti, jismoniy kamolot, jismoniy
madaniyat xarakati. Nima uchun yuqorida sanab o‘tilgan tushunchalar asosiy
tushunchalar deyiladiyu, boshqalari, masalan,
jismoniy mashq, jismoniy sifatlar,
jismoniy bilimlar tushunchalari asosiy tushuncha deb hisoblanmaydi? Tegishli
faoliyatni to‘g‘ri aks ettiradigan barcha tushunchalar o‘z ahamiyati jihatidan birdek
muhimdir, bular to‘g‘risida darslikning tegishli boblarida to‘xtalamiz. Biz esa
inson jismi tarbiyasining asosiy, eng muhim sifatlari umumlashtirilib ko‘rsatilgan
tushunchalariga to‘xtaldik xolos.
Dostları ilə paylaş: