Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 337,5 Kb.
səhifə2/6
tarix27.02.2023
ölçüsü337,5 Kb.
#85771
1   2   3   4   5   6
Jumamurodova Asaloy 2-G fizikaaa

II. ASOSIY QISM
2.1 O’qitish jarayoniga talabalar kasbi xususiyatlariga yondoshishning
moxiyati va ahamiyati
Pedagogik texnologiya atamasi va bu sohadagi ilk ishlanmalar AQSHda XX asrning 50-yillarida paydo bo’ldi.15-20 yildan so’ng pedagogic texnologiya barcha rivojlangan mamlakatlar ta’lim sohasini qamrab oldi. So’nggi yillarda pedagogik texnologiyadan foydalanish doirasi uzluksiz kengayib bormoqda. Pedagogik texnologiyaning ilk paydo bo’lish davri ilmiy-texnik taraqqiyotning(ITT) jadallashuvi bilan belgilanadi.Mazkur davrdagi fanning natijalari kashfiyotlar oqimlari bo’lib, ular asosida texnika va texnologiyalarning yangi avlodlari yaratildi.Ishlab chiqariladigan mahsulotlar o’zining o’ta murakkabligi,yuqori sifati va sermahsulligi bilan ajrala boshladi.Ishlab chiqarish usuli va shart-sharoiti uzluksiz jadal o’zgarib bordi,ta’lim tizimi oldiga yangi talablar qo’yila bordi [6]. Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi va ta’lim tizimiga u tomonidan qo’yiladigan talablar quyidagilar bilan belgilanadi.
Birinchidan-fanning o’sib borayotgan o’rni bilan,XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida ,fanning taraqqiyoti eng yuqori sur’atlarga erishdi.Har 10-15 yilda fan faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari ikki martadan oshib bordi.Shuning uchun,fanning taraqqiyot qonuni eksponenta qonuniga bo’ysunadi deb faraz qilinadi.Hozirgi zamonda fan taraqqiyotining yuqori sur’atlari,aqliy mehnatni avtomatlashtirish orqali saqlab turilmoqda. Fanning jadal taraqqiyoti,ilmiy-texnik axborot tegishli taraqqiyotiga olib keladi. Fanning eksponenta bo’yicha rivoji uning ko’chkisimon rivojini anglatadi. Zero ilmiy-texnik axborot rivoji ham ko’chkisimon jarayon hisoblanadi.
Axborot oqimining ko’chkisimon o’sish sur’atini saqlash uchun zamonaviy telekommunikatsion axborot tizimlari yaratilmoqda va faoliyat ko’rsatmoqda. Ko’rinib turganidek, fan va axborot hozirgi zamondagi o’sish sur’ati va hajmi 20-30 yil oldingi ularning holatidan keskin farq qiladi. Fan taraqqiyoti,bu oily ma’lumotli mutaxassislarning faoliyati doirasiga kiradi.Shuning uchun,oily ma’lunmotli mutaxassislarni tayyorlovchi tizim-zamonaviy axborot oqimini o’zlashtirish, ilmiy-tadqiqot malakalari,individual va mustaqil ishlash,ilmiy-texnikaviy axborotlar va o’quv-ilmiy adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Ikkinchidan-zamonaviy fanlarning ko’chkisimon rivoji 2,3 va undan ortiq ma’lum fanlar ulanmalarida yangi fanlar paydo bo’lishi bilan ham ta’minlanadi.Masalan:biofizika,biokimyo, informatika, fizik-kimyoviy mexanika va ko’pgina boshqa fanlar.Fan ,,daraxti’’ paydo bo’ladi. Ma’lum fanlar ulanmalarida paydo bo’lgan yangi fan-yangi ilmiy yo’nalishlar, muammolar, mavzular va ilmiy masalalarni o’z ichiga oladi. Bu masalalarni oliy maktabning iqtidorli bitiruvchilari yechishi lozim. Shuning uchun kadrlar tayyorlovchi tizim talabalarda original va noan’anaviy fikrlash qobiliyatini,tizimli va mashaqqat bilan ishlash malakalarini rivojlantirishi lozim.
Talaba ajablana olishi, hayratlana olishi lozim, shundagina u boshqalarni o’zining ijodiy mehnati bilan hayratlantira oladi.
Uchunchidan-fanning ko’chkisimon rivoji va shu qonuniyat bilan o’suvchi ilmiy-texnikaviy axborot, axborotni uzatish va qayta ishlash tezligini oshirishga olib keladi,uning asosida esa kompyuter texnikasi yotadi.Ushbu zamonaviy axborot tizimlaridan samarali foydalanish,asosan individual tarzda ishlash orqali amalgam oshiriladi.Shunday ekan,zamonaviy o’qitish tizimining asosiy o’zagi-o’qitishni individuallashtirish deb hisoblash mumkin.Shuning uchun o’qitishni individuallashtirish, mustaqil ta’lim,masofaviy o’qitish tizimi texnologiyalarini ishlab chiqish va o’zlashtirish dolzarb masalaga aylanib qoldi.
To’rtinchidan-muhandislik yechimlar turning keskin ko’payishi ilmiy-texnik taraqqiyotning xususiyati hisoblanadi.Materillar,texnologik jarayonlar, mashinalar konstruksiyalarining zudlik bilan almashinuvi sodir bo’ladi.Boshqaruv tizimining avtomatlashuv darajasi oshadi va ilmiy yutuqlar natijasini ishlab chiqarishnga qo’llash muddatlari qisqaradi. Masalan,telefon aloqasi kashfiyoti bilan undan foydalanish orasida 56 yil o’tgan bo’lsa, radioga-35, televizorga-14, atom energijyasiga -6, tranzistorga-5 yil o’tdi. Hozirgi paytda bu muddat,odatda 1 yilga ham yetmaydi. Shunday qilib, oily ma’lumotli mutaxassislar tayyorlovchi tizim,ularda ishlab chiqarish ,texnika,texnologiyaning uzluksiz o’zgarib turuvchi sharoitiga zudlik bilan moslashuvchanlikni shakllantirishga yo’naltirishi zarur.Ular bilimlar harakatlanuvchi,tanqidiy fikrlash,ijod va kasbiy faoliyatida epchillik kabi xususiyatlarga ega bo’lishi lozim.
Beshinchidan-ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi sharoitida uning yuksalib boruvchi talablariga javob beradigan mutaxassislarni oily maktabda tayyorlash uchun o’qitishni jadallashtirish ,o’qitishda inson organizmining ,uning ongining butun imkoniyatlaridan to’la foydalanish zarur bo’ladi.Ya’ni, ko’rsatmali o’qitish metodlaridan foydalanishni jadallashtirish lozim.Bu esa, o’qitish jarayonida axborotlar berishda ,o’quv materiallini tizimlash va turkumlash usullari, o’qitishni kompyuterlash,o’quv televideniyasidan foydalanish va h.k.ni anglatadi.
Oltinchidan-har bir odam tabiatan faqat o’ziga xos o’qish va o’rganishdagi zehni,qobiliyatiga ega bo’ladi.Demak,zamonaviy o’qitish tizimining vazifasi o’quvchining individual qobiliyatini hisobga olish va rivojlantirishdan iborat bo’lishi kerak. Ilmiy-texnika taraqqiyoti jadallashuvi sharoitida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning farqli xususiyatlari bilan ajralib turadi.Mashina va jihozlar unumdorligi, ular puxtaligining ko’p marotaba oshganligi tufayli mahsulot birligiga sarf qilinadigan energiya ham bir necha marotaba kamayadi.Bu sharoitlar kadrlar tayyorlash tizimiga tegishli talablar qo’ya boshladi [7].
Ilmiy-texnika taraqqiyoti jadallashuvidan oldingi davrda ishlab chiqariladigan mahsulot yuqori puxtaligi va sifati bilan ajralib turmas edi.Shuning uchun mahsulotlar uchun kafolatli ta’mir muddatlari o’rnatilgan edi,kafolatli ta’mir esa ishlab chiqarish korxonalari hisobidan bajarilar edi.Mazkur sharoitlarda an’anaviy o’qitish tizimi,ishlab chiqarish talabiga javob berar edi.Ishlab chiqarish sharoitining o’zgarishi bilan an’anaviy o’qitish asosida tayyorlangan mutaxassislar sifati qo’yiladigan talablarga javob bera olmay qo’ydi. O’qitishning ommaviyligi o’sib kelayotgan bir sharoitda ko’pchilik kadrlarni tayyorlash sifati darajasi ishlab chiqariladigan mahsulot sifatining o’sish sur’atidan,ya’ni ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvidan ancha orqada qola boshladi. Fan, texnika va texnologiyaning jadal rivojlanishi sharoitida o’qitish tizimiga quyidagi talablar qo’yiladi:
a)individual va mustaqil ishlash,ilmiy-texnik axborot bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
b) original va nostandart qarorlar,ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
с) o’qitishni individuallashtirish;
d) uzluksiz bilim olish qobiliyatini,tanqidiy fikrlashni, ijod bilan ishlashni,ishlab chiqarishning zudlik bilan o’zgaruvchan sharoitiga mos epchillikni shakllantirish.
Bayon etilganlar,bir tomondan pedagogic texnologiyaning sodir bo’lish zaruriyatini tasdiqlasa,ikkinchi tomondan u ilmiy texnik taraqqiyot jadallashuvining mahsuloti ekanliogini namoyish etadi.Shu sababli, ilmiy-texnik taraqqiyot tezlashuviga 2…3 va undan ortiq fanlar ulanmalarida paydo bo’ladigan yangi fanlarning ta’sirini alohida ta’kidlash zarur bo’ladi.Pedagogik texnologiya ham ikkita fan-,,pedagogoika’’ va ,,texnologiya’’lar tutashlarida paydo bo’lgan yangi fanlardan biridir.
Pedagogik texnologiya ilmiy-texnika taraqqiyoti jadallashuvi talablari darajasida kadrlar tayyorlashni ta'minlash imkoniyatini yaratdi. Pedagogik texnolo-giyaning tarkibiy qismlari tegishli davr talablari asosida ham paydo bo’ladi. «Pedagogika» - bu keksa avloddan hayot uchun zaruriy bo'lgan ijtimoiy tajribalarni yosh avlodga berish va uning yosh avlod tomonidan faol o'zlashtirish qonuniyatlarini o'rganadigan fandir. Jamiyat taraqqiyoti, har qaysi yangi avlod o'zining o'tmish avlodidan qolgan merosni egallab, uni boyitib keyingi avlodga qoldirish orqali vujudga keldi. «Pedagogika» atamasi qadimgi Yunoniston (Gretsiya)da paydo bo'ldi, uning negizini «pedagog» so'zi tashkil etadi. Qadimgi Yunonistonda o'quvchini maktabga kuzatib boruvchi, unga xizmat qiluvchi qulni pedagog (Yunoncha «pays» — bola, «agogoeyn» - yetaklovchi) deb ataganlar. Ya'ni, pedagog so'zi «bola yetaklovchi» ma'nosini anglatadi. Maktabda mashg'ulotlarni o'qituvchilar - «didasko»lar o'tar edi («didasko» - men o'qitaman, keyinroq «didaktika» - o'qitish nazariyasi paydo bo'ldi). Muqaddam bilimning bu sohasi falsafa fani negizida amalga oshirilar edi. XVIII asrning boshJarida ingliz faylasufi va tabiatshunos olimi Frensis Bekon (1561-1626-yy.) tomonidan, pedagogika falsafa bilimlari tizimidan chiqarib olingan edi. U 1623- yili «Afzalliklar va fanlarning ko'payishi haqida» chop etilgan asarida, pedagogikani bilimning alohida sohasi sifatida «O'qishga qo'llanma» haqidagi fan deb atadi. O'sha asrda pedagogikaning mustaqil fan sifatdagi maqomi, mashhur chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning (1592 -1670- yy.) asarlari va obro'yi tufayli mustahkamlanadi. U o'zining mashhur «Buyuk didaktika» asarida, o'quv ishining nazariyasi va uni tashkil etishning asosiy masalalarini ishlab chiqdi.Peda gogikaning predmeti - bu o'rganish, ta'lim, tarbiya sharoitida inson shaxsining rivojlanish va shakllanishiga yo'naltirilgan jarayoni deb hisoblanadi. Shunday qilib pedagogika, inson shaxsining rivoji va shakllanish mohiyatini o'rganish haqidagi fan sifatda namoyon boiadi. Shu asosda o'qitish va tarbiya nazariyasi va uslubiyoti maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayon sifatida belgilanadi. Pedagogika fan sifatida, ommaviy o'qitishni tashkil etishni talab etadigan kengaytirilgan ishlab chiqarish yoiga qo'yilayotgan davrda paydo bo'ldi. «Texnologiya» materiallar yoki yarim fabrikatlarni olish, ishlov berish va qayta ishlash usullarini ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi ilmiy fandir. «Texnologiya» atamasi ham qadimgi Yunonistonda paydo bo'ldi va u ikkita so'z - «texne» - san'at va «logos» - o'rganishdan iborat. Ushbu davrda, bu hunarmandning predmetni tayyorlash sanatiga, ustozi rahbarligi ostida (mashqlar tufayli) o'zining tirishqoqligi va tabiiy iqtidori orqali erishishini anglatar edi. Hunar o'rganish individual tarzda amalga oshirilar edi. Ko'p-gina hollarda, kasb-hunar sir-sinoatlari, faqat avloddan avlodga, oilaviy qarindosh-urug'larga o'rgatilar edi. Avloddagi uzilishlar, ma'lum bir kasb sir-sinoatlarining yo'qolishiga olib kelgan hollar ham mavjud. Misol tariqasida, qadim Sharqdagi machit-madrasalarning tashqi va ichki devorlar, gumbazlaridagi naqshlar tabiiy bo'yoqlarining tayyorlanish sirlari yo'qolib ketganini keltirish mumkin. Bu bo'yoqlar hanuzgacha odamlarni o'zining tabiiyligi, chiroyi, ranglari jilosi, betakrorligi, o'zidan nur sochib turishi. uzoqqa chidamliligi bilan maftun etib kelmoqda [10].
«Texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishiga - XVII asrda, sanoat ishlab chiqarishini paydo bo'lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat jihozlari, paroxod, parovoz, o'q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlanaboshlanishi sabab bo'ldi.
Bunday murakkab va mehnattalab mashina va jihozlarni ishlab chiqarishni, faqat texnologik jarayoni aniq ishlab chiqilgan texnologik hujjatlar asosida tashkil etish mumkin edi. Ushbu hujjatlarda-xom ashyo, materiallar, yarim fabrikat vamahsulotlarni olish, ishlov berish, qayta ishlash yo'llari va usullarining murakkab jarayonlarini o'zaro bog'liq, ketma-ket va aniq bajariladigan harakat, operatsiyalarga bo'lib, rejalashtirilgan natijaga erishish tasvir etiladi. Bu kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishga asos bo'ladi. Bizning davrda, texnologiya deb, ma'lum ishni bajarish san'ati tushuniladi. Uni egallash uchun u aks ettirilgan texnologik hujjatlarni chuqur o'rganish taqozo etiladi.
«Texnologiya»ning fan sifatida shakllanishi, texnologiyani ko'paytirish va shu asosda mutaxassislarni ommaviy tayyorlash, hamda ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini keltirib chiqardi. «Texnologiya» va «Pedagogika»ning fan sifatida bir tarixiy davrda shakllanganligi, buqonuniy hodisadir. Chunki kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish, ommaviy o'qitishni taqozo etdi. Yuqorida zikr etilganlar ommaviy ta'lim asoschisi Ya. A. Komenskiyning ilmiy merosini tashkil etadi. «Pedagogika» fanining rivojlanish asosiy bosqichlarini quyidagicha belgilab berishi mumkin
XX asrning ikkinchi yarmidagi ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvining beqiyos va yuqori talablariga javob beradigan pedagogik texnologiyaning paydo bo'lishi ham shu qonuniyatga bo'ysunadi. Jamiyat va ta'limning rivoji - bu ikkisi cham-barchas bog'liq, yagona tizim bo'lib, uni «jamiyat-ta'lim» tizimi sifatida tasvirlash mumkin. Bu tizim ishlab chiqarish usuli, o'qitish vositalari va o'qitish tizimi omillari bilan belgilanadi Ushbu XX asrning ikkinchi yarmida «Pedagogik texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishi va lining asosiy rivojlanish bosqichlari, o'qitish tizimining rivojlanish obyektivligi yaqqol aks ettirilgan. Zamonaviy rivojlanish, fan jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanganligi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, pedagogik texnologiyaning paydo bo'lishi, o'qituvchilik faoliyati ham, boshqa ishlab chiqarish faoiiyatlaridek faoliyat turi ekanligi bilan bog'liqdir. Pedagogik texnologiya atamasi, hali yakdillik bilan izohlanmagan, shuning uchun uning anchagina ta'riflari mavjud. Mi sol tariqasida pedagogik texnologiya (PT) ning bir necha ta'riflarini keltiramiz. PT - bu bilimlar o'zlashtirilishining barcha jihatlari muammolarini tahlil etish va rejalashtirish, ta'minlash, baholash va muammolar yechimini boshqarishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish usullari va vositalari, odamlar, g'oyalarni o'z ichiga oluvchi majmualashgan jarayondir (AQSH ning pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi). PT - bu, o'quv vaziyatlarini loyihalash asosidagi o'qituvchi va o'quvchilarning algoritmlashtirilgan faoliyatidir [9].
PT - bu, oldindan loyihalashtirilgan o'quv-tarbiya jarayonini, amaliyotga tizimli va ketma-ket tadbiq etilishidir. (V.P.Bespalko).
PT-bu, mashinalar vositasida o'qitish san'ati yoki pedagogik faoliyatni muhandislik san'atiga o'xshatishdir. (G.Ilin).
PT - bu o'zida turli manbalarning barcha ta'riflari mazmunini qarnrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi. (G. N. Selevko).
PT - ta'limning belgilangan maqsadi va ta'lim oluvchining bilim darajasiga ko'ra o'quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi hamda pedagogik tizimning amalda bo'lishini ta'minlovchi zarur vositalar tizimidir. (N. N. Azizxo'jaeva).
PT - bu ta'lim beruvchining o'qitish vositalari yordamida ta'lim oluvchilarga muayyan sharoitda ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirishjarayonidir. (N. Sayidaxmedov).
PT - vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni ta'minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizim. ( O'. Q. Tolipov). Pedagogik texnologiyaning ko'p ta'riflari mayjudligi, bu atamaning yakdillik bilan izohlanmaganligini inobatga olib, unga ufuzli tashkilot YuNESKO tomonidan berilgan ta'rifiga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Pedagogik texnologiya — bu о‘z oldiga ta’lim shakllarni maqbullashtirish vazifasini qo'yishni, texnika va inson resurslarini va ularning о'zaro ta'siri aloqasini hisobga olgan holda butun o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonini yaratish, qo'llash va aniqlashning tizimli yondoshuvidir.O’qitish jarayoniga talabalar kasbi xususiyatlariga yondoshishning moxiyati va ahamiyati - ommaviy ta'lim sharoitida maqsadga yo'naltirilgan, boshqariladigan, rejalashtirilgan natijalar-ga kafolatli erishish mumkin bo'lgan, qayta takrorlanadigan samarali o'quv jarayonini yaratish va qo'llash to'g'risidagi fan.
Pedagogik texnologiya rejalashtirilgan o'qitish natijalarga erishishni kafolatlaydigan takrorlanadigan o'quv jarayonini tadqiq etadi.Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limini rivojlantirish markazi xulosasiga asosan pedagogik texnoiogiya ijtimoiy hayotning turli sohalari bilan o'zaro bog'liq ravishda shakllanish va rivojlanish natijasida turlicha ko'rinishlarda namoyon bo'ladi: Nazariy fan sifatida - bunda pedagogik texgologiya o'z maqsadi, vazifalari, muammolari, metodologiyasi va boshqa nazariy asoslariga ega. O'quv fan ko'rinishda - bunda pedagogik texnologiyalarni ijtimoiy hodisa, nazariy fan, o'quv-tarbiya tizimi, jarayoni, peda­gogik faoliyat va uning uslublari, aloqador fanlarning ilmiy-tadqiqot sohasi sifatida, turli ta'lim muassalarida belgilangan o'quv dasturi asosida o'rgatishdan iborat. Pedagogika fanida nazariy bilimlar va amaliy tajribaning yirik massivi to'plangan. Ammo XX asrning ikkinchi yarmigacha birorta ham mashhur pedagog o'zlari erishgan yuqori natijalarga boshqalarning ham erishishga imkoniyat beradigan, qayta takror­lanadigan pedagogik siklni yarata olmadi. Buning sababi shundan iboratki, buyuk pedagoglarjung metodlari ma'lum darajada pedagogning qobiliyatini o'z ichiga qamrab oladi. Pedagogika muammolariga bag'ishtangan kitoblar pedagogika fani talab qilganidek «ijobiy misollar», «qat'iy» o'rnatilgan tamoyillar, qoidalar va qonuniyatilar asosida o'rgatar edi. Bu kitoblarni o'qigan barcha, talabalar bilan «qanday» ishlashni, mashg'ulotlarni «qanday» o'tkazish, o'quv-tarbiyaviy jarayonni «qanday» olib borish kerakligini o'zlashtiradi, ammo ularning ko'pchiligi «shunday» ishlashni uddalay olmas edi. Bu haqda rus pedagog-olimi A.S. Makarenko, quyidagi fikrni bildirgan edi: "Bizning pedagogik faoliyat hech qachon texnologik mantiqqa asoslanmagan, faqat axloqiy pand-u nasihatlar mantiqiga tayanadi. Aynan shuning uchun bizda ishlab chiqarishning barcha muhim bo'limlari: texnologik jarayon, operatsiyalar hisobi, konstruktorlik ishi, uskunalar, me'yorlash, nazorat, cheklanishlar, yaroqsizga chiqarish ishlari mayjud emas". Bay on etilganlarning barchasi qayta takrorlanadigan pedagogik jarayonni yaratish uchun zarurdir. Ammo uni yaratish juda murakkab masaladir. Ushbu masala birinchi bo'lib, AQSHda yechildi, bunga mashhur olimlar B.Blum, D.Kratvoli, N.Gronlund, J.Kerrol, J.Blok, A. Anderson va boshqalarning tadqiqotlari orqali erishildi. Ular, rejalashtirilgan natijalarga erishishni kafolatlovchi qayta takrorlanadigan pedagog siklga asoslangan pedagogik texnologiyani ishlab chiqdilar. XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy texnik taraqqiyotning talablari asosida paydo bo'lgan pedagogik texnoiogiya uning jadallashuvi uchun xizmat qilmoqda. Pedagogik texnologiyaning maqsadi - ommaviy ta'lim sharoitida ta'lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta'minlash va talabalar tomonidan o'qishning ko'zlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir. Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi - ommaviy ta'lim sharoitida «oddiy» pedagoglarga o'qitishning yetarli samarasiga erishishni ta'minlovchi o'quv jarayonini yaratish hisoblanadi. Pedagogik texnoiogiya, ta'lim tizimidagi mustaqil fan sifatida o'quv jarayonning barcha elementlarini - o'quv grafigini va o'quv rejasini tuzish, o'qitish va uning natijalarini baholashni - o'z ichiga oladi. Oliy ta'lim muassasasining o'quv jarayoni o'quv materialini to'la o'zlashtirish tamoyillariga tayanishi lozim. Ya'ni, fanning o'quv dasturiga muvofiq, o'quv materiali barcha talabalar tomonidan o'zlashtirilishi shartdir. O'quv materialining to'la o'zlashtirilish tamoyili -har qaysi mavzu bo'yicha talaba tomonidan bilim olish faoliyatining о'rnatilgan darajasiga erishishni anglatadi. Ko'p sonli xorijiy tadqiqotlar ma'lumotlariga ko'ra. «talabalarning o'quv materialini to'la o'zlashtirishi» tushunchasi, guruhdagi har bir talaba tomonidan o'quv materialining kamida 80% ga o'zlashtirilishini anglatadi. To'la ishonch bilan, isbotsiz aytish mumkinki, bunga faqat o'ta mahoratli professor-o'qituvchilar tarkibi erishishi mumkin. Oddiy professor-o'qituvchilar tarkibida. o'quv materialining bu darajadagi o'zlashtirilishiga, faqat iqtidorii talabalargina erishishi mumkin. Ommaviy ta'lim sharoitida talaba­larning to'la o'zlashtirishiga qanday qilib erishish mumkin? Bunda uchta yo'lni ko'rsatish mumkin:
Birinchi yo'I - buo'zlashtirish mezonining yetarli darajasining ko'rsatkichni qo'llash. Hozirgi paytda o'quv materialini, o'quv fanini 55% ga o'zlashtirgan talaba ijobiy baholanadi. Tabiiyki, bu yo'lni istiqbolli deb bolmaydi.
Ikkinchi yo'l - professor-o'qituvchilar tarkibini faqatgina oliy darajali, ajoyib professor va dotsentlardan tuzish. Ularning har biri o'ziga xos o'qitish usullari va yo'llari tufayli, tayyorgarlik darajasi butunlay har xil bo'lgan talabalarning to'la o'zlashtirishini ta'minlaydilar. Haqiqatda, bir guruhda kirish sinovlari fanlari bo'yicha o'zlashtirish darajasi 30% dan 90% va undan ortiq bo'lgan talabalar o'qishi mumkin. Bu yo'l haqiqatdan uzoq va ideallashtirilgan yo'ldir. Barcha talabalar iqtidorii bo'lmaganidek, o'n minglab professor-o'qituvchilar tarkibi ham xuddi shunday.
Uchinchi yo'l - o'quv jarayoniga pedagogik texnologiyani joriy etish bo'lib, ular o'qish va o'rgatishning asosiy elementlarini o'rnatib, o'zida, oliy darajadagi pedagog olimlaming o'qitishdagi uslub va yo'llarini mujassamlashtiradi. Ishlab chiqarishda, malakasi uncha yuqori bo'lmagan "oddiy" mutaxassis tayyor texnologiya bo'yicha oliy sifatli mahsulotishlab chiqarganidek, "oddiy"o'qituvchi pedagogik texnologiyani qo'llab ajoyib natijalarga erishadi Pedagogik texnologiya, o'quv materialining to'la o'zlashtirish kafolatini beradi, ya'ni har bir talaba o'quv fani dasturini kamida 80% ini o'zlashtiradi [8].

Yüklə 337,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin