III. XULOSA 3.1 Pedagogik eksperimentni tashkil qilish va uning natijalari Ishlab chiqarilgan har qanday nazariya shu jumladan oqitish uslubi ham tajribada sinab korilishi jozim. Chunki xaqiqatning mezoni amaliyotdir.Biz tanlagan mavzu oqitish uslubiga oid bolib, toplagan materiallarimizni tajribada sinab korish ishimizning asosiy maqsadlaridan biri bolib qoladi.
Pedagogik eksperimentda asosan quyidagi masalalarni yechish kozda tutiladi:
1. Oquv materialining mazmuni o`rta maxsus kasb-hunar kollejlari ta`lim talablariga mos tushishi
2. Oquvchilarning ozlashtirishlari va ularning bilimlarini sifati
Pedagogik eksperiment otkazish uchun ya`ni tanlangan oquv materiallarini darsga tadbiq etish va uning natijalarini olish uchun Davlatobod sanoat kasb-xunar kolleji ma`muriyati bilan maslaxatlashib olindi. Menga kollejning fizika fani o`qituvchisi Aziza Kamoliddinova oya yaqindan yordam berdi.Bu eksperiment mobaynida rejalashtirib olgan maqsadlarimizni deyarli amalga oshirdik. Biz eksperimentni boshlashdan avval ikkita parallel guruhni tanlab oldik.
Eksperimental guruhda fizikadan dars otish davomida shu guruhning egallaydigan mutaxassisligini hisobga olib, oqitishda kasbga yonaltirish tamoyilini amalga oshirgan xolda oquvchilarni ijodiy fikrlashlarini rivojlantiradigan pedagogok texnologiyadan foydalanishga harakat qildik va oquvchilarni qiziqishlarini ortishiga erishdik.
Oddiy guruhda esa bu narsalar xisobga olinmadi. Qoshimcha qiziqarli pedagogik texnologiyalar qo`llanmadi. Onta mavzu otilgandan song bu ikki gurux ortasidagi farq ancha bilinib qoldi. Oddiy guruhga nisbatan eksperiment guruxidagi oquvchilarni fizika faniga bolgan qiziqisnlari ortdi, oz ustida tinmay ishlashlari, ozlarini qiziqtirgan savollar bilan fan oqituvchishiga murojaat qilishlari orqali ajrala boshladilar.
Kasb-hunar kollejida olib borgan tadqiqotimiz natijasida quyidagi natijalarga erishdik.
1. Oddiy guruhda ananaviy dars otish orqali fizika fanini oqitish jarayonida oquvchilarning fanni ozlashtirish korsatkichi 58% ni tashkil qildi.
2. Tajriba gurihida yangi pedagogik texnologiyani fizika faniga tadbiq etish orqali oquvchilarning fanni ozlashtirish korsatkichi 90% ni tashkil qildi.
Demak yuqoridagi natijalardan korinib turibdiki kasb-hunar kollejlarida fizika oqitishda yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish yuqori samaradorlikka erishilar ekan.Bunda oquvchilarning fanga bolgan qiziqishi ortadi,uni ozlashtirishi osonlashadi, fizik dunyoqarashi kengayadi,oz qobiliyatlarini namoyon etishi shakllanadi va oz fikrini erkin bayon etishi shakllanadi.
Orta maxsus kasb-xunar kollejlarida fizikadan olib boriladigan dars mashguloti shunday oqitilishi kerakki undan bolajak mutaxassislarni kasblariga bolgan qiziqishlari pedagogik va psixologik nuqtai nazardan hisobga olinishi zarur.
Oqituvchi oqitish va tarbiyalash printsipini amalga oshirish paytida oquvchilarga ularni kasb mutaxassisligi uchun zarur bolgan tushunchalarni va umuman materiallarni berib, didaktikaning asosiy masalasini hal qilish kerak.
Hozirgi zamon mutaxassisi nazariy jixatdan shunday tayyorlangan bolishi kerakki, u mustaqil ravishda bolajak rivojlangan texnikani organa olishi va u bilan ishlay bilishi zarur.
Bunday talabning quyilishi orta maxsus kasb xunar kollejlarida umumiy talim fanlaridan malum xajmdagi bilimlarni berishni talab qiladi,
Xulosalab shuni aytish mumkinki, orta maxsus kasb-xunar kolleji fizika oqituvchisi o`quvchilarga bilim berishda yangi pedagogik texnologiyalardan ko`proq foydalansa maqsadga muvofiq bo`ladi