Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari ichida
jismoniy
madaniyat keng, jamlovchi tushuncha bo‘lib, jismoniy tarbiya tushunchasining
tarkibiy qismi sifatida uch xil yo‘nalishga ega bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi
(B.A. Ashmarin 1979):
-
Maktab fizkulturasi;
-
Moddiy boyliklar;
-
Ma’naviy boyliklar.
Jismoniy madaniyat harakati – ijtimoiy yo‘nalish bo‘lib, buning oqimida
kishilarni birgalikda, jismoniy madaniyat boyliklarini ishlatish va ko‘paytirishga
qaratilgan faoliyatdir.
Jismoniy kamolot – bu har tomonlama jismoniy tayyorgarlik va garmonik
jismoniy rivojlangan, mehnat va boshqa sohalardagi talablarga javob bera oladgan
individual talantining yuqori darajada rivojlanganligini ko‘rsatadi, shaxsni har
tomonlama rivojlanish va uzoq yillar sog‘ligini mustahkamlash qonuni bilan
murosada bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: