Birinchi bosqich - «mashina hamma narsaga qodir» tamoyilini qo'llab, mashinani odamga bog'liqsiz loyihalash.
Ikkinchi bosqich - vazifalarni odam va mashina o'rtasida taqsimlash tamoyili asosida, odam bilan mashinaning o'zaro ta'sir jarayonlarini o'z ichiga oluvchi mashinalarni loyihalash.
Uchinchi bosqich - odamni texnik tizimning tarkibi sifatida qarashdan voz kyechish bilan belgilanadi, loyihalash asosiga odam faoliyati tamoyiii qo'yiladi, ya'ni odam faoliyati tizimi loyihalana boshlandi. Faoliyat tizimi o'zining funksional birliklaridan iborat mazkur bosqich, sanoatlashgan jamiyat o'rniga kelayotgan. infonnatsion deb ataluvchi yangi jamiyatning rivojlanayotgan elementlariga yo'naltirilgan. Yangi jamiyatning taraqqiyoti bilimlarni to'plash va qayta ishlash jarayonlarida inqilobiy shartni qo'yadi, bunda markaziy rolni telekommunikatsiyalar tarmog'iga ulangan kompyuter bajaradi. Axborot bosh tovar mahsulotga aylanadi, uni yaratish qobiliyati esa mamlakatning strategik resursiga aylanadi. Ishlab chiqarishda yangi yuqori texnologiyali tarmoqlar pay do bo'ladi, mavjudlarining esa shakli keskin o'zgaradi.
Ishlab chiqarishdagi o'zgarishlar yangi turdagi ishlovchilami paydo bo'lishiga olib keladi. Ishlovchilarning bu tun o'zining quyidagi sifatlari bilan ajralib turadi: u ko'proq mustaqil, ijodiy fikr qiladi, endi u mashinaga qo'shimcha qism hisoblanmaydi. Qo'l asboblari to'plamiga ega bo'lgan sanoatlashmagan davrning hunarmand ustasidek, yangi intellektual ishlovchilar, bilimlar, mahorat, axborotlar kabi ma'naviy asboblar to'plamiga egadir. Intellektual ishlovchilar doimiy o'zgarishlar, muammolar, vaziyatlarga moslashuvchan bo'ladilar. Ular o'z ishlarini qattiq nazoratsiz, o'z xohishlariga ko'ra, ijodiy, erkin bajarishga moyil bo'ladilar. Ular o'zlarida iste'dodli shaxsni ifoda etadilar. Qayerda intellektual ishlovchilar faoliyati uchun sharoit yaratilgan bo'lsa aynan shu yerda ishlab chiqarish raqobatbardosh va foydali bo'ladi. Bunda ishlab chiqarishning sifati va samaradoligiga ishchilarning muskul energiyasi, texnik malakasi orqali emas, balki uning omilkorligi, ma'lumoti, harakatchan fikrlash qobiliyati va ishga ijodiy munosabati orqali erishiladi. Sanoatlashgan jamiyat ishlovchini shakllantirish uchun jamiyat ishlab chiqarishning yangi talablariga javob beradigan yangi ta'lim texnologiyasi zarur bo'ladi, yangi turdagi xodim uchun yangi turdagi pedagog mos keladi. Tizimtexnika majmuasi taraqqiyotining uch bosqichiga mos, ta'lim tizimida o'qituvchining uCh turli maqomi, pedagogik faoliyatning uch turini alohida qayd etish mumkin.
Pedagogik faoliyatning birinchi turi, shu bilan tavsiflanadiki, o'qituvchi o'z ishining ustasi hisoblanadi, nodir bilimlar, ko'nikmalar tashuvchisi, shaxsiy tajribaga, pedagogik qobiliyatga ega bo'ladi (qadimgi davrdagi hunarmandga o'xshash). Uning «asboblari» - yo'llari, usullari individual bo'lib, pedagogik iste'dodining mevasidir. Qo'Uanmalar, ko'rgazmali va texnik vositalar unga meros qolgan yoki o'zi tomonidan ishlab chiqilgan.
Pedagogik faoliyatning ikkinchi turi, shu bilan tavsiflanadiki, unda o'qitish tajribasi umumlashtiriladi, tizimlashtiriladi va ilmiy an ko'rinishini oladi. Bunga kitob chop etishning paydo bo'lishi, pedagogik mehnatning bo'linishi va ixtisoslashuvi sabab bo'ldi. Bu yerda pedagogik jarayon oqilona tashkil etilgan, o'qitish ma'lum qoidalar bo'yicha amalga oshiriladi. Ushbu sharoitlar bilimni obyektivlashtirish imkonini berdi. O'qituvchi sanoatlashgan (industrial) jamiyatning ishlab chiqarish xodimiga o'xshab, sanoatlashgan (industrial) turdagi xodimga aylanadi.
Pedagogik faoliyatning uchinchi turi, shu bilan tavsiflanadiki, u pedagogik texnologiya asosida amalga oshiriladi, o'qitovchining holatini zamonaviy kompyuterdan foydalanuvchi holati bilan taqqoslash mumkin. O'qitish texnologiyasi kasbiy yondashuv asosida aniqlanadi. Ular odatda, shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalari hisoblanadi.
«Pedagogik texnologiya» atamasi, ishlab chiqarish-texnologik sohasidan olingan, o'ziga xos ma'lum qoida va tamoyillarga ega bo'lgan, «texnologiya» tayanch iborasini o'z ichiga oladi. Ishlab chiqarish sohasida, mahsulotni tayyorlash uchun, ishlab chiqarishni tayyorlash talab etiladi, u turli xildagi ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik, texnologik, tashkiliy-rejaviy tadbirlarni qamrab oladi.Oliy malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayoni ham shunga o'xshash tadbirlar majmuasini o'z ichiga oladi. Oliy ta'lim sohasida kadrlar tayyorlash bosqichlari va ishlab chiqarishni tayyorlash bosqichlari juda o'xshashdir. Ishlab chiqarishni tayyoriashning birinchi bosqichida ilmiy-tadqiqotlar natijasi bo'yicha konstruktorlik tayyorgarligi amalga oshiriladi, ta'limda esa davlat ta'lim standartlari (ta'lim sohasi «konstruksiyasi»ni aniqlovchi) tayyorlanadi. Oliy ta'limning Davlat ta'lim standard kadrlar tayyorlash sifatiga, ta'lim mazmuniga qo'yilgan talablar; ta'lim oluvchilar tayyorgarligining zaruriy va yetarli darajasi; ta'lim muassasalari bitiruvchilariga qo'yilgan malakaviy talablar, o'quv yuklamasining hajmi; ta'lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartiblari hamda уо’l уо 'riqlarini belgilaydi [11].
Mamlakatimizda oliy ta'lim sohasi ilmiy-tadqiqot ishlari va davlat ta'lim standartlari loyihalarini ishlab chiqish Oliy va o'rta maxsus ta'limni rivojlantirish Markazi hamda ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tayanch oliy ta'lim muassasalari tomonidan bajariladi. O'qitish jarayoni bilan ishlab chiqarish-texnologik jarayonni taqqoslash asosida -pedagogik texnologiya o'zida о ‘qitislining zamonaviy samarali shakl va usullarini qamrab olganidek, zamonaviy ishlab chiqarish-texnologik jarayon ham mahsulot tayyoriashning eng samarali usullarini qamrab olishini ta'kidlash mumkin. Ishlab chiqarishni tayyoriashning ikkinchi bosqichida konstruktorlik tayyorgarlik bajarilgandan so'ng ishlab chiqarishning texnologik tayyorgarligi amalga oshiriladi, uning o'zagini -detallarni tayyorlash, mashina uzellari va agregatlarini yig'ish, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish tashkil etadi. Texnologik jarayonlar-texnologikxaritalarvaularningto'plamlari ko'rinishida rasirnylashtiriladi. Texnologik jarayonning texnologik xarita ko'ri-nishida aks ettirilishi yuqori malakaga ega bo'lmagan ishchiga vuqori sifatli mahsulotni tayyorlash imkoniyati yaratadi, chunki texnologik xaritada mahsulot tayyoriashning barcha bosqichlari -materiallar, tayyorlashjihozlar, texnologik operatsiyalar mazmuni vaketma-ketligi, ishlov berish sharoitlari, asboblar, vaqtme'yorlari, sifat nazorati vositalari keltiriladi. Ishlab chiqarish-texnologik jarayon, -minimal material va insoniy manbalar xarajatlari, ishlab chiqarishning maksimal mehnat unumdorligi va rentabelligi bilan zaruriy sifatdagi mahsulot olinishiga imkoniyat yaratadi. Texnologik jarayonini ishlab chiqilmasdan, zamonaviy samarali ishlab chiqarishni tashkil etish mumkin emas. Ishlab chiqarish sohasiga o'xshab, ta'lim sohasida davlat ta'lim standartlari yaratilgandan so'ng (ta'lim «konstruksiya»si barpо etilishi) - texnologik tayyorgarlik amalga oshiriladi (namunaviy o'quv rejalar, fanlarning namunaviy o'quv dasturlarini, darslik va o'quv qo'llanmalar tayyorlash, laboratoriya jihozlari, o'qitishning texnik vositalarini loyihalash, tayyorlash va sotib olish, o'quv ishlarini hisoblash uchun vaqt me'yorlarini o'rnatish va h.k.), u ta'lim jarayonini tartibga soladi, ta'lim muassasasini va kadrlar tayyorlash sifatini baholaydi.
Pedagogik texnologiya, ommaviy ta 'lim sharoitida davlat ta'lim standartlari talablari darajasida kadrlar tayyorlashni ta'minlaydi. O'quv jarayоnining texnologik tayyorgarligi o'qitish jarayonini (ishlab chiqarish-texnologik jarayonda bu - mahsulot tayyoriashning texnologik operatsiyalari) maqbullashtirish va uningsamaradorligining ta'minlanishini ham o'z ichiga oladi O'qitish jarayonini birxillashtbrish (unifikantsiyalash) ga, o'qitishda maksimal samaradorlikka erishish, pedagogik texnologiyani yaratish va qo'flash orqali erishiladi. Pedagogik texnologiya negizida pedagogik ilmiy usul va malakalari, ishlab chiqarishning usul va malakalaridek, o'quv jarayonini ro'yobga chiqaruvchi obyektiv mantiqiy imkoniyatlar sifatida mavjud bo'lishi mumkinligi haqidagi tasawur yotadi. Ishlab chiqarish sohasida ushbu imkoniyatlar qanday ro'yobga chiqarilsa, pedagogik ishda ham shunga o'xshash jarayon sodir bo'ladi. Yuqori malakali pedagog o'zining pedagogik qobiliyati tufayli bu imkoniyatlarni aniqlaydi va ularni ishlab chiqadi. O'qitish jarayonining mavjud obyektiv qonuniyatlarni o'rganish va qoilash, o'qitishda zaruriy natijaga erishish, ma'lum darajada hattoki pedagog va talabaning qobiliyatiga bog'iiq emas degan xulosaga olib keladi. Pedagogik jarayon qanchalik chuqur ishlangan va obyek-tivlashtirilgan bo'lsa, uni ro'yobga chiqarish uchun shunchalik kam qobiliyat talab etiladi. Ushbu xulosa ommaviy ta'limning butun amaliyotida o'z tasdig'ini topdi. Bundan tashqari, kompyuterli o'qitishni joriy etish amaliyoti, odamni bevosita ishtirok etmasligida ham o'qitishning usullari va uslublari tizimining amalga oshirilishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Pedagogik texnologiyaning xususiyati shu bilan belgilanadiki. unda qo'yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o'quv jarayoni yaratiladi va ro'yobga chiqariladi. Ishlab chiqarish-texnologik jarayon ma'lum mahsulot uchun ishlanganidek, pedagogik texnologiya ham har qaysi fan uchun o'qitish texnologiyasining asosiy elementlarini o'z ichiga olgan umumiy uslubiyot asosida ishlab chiqiladi [10].