bajarilish texnikasini o‘zlashtirish maqsadida takrorlayversalar, shu vaqtning
o‘zida ham kuch, ham chidamlilik va ayrim hollarda tezkorlik ham tarbiyalanadi.
Boshqa tomondan, o‘sha yugurish mashqlarini katta tezlik bilan takrorlansa
(tezkorlikni tarbiyalash uchun), u holda mashq texnikasi mustahkamlanadi va
takomillashadi, shu vaqtning o‘zida esa ta’lim, bilim berish vazifalari ham hal
qilinadi.
Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida, hattoki shug‘illanivchilarning
ruhiy holatiga, ularning emotsiyasiga (his-tuyg‘usiga), irodasiga, axloqining
namoyon bo‘lishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ana shular hisobiga tarbiyaviy
vazifalarning hal qilinishi uchun kerak bo‘lgan sharoit yuzaga keldi.
Jismoniy tarbiya jarayonida tarbiyaviy, ta’limiy vazifalarning mavjudligi uni
bir butun pedagogik jarayon deb qarashga olib keladi. Qo‘yilgan vazifaga qarab,
har biri alohida ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Jismoniy tarbiyada jismoniy rivojlanish qonunlari, jismoniy tarbiyaning
ijtimoiy qonunlari ham aks etadi. Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy qonunlaridan
foydalanishi, xarakteri va usuli aslida jamiyatning iqtisodiy va siyosiy tizimidan
kelib chiqadi.
Jismoniy tarbiyaning ijtimoiy hodisa sifatida o‘ziga xos xususiyati shundan
iboratki, bu asosan jamiyatda inson jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiruvchi vosita
sifatida xizmat qila olishligi va ayni paytda uning ma’naviy kamolotiga ham kuchli
ta’sir ko‘rsata olishligidadir.
Dostları ilə paylaş: