Mavzu Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari


Investitsiya dasturini shakllantirish muddatlari



Yüklə 59,08 Kb.
səhifə11/13
tarix12.10.2023
ölçüsü59,08 Kb.
#154892
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2 Мавзу Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning

Investitsiya dasturini shakllantirish muddatlari
Uch yillik Dasturni shakllantirish jarayoni bir yillik siklga ega bo‘ladi hamda yangilangan Dasturni har yilning oxirigacha tayyorlashni ta’minlovchi ilovaga muvofiq qat’iy jadvalga tayanadi.
Investitsiya dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlashda buyurtmachilar quyidagi tartibga amal qilishlari kerak:
Dasturni amalga oshirishning birinchi yiliga kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro‘yxati va moliyalashtirish bilan ta’minlangan (kelgusi yilga o‘tuvchi va yangidan boshlanayotgan) qurilishlarning aniq ro‘yxati tuziladi;
Dasturni amalga oshirishning ikkinchi yiliga unga kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro‘yxati va birinchi yildan o‘tuvchi qurilishlarning prognoz ro‘yxati va Dasturni amalga oshirishning birinchi yilida loyiha hujjatlari tayyorlangan va tasdiqlangan, birinchi yilda tanlov savdolariga tayyorlanadigan yangidan boshlanadigan ob’ektlar kiritiladi;
Dasturni amalga oshirishning uchinchi yiliga unga kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro‘yxati va tanlov savdolari natijalariga ko‘ra belgilangan amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan holda qiymati belgilangan tartibda aniqlashtirilgan birinchi va ikkinchi yildan o‘tuvchi qurilishlarning prognoz ro‘yxati, loyiha hujjatlari ikkinchi yilda tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangidan boshlanadigan ob’ektlar kiritiladi.
Dasturni moliyalashtirish
Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
a) markazlashtirilgan investitsiyalar, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
davlat byudjeti mablag‘lari;
davlat byudjetidan tashqari fondlar mablag‘lari;
Hukumat kafolati ostida beriladigan horijiy kreditlar;
Hukumat qarorlariga ko‘ra belgilanadigan boshqa manbalar;
b) markazlashtirilmagan investitsiyalar, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar mablag‘lari;
tijorat banklarining, shu jumladan xorijiy tijorat banklarining kreditlari;
jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy jismoniy shaxslar mablag‘lari;
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar.
Markazlashtirilgan investitsiyalar respublika xalq xo‘jaligini tarkibiy qayta qurishni, respublikaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish salohiyatini saqlab qolish va rivojlantirishni amalga oshirish, moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobiga mumkin bo‘lmagan ijtimoiy muammolarni va boshqa muammolarni hal etishni ta’minlovchi respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlarida asosiy fondlarni yaratish va ko‘paytirish uchun foydalaniladi.
Markazlashtirilgan investitsiyalar faqat quyidagi ishlarga ajratiladi:
respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlariga davlat maqsadli dasturlarini va davlatlararo bitimlarni amalga oshirishga;
aholining ehtiyojmand qatlamlarini davlat tomonidan ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash uchun uy-joy qurilishiga;
suv xo‘jaligi qurilishiga;
aholi yashaydigan joylarning muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga;
fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlari ob’ektlari qurilishiga;
davlat boshqaruvi organlari, mudofaa va huquqni muhofaza qilish organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga;
umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga va tabiiy ofatlardan himoya qilish inshootlari qurilishiga.

Yüklə 59,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin