Seminar – bu o’qituvchini ta’lim oluvchilar bilan faol muloqotga kirishishiga yo’naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitni ta’minlovchi ta’limni tashkil etish shaklidir
Seminar mashg’ulotiga
tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish: Nima uchun?– Seminarni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad.
2. Qanday tarzda?– Seminarni olib borish texnologiyasini ishlab chiqish.
3. Nimani muhokama qilish?– Seminarni olib borish vaqtida muhokama qilinadigan materiallar mazmuni.
4. Qanday omillarni hisobga olish zarur? – Seminarni tashkil etish jarayonida ma’lum omillarni hisobga olish
Darsning turlari va tuzilishi
Darsning quyidagi turlari mavjud:
1.Aralash (kombinatsion dars).
2.Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
3.O’rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi.
4.O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish darsi.
5.Laboratoriya darslari.
6.Amaliy darslar.
1.Aralash darsning tuzilishi:
a) tashkiliy qism;
b) o’tilgan mavzuni takrorlash (uy vazifasini tekshirish);
Amerikalik o’qituvchi va nashriyotchi William Chandler Bagley o’zining "Ta’lim jarayoni" (The educative process) kitobida dars turlarini quyidagicha bayon etadi .
1. Rivojlantirish darslari (The development lesson)
2 .O’rganish darslari (Study lesson)
3. So’rov darslari (The recitation lesson)
4.Mashg’ulot darslari (The drill lesson)
5. Takrorlashya’niqaytako’ribchiqishdarslari (The review lesson)
6.Imtihon( tekshiruv ) darslari. (The examination)
Hozirgi kunda bularda 3 tasi yani rivojlantirish darslari, mashg’ulot darslari va ya’ni qayta ko’rib chiqish darslari asosiy qilib ko’rsatilgan .
The Educative Process - William Chandler BagleyP/70
Tarbiyaviy
Darsga qo’yiladigan talablar
Didaktik
Rivojlantiruvchi
Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
-fanning ilg’or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
-darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;
o’quvchilar anglab yetadigan fanlararo bog’liqliklarni o’rnatish;
shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
pedagogik vositalardan samarali foydalanish;
ilgari o’rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o’quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;
o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o’zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va taxmin qilish.