Yuqoridagilarni o‘quvchilarga qo‘llaganimizda, o‘qish sharoiti, mehnat va
mustaqil ishlash, dam olishni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Bularning barchasi
bolalarning jismoniy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Nasldan-naslga o‘tadigan
tabiiy hayotiy kuchlar, inson jismining
qobiliyatilari ham jismoniy rivojlanishning muhim zamini ekanligi, shuningdek,
yuqori natijalarga erishish har qaysi shug‘ullanuvchi (individ)
uchun nasib
bo‘lavermasligini, ammo har qanday shaxs o‘z organizmining jismonan
rivojlanishiga sidqidildan tizimli maqsadga muvofiq ravishda muntazam jismoniy
mashqlar bilan shug‘ullanish orqali ijobiy ta’sir eta olishligini e’tirof etish lozim.
Jismoniy rivojlanishning shiddatli (keskin) davri, maktabgacha yoshdagi va
kichik maktab yoshidagi davrga to‘g‘ri keladi va butun maktab yoshi davri
davomida davom etadi.
Amaliyotda jismoniy rivojlanganlik ko‘rsatkichlari
degan iboraga duch
kelamiz.
Bu
inson
badanining
a’zolarini bichimini o‘lchami bo‘lib,
shug‘ullanuvchilarni yoki individning jismoniy rivojlanishi haqidagi antropometrik
ma’lumotlar tarzida ro‘yxatga olinadi.
Jismoniy rivojlanishning yo‘nalishi, xarakteri, darajasi, shuningdek, inson
o‘zida kamol toptiradigan fazilatlari va qobiliyatlari turmush sharoiti va tarbiyaga
ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Jismoniy rivojlanish qonunlarini egallash, ulardan o‘z
jismi tarbiyasi maqsadlarida foydalanish
– jismoniy tarbiya nazariyasi va
amaliyotining muhim vazifasidir.
Jamiyatdagi ijtimoiy sharoit jismoniy rivojlanishini hal qiluvchi omilidir.
Omillar orasida mehnat bilan
tarbiya jarayonining roli, ayniqsa jismoniy
tarbiyaning roli muhimdir.
Jismoniy rivojlanishga erishish uchun «
jismoniy tarbiya» deb atalmish
maxsus yo‘naltirilgan va tashkil qilingan faoliyatdan foydalana boshlandi.
Dostları ilə paylaş: