Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари


KASB TANLASH VA KASBIY SHAKLLANISHNING PSIXOLOGIK JIHATI



Yüklə 200,75 Kb.
səhifə11/24
tarix05.06.2023
ölçüsü200,75 Kb.
#125046
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Мавзу “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг пс

KASB TANLASH VA KASBIY SHAKLLANISHNING PSIXOLOGIK JIHATI.
SHAXSNING KASBIY ETIKASI VA HISSIY – IRODAVIY, SHAXSIY FAZILATLARNING O’RNI

XXI asr jamiyat taraqqiyotida yoshlar faolligini oshirish, ularning ijtimoiylashuvining o‘ziga xos tomonlarini ochish imkoniyatlari asri sifatida boshlandi. Ularning turli sohalarda o‘z bilim va qobiliyatlarini ko‘rsata olish uchun shart sharoitlar yaratilmoqdaki, bu yoshlar faolligini mazmunini ifodalab bermoqda. Ta’lim tizimi inson va jamiyatning ta’limga bo‘lgan xilma-xil ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini ochib berishi, ta’limning o‘rni va nufuzini oshirishi, iqtisodning o‘zgaruvchan talablari sharoitida shaxsni umumta’lim, kasbiy, madaniy bilimlarini, ilmiy salohiyatlarini oshirish asosida ijtimoiy himoya qiladi.


Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yuz berayotgan, inson omilining ro’li kuchayib borayotgan sharoitda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot nafaqat kasbiy mahoratni oshirish, balki yoshlarning kasbga qiziqishini bugungi jamiyat, ilm-fan, ishlab chiqarish va texnikadagi taraqqiyot talablariga mos tarzda kuchaytirishni ham talab qiladi. Ana shu moslik bo‘lmasa, yosh avlod kasb tanlashda ikkilanib qoladi va bu hol kadrlarning beqarorligiga olib keladi.
Har bir inson shaxs sifatida kamol topishi uchun ta’lim, ijtimoiy tarbiya va rivojlanish, hamda kasbiy shakllanish tizimini bosib o‘tishi talab etiladi. Natijada shaxsning ijtimoiylashuvi sodir bo‘ladi, ya’ni ijtimoiy ahamiyatga ega muhim vazifalarni bajara olish qobiliyatiga hamda, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi, o‘zini anglaydi, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatlarga kirishadi.
Kasbiy qiziqishlar insonda mavjud bo‘lgan kasbiy bilimlar bilan ajralmas uzviy bog‘liq bo‘ladi. Inson tomonidan qancha ko‘p bilim orttirilgan bo‘lsa, uning qiziqishlari shuncha mazmunli va chuqur bo‘ladi. Bugungi kunda yoshlarni asosan ularning aqliy faoliyatlari mazmuniga ega bo‘lgan, ularning rejalari, maqsadlari, tasavvurlari bilan mos bo‘lgan narsalar qiziqtiradi. Kasbiy qiziqishning shakllanishi o‘quvchilarni kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish jarayonida vujudga keladi. Shu davrda shaxsning o‘zidagi kasbiy qiziqishi mazkur kasblarga ega bo‘lishda yordam beradi. Bu holatlarda esa, umumiy qiziqish va kasbiy qiziqish orasidagi farqlarni bilib olish kerak. Kasbiy qiziqishlar umumiy qiziqishlardan aniqligi, maqsad sari yo‘naltirilganligi va to‘la mazmunli ekanligi bilan farq qiladi. Kasbiy qiziqishlar o‘quvchining tanlagan kasbi bilan bog‘liq, shuning uchun u umumiy qiziqishdan ko‘ra mustahkamdir. Umumiy qiziqishlar yuzaki, hech qanday ma’suliyatni his qilmagan holda bo‘lishi mumkin. Kasbiy qiziqishlar bo‘lajak kasb egasining mehnat faoliyati doirasidagi kasb xususiyati bilan bog‘liqdir. Biroq bu boshqa qiziqishlarni inkor etmaydi. Ma’lum mutaxassislik bo‘yicha kasbiy qiziqishlar kasb egasining shaxsiy psixologiyasiga mos kelishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday qiziqishlar ishlab chiqarish darajasini oshirish malakasiga ega bo‘lishni kengaytirishga, kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha hayotiy jarayonlarga kirib borishga undaydi. Kasbiy qiziqishlarning xarakteri va ularni shaxsga ta’siri jamiyat rivojlanishi bilan rivojlanadi. Jamiyatning rivojlanish davrlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, taraqqiyot ishlab chiqarishning rivojlanishi, iqtisodiy rivojlanish jamiyatdagi mehnatga bo‘lgan munosabatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Keyingi yillarda iqtisodiyotda yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlar sezilarli darajada oshib bormoqda. Og‘ir va mayda ishlab chiqarish mehnati bilan bog‘liq kasblar o‘tmishda qolib, mehnatkashlarning madaniy-texnik darajalari ortmoqda. Kasbiy qiziqishning mohiyati kasbning mazmuniga bevosita bog‘liq. Insonning kasbi qanchalik mazmunga boy bo‘lsa, kasbiy qiziqishning mohiyati ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Psixologiya fanida intellektual (fikrlash, xotira, tasavvur) hissiy-emotsional va xohishistak jarayonlarini o‘z ichiga oluvchi qiziqishlar tizimi qabul qilingan. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, bu uch tarkibiy tizim nafaqat intellektual, emotsional va xohish-istaklar yig‘indisi, balki shaxs faoliyatida barcha psixologik vazifalarni o‘z ichiga oluvchi o‘zaro aloqa va o‘zaro harakat sifatida ham qaraladi. Kasbiy qiziqishning tuzilmaviy negizi psixologiyada qabul qilingan qiziqishlar tizimi kabi bo‘lg‘usi kichik mutaxassislarning o‘z xususiyatlarini namoyon qiluvchi kasbiy qiziqishlari tizimini tashkil etadi. Uning negizida ishtirokchilarning nazariy va amaliy tayyorgarligi yotadi. U ishtirokchilarning aniq kasbiy faoliyatga, kasbiy mahoratga ega bo‘lishi uchun, shuningdek o‘quv va ishlab chiqarish vazifalarini bajarishga psixologik tayyor turishi uchun kerak bo‘lgan bilim va malakalarni oshirish uchun intilishiga tayanadi. Buning tarkibiy qismi shaxsning qaysi yo‘nalish bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik ko‘rayotganligiga va kasbiy faoliyat uchun talab etiladigan kasbiy malakali xususiyatlarida aniqlangan asosiy bilim va ko‘nikmalarni aks ettirgani kabi shaxsni ularning muhimligi va faoliyatda foydalanish tayyorgarligi bilan birgalikda kasbiy mahoratga ega bo‘lishi uchun kerak bo‘lgan bilimlar, ko‘nikma va malakalarni aks ettiradi.
Kasbiy qiziqishning tarkibiy qismlari faoliyatga va ishtirokchining shaxsiga ta’sir qilgan holda tor doirada o‘zaro aloqada harakat qiladi. Ta’lim-tarbiya ishlarini olib borishda ta’lim jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilish katta ahamiyatga ega. Buning uchun har qanday yo‘nalishdagi kasbni egallayotgan o‘quvchilarda fikrlash, o‘z-o‘zini tahlil qilish qobiliyati yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak. Bu esa o‘quvchilarni kasbga tayyorlash jarayonida intellektual komponentga doimo e’tibor berilishi lozimligini taqozo etadi. Bu esa o‘quvchilarning kasbiy qziqishlarini shakllantirishdagi motivlar mohiyatiga ham bog‘liqligini ko‘rsatadi. O‘quvchilarning kasbga qiziqishni shakllanishida quyidagi motivlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:

  1. Kelajak (karera) motivi: o‘quvchi yoshlar o‘zining vataniga, kelajakda jamiyatga foydasi tegadigan inson bo‘lish uchun, ma’lumotga ega bo‘lish uchun, o‘zi istagan kasbini egallash uchun, kasb-hunar kollejlariga, oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun yaxshi o‘qishga harakat qiladilar.

  2. Obro‘ motivi: egallaydigan kasbi kelgusida jamiyatda, atrofini o‘rab turgan muhitda qandaydir e’tiborga ega bo‘lish, atrofdagilarning diqqat markazida bo‘lib yurish va oilada o‘z o‘rnini egallash uchun yaxshi o‘qish.

  3. Ta’lim olish motivi: egallaydigan kasbining mohiyatini anglashga qiziqish, o‘qish istagidagi o‘quv ishlab chiqarish jarayonining o‘zi bilan qiziqish. Ta’lim jarayoni davomida o‘quvchilar o‘quv yoki ishlab chiqarish ta’limining qiyin vazifalarini mustaqil hal qilsalar, ular o‘z navbatida o‘zlarining keyingi ishlarini rag‘batlantiradigan qoniqish oladilar.

  4. Burch motivi: bu motivning mazmuni jamiyat tomonidan qabul qilingan insoniy burchlarini bajarishga tayyorligi, jamiyatda o‘z o‘rnini anglash, qiyinchiliklarni bartaraf etishga tayyorligi, o‘zi tanlagan kasb doirasida mehnat faoliyatini yuritish.

5.Majburiyat motivi: faqat ko‘ngilsizliklardan qochish uchun o‘qiydilar.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan motivlarining mohiyati teng baholanmaydi. Eng ta’sirlilaridan: kelajak motivi, obro‘ motivi va qiziqishni anglash motividir. O‘quvchilarda qiziqish motivini jamiyatdagi va shaxsiy hayotidagi maqsadlari bilan bog‘lash orqali, egallashi lozim bo‘lgan kasbga tegishli bo‘lgan kasbiy fanlarning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatish orqali uni chuqurlashtirish yo‘li bilan intellektual, ongli va erkin qiziqishlarga aylantirishimiz mumkin bo‘ladi. Mutaxasslikka kirish davridan boshlab o‘quvchining emotsional-ijobiy xususiyatlarini rivojlanishiga yordam beradigan, qiziquvchanlik va emotsional-motorli qiziqishlarning rivojlanishiga yordam beruvchi sharoitlarni yaratilishi zarur. Har qanday kasbni o‘rganish negizida kasbiy bilimlarni, mahorat va malakalarni egallash bilan bog‘liq o‘ziga xos fan faoliyati, shuningdek tanlagan kasb doirasida faoliyat olib borganda paydo bo‘luvchi ilmiy qonuniyatlarni o‘rganish va egallash yotadi. Ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining asosiy vazifasi, ta’lim oluvchining nafaqat o‘quv materiallarini muvaffaqiyatli egallashini ta’minlash, balki o‘quvchida uni qiziqish bilan qabul qilish hamda o‘zini anglashiga va kasbiy qiziqishining rivojlanishiga ham yordam berish lozim.
Kasbning insonga quyidagi umumiy talablari “Kasbni to‘g‘ri tanlash shartlari” sxemasi yordamida tushuntiriladi.
Agar qiziqishlar “bilimni istayman” degan formula bilan ifodalaniladigan bo‘lsa, mayllar “bajarishni istayman” degan formula bilan ifodalaniladi. Xayvonlar to‘g‘risidagi kitoblarni o‘qishga bo‘lgan qiziqish to‘g‘risidagi kitoblarni xayvonot bog’iga borib turishni yaxshi ko‘rish, “Xayvonot olamida” deb ataladigan televizion ko’rsatuvning birortasini qo’ymay ko’rib borish boshqa-yu haqiqiy jonivorlarni har kuni parvarish qilish natijasida hosil qilinadigan bir olam quvonch boshqadir.


Shaxs qobiliyatlarining kasbiy bilimlarga ega bo‘lishlarida alohida ahamiyatga ega ekanligini qator mutaxasisslar o‘z tadqiqotlarida asoslab o‘tganlar. Qobiliyatlar qiziqish va mayllar bilan bog‘liq bo‘ladi. Odamning kasbga layoqatini ko’rsatuvchi belgilarning ajralmas qismi. Xush, qobiliyatning o’zi nima? Odamning biror faoliyat sohasida muvaffaqiyat qozonishga yordam beradigan har qanday individual psixologik xususiyatni qobiliyat deb hisoblash mumkin.
Qobiliyatni faqat bilim va malakalardan iborat deb, hisoblab bo’lmaydi. Masalan, agar odam xidlarni bir-biridan farqini yaxshi bilsa va ularni esda saqlab qola olsa, u holda bunday fazilat – degustator uchun oshpaz va boshqa shunga o’xshash kasbdagi kishilar uchun juda zarur bo‘lgan qobiliyat hisoblanadi.
Hamma uchun zarur bo‘lgan umumiy qobiliyatlar yoki juda ko‘p kasblar va faoliyat turlari uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar ayrim kasblar yoki nisbatan tor doiradagi kasblar uchun muhim hisoblangan maxsus qobiliyatlar bo‘ladi.
Maktabda olib boriladigan aktiv o‘quvchi faoliyati sizning har biringizga o’z aqliy qobiliyatlaringizni va eng avvalo tafakkur tiniqligini, mantiqan to’g’ri fikrlashni, tafakkurning mustaqil va original bo‘lishini, topqirlikni, chuqur mulohaza qilingan, aqliy teranlik va o’ziga tanqidiy munosabatda bo‘lishni rivojlantirish imkonini beradi. Irodaviy sifatlarni, ya’ni: dadillik, qat’iyat, intizomlik, o’ziga va o’z kuchiga ishonish, o’zini idora qila bilish, og’ir, vazmin bo‘lish singari fazilatlarni rivojlantirishga ham harakat qilish kerak. Mana shu sifatlarning hammasi birga qo‘shilib, mehnatga bo‘lgan qobiliyatni ta’minlaydi.
Albatta kasbga doir rejaning yagona bir shaklini tavsiya etish qiyin – uning mazmuni ham tuzilish yo’li ham kishining aql-idrokiga, uning umumiy bilim saviyasiga, e’tiqodi va boshqa ko‘p narsalarga bog’liq bo‘ladi. Shuning uchun biz mana shu aytilgan omillarning faqat eng asosiysi ustida rejada, albatta, ko‘rsatilishi shart bo‘lgan omil to’g’risida to‘xtalib o‘tamiz.
Ko‘zda tutilgan asosiy maqsad rejaning negizini tashkil etilishi kerak, ya’ni unda nima ish bilan shug‘ullanish, kim bo‘lib yetishish, umumxalq ishga qanday hissa qo‘shish, bu ishda kimlarga tenglashishi o‘z aksini topmog‘i kerak. Shundan keyin mazkur maqsadga erishmoq uchun har bir kishi o’z imkoniyatlariga, qiziqishlariga, mayllariga va qobiliyatlariga, salomatligiga, irodaviy sifatlariga real baho berishga harakat qilib ko‘rish zarur. O‘z maqsadingizga yetishish yo’lida uchrashish mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni ham oldindan ko‘ra bilish kerak, bu holda iztirob chekishning oldini olish va mabodo zarur bo‘lib qolsa, tanlangan kasbni boshqasi bilan almashtirish imkonini beradi. Shuning uchun bir nechta zapas variantlarni ham nazarda tutish maqsadga muvofiq.
Kasbga doir rejada kishining o‘z-o‘zini tarbiya qilish programmasi: kishini professional jihatidan muhim bo‘lgan qanday fazilatlarni, shakllantirishga va rivojlantirishga, o‘z sog‘ligini qanday qilib mustahkamlash mumkinligini va shu singari tarbiyalar ham o‘z ifodasini topish kerak. O‘quvchilarning bilish-kasbkorlik faoliyatining asosiy sifatlari va jarayonlarini kasbiy qiziqishning to‘rtta jihati bo‘yicha “Mezonlar jadvali” tegishli ballar bilan hisobga olinadi. Jadvallar plakatdan ko‘rsatiladi, tushuntiriladi.



Yüklə 200,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin