Mavzu: Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati faning predmeti. Maqsad va vazifalari. Asosiy tushunchalari Reja



Yüklə 343,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix07.04.2023
ölçüsü343,97 Kb.
#94567
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1.JTSN va U 2-III-1

Jismoniy tarbiya –pedagogik jarayon bo‘lib, inson organizmini morfologik 
va funksional jihatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim bo‘lgan 
asosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarni 


shakllantirish va yaxshilashga qaratilgan. Mana shu ta’rifda jismoniy tarbiyaning 
insonni tarbiyalashning mustaqil turi sifatidagi o‘ziga xosligi ta’kidlab o‘tilgan. 
Jismoniy tarbiyaga oid bo‘lgan o‘ziga xoslikning tarkibida ikkita alohida 
ma’noga ega bo‘lgan «jismoniy bilim (o‘rgatish, tushuntirish, ko‘rsatish, 
takrorlash, mustaxkamlash)» va «jismoniy sifatlarni rivojlantirish (kuch, tezkorlik, 
chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik)» deb atalgan tushuncha yotadi. 
«Jismoniy bilim» atamasini yangi davrdagi jismoniy tarbiyaning eng avvalgi 
tizimlarida uchraydi. Masalan, Fit «o‘z vujudini tarbiya» qilish maqsadida 
jismoniy mashqlar zarurligi haqida gapirgan edi. 
Jismoniy bilim jismoniy mashqlarni bajarishga oid maxsus nazariy 
tushunchalar va ularni lozim bo‘lganda turmushda qo‘llash mahorati va 
ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. 
Pestalotsii bolalarning «vujudini tarbiyalash»ni astoydil yoqlab chiqqan P.F. 
Lesgaft jismoniy bilim berishni, jismoniy tarbiyaning kengaytirilgan ma’nosi deb 
tushuntirgan. Lekin, Lesgaftning jismoniy tarbiya haqidagi ta’limotning asosiy 
g‘oyasi tom ma’nodagi jismoniy ta’lim g‘oyasi edi. 
P.F. Lesgaft jismoniy tarbiya jarayonida bolalar «ayrim harakatlarni ajratib 
olishlari va ularni o‘zaro taqqoslashni, ularni ongli ravishda boshqarishni, 
to‘siqlarga moslashtirishni, bu to‘siqlarni iloji boricha chaqqonlik va qat’iyat bilan 
o‘tishni (engishni), boshqacha qilib aytganda, iloji boricha kamroq vaqt mobaynida 
oz mehnat sarflangan holda, ongli ravishda eng ko‘p jismoniy ishqilishni, yohud 
ko‘rkam va g‘ayrat bilan harakat qilishni o‘rganishlari kerak, deb hisoblardi. Bu 
erda gap, bir tomondan, to‘g‘ri harakat ko‘nikmalarini hosil qilish haqida, ikkinchi 
tomondan, harakatlarni bajarishga ongli munosabatda, ko‘nikmalardan hayotiy 
vaziyatning tasavvur hamda mahoratni qaror toptirish haqida bormoqda.

Yüklə 343,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin