5. Mirzo Ulug‘bek qachon Jizzax yaqinidagi Ilono‘tti darasi ichida o‘ziga xos “zafarnoma” yozdirgan?
J: hijriy 828-yil (1425-yil)
6. 1451-yil Abulxayrxon katta qo‘shin bilan Abu Said yordami va ishtirokida qaysi hududlar orqali Samarqandga Mirzo Abdulloga qarshi yurish qiladi?
J: Toshkent, Chinoz va Jizzax
7. 1451-yil Abulxayrxon va Abu Saidning birlashgan qo‘shini bilan Mirzo Abdulla qo‘shinlari o‘rtasidagi jang qayerda bo‘lib o‘tgan?
J: Sheroz qishlog‘i yaqinidagi Bulung‘ur anhori yoqasida
8. IX asr oxirida Tohiriylar tomonidan Somonxudotning nabiralari bazi hududlarga noib etilb tayinlangan. Shosh va Ustrushonaga kim noib etil tayinlanganini toping?
J: Yahyo
1. Ilk o‘rta asr voha hokimlari turli hududlarda turlicha aytilgan. Masalan Sug‘d va Farg‘onada oliy hukmdor – «ixshid», Toxaristonda – «malikshoh», Xorazmda – «xorazmshoh» va h.k. Aytingchi ilk o‘rta asrlarda Ustrushona hokimlari qanday nomlangan?
J: Ustrushonada – «afshin»
2. Ilk o‘rta asrlarda Ustrushona deb nomlangan hudud hozirda qaysi hududga to‘g‘ri keladi?
J: Jizzax va O‘ratepa
3. Ma‘lumki, VII asrning birinchi yarmida G‘arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o‘rtasida, ayniqsa, iqtisodiy aloqalar faollashdi. Bir yilning o‘zida qaysi hududlardan birlashgan juda katta savdo karvoni Xitoyga yetib boradi?
J: Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushona
4. Qanday jarayon arab istilosiga qarshi Movarounnahr xalqlarining birlashishiga to‘siq edi?
J: Vohadagi mulk hukmdorlari ichki mustaqil bo‘lgani bois, o‘zlarini ko‘p ham markazga tobe, deb hisoblamasligi
5. Arablar istilosi arafasida Balx, Xuttalon, Chag‘oniyon, Choch, Ustrushona va Sug‘d aholisining katta qismini kimlar tashkil etardi?
J: jangovar turkiylar
6. O‘rta asrlarda oltin, neft, feruza, temir konlari qaysi hududlardan topilgan?
J: Buxoro va Ustrushona
7. Qaysi sulola davrida Buxoro va Ustrushonada oltin, neft, feruza, temir konlari faoliyat ko‘rsatgan?
J: Qoraxoniylar davrida
Dostları ilə paylaş: |