Jismoniy mashqlar harakat qilish tajribasini o’rgatish zarurati bilan insonni mehnatga tayyorlash uchun uning jismoniy kuchlarini rivojlantirishga yo’naltiruvchi tasir o’tkazish ehtiyoji bilan bog’liq
Jismoniy mashqlar harakat qilish tajribasini o’rgatish zarurati bilan insonni mehnatga tayyorlash uchun uning jismoniy kuchlarini rivojlantirishga yo’naltiruvchi tasir o’tkazish ehtiyoji bilan bog’liq ravishda kelib chiqqan.
Jamiyat rivoj topgan sari jismoniy tarbiyaning o’zi ham rivojlanib, jismoniy mashqlarning mehnat va boshqa bevosita amaliy harakatlar bilan aloqasi o’zining bevosita bog’liq bo’lish xarakterini yo’qota boshladiyu. Jismoniy mashqlar utilitar ahamiyatga moyilik bo’lgan harakatlardan ajralib qola boshladi. Bu esa, jismoniy mashqlarni qo’llanish chegaralarini kengaytirish imkonini berdi.Jismoniy mashqlar muayyan ishlab chiqarish yoki harbiy sharoitlar bilan bog’liq bo’lmay qoldi. Masalan, tabiiy ko`chishdan (o`ljaning ketidan quvib yoki dushmandan qutulish uchun ),konkret ehtiyojdan, qanchalik havf borligidan,tabiiy to`siqlardan va shunga o`xshash konkret sharoitlardan kelib chiqib qochishdan yugurish qisqa, o’rtacha va olis masofaga yugurishga, to`siqlar osha yugurishga aylandi.