5.Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar /O‘quv qo‘llanma. O‘.Asqarova. –Toshkent, Istiqlol, 2005.
6.Pedagogik entsiklopediya. I va II jild. “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. -Toshkent, 2012.
7.TEACHING AND LEARNING Pedagogy, Curriculum and Culture by Alex Moore 2012.
Asosiy tushunchalar:
individual
vizual-ma’ruza
binar-ma’ruza
anjuman-ma’ruza
metodologik
Ta’limni tashkil etish shakli - bu o‘qituvchi va o‘quvchining belgilangan tartibda, muayyan maqsadga muvofiq ma’lum rejimda tashkil etiladigan o‘quv-bilish faoliyatining tashqi ifodasidir.
MA’RUZA VA UNING O’ZIGA XOSLIKLARI
Ma’ruza turlari
O’ziga xos xususiyatlari
Kirish ma’ruzasi
Talabalarda o’quv fani to’g’risidagi umumiy tasavvurlarni shakllantirish
Ma’lumotli ma’ruza
Talabalarda muammoga doir ma’lumotlarni axboriy-retseptli tarzda taqdim etish
Anjuman-ma’ruza
Talabalar tomonidan o’quv materialini izlanishli tarzda o’zlashtirilishiga erishish
Muammoli-ma’ruza
Talabalarga muammoli savol, muammoli vaziyat va muammoli topshiriqlarni taqdim etish orqali o’quv birliklarini bayon etish
Ma’ruza-munozara
Fikrlar almashinuvini tashkil etish asosida ma’ruza qismlarini o’zlashtirishga erishish
Vizual-ma’ruza
Vizual-materiallarni taqdim etish orqali talabalar tomonidan materialni o’zlashtirishga erishish
Konspektli-ma’ruza
Talabalar tomonidan o’quv materialini o’zlashtirishga erishish maqsadida tushuntirish bilan birga eng asosiy qismlarini yozdirib borish
Maslahatli-ma’ruza
Savol va javoblar tarzida ma’ruza mashg’ulotini tashkil etish
Binar-ma’ruza
Muammo yuzasidan tadqiqot olib borgan mutaxassis-olim bilan birgalikda ma’ruzani tashkil etish