Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари


 Yoshlarni kasb tanlashga tayyorlashning an’anaviy tarkib topgan tizimini tahlil qilish



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/40
tarix10.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95813
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40
TA’lim vazirligi

1. Yoshlarni kasb tanlashga tayyorlashning an’anaviy tarkib topgan tizimini tahlil qilish. 
 
2. Kasbga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish ishlarini faol muvofiqlashtirish 
masalalarini xal qilish. 
3. Muammoning asosiy jihatlariga muvofiq kasbga yo‘naltirishning eng to’g’ri tizimidagi 
ayrim zvenolarni ishlab chiqish, ularni tajriba yo’li bilan tekshirish, muhokama qilish. 
 
4. Respublikada kasbga yo‘naltirishning oqilona tizimini tashkil qilish to’g’risidagi 
takliflarni kiritish. 
Tadqiqotlarning xususiy metodlari va metodikalari haqida shuni aytish kerakki, hozirgi 
vaqtda, mamlakatning turli ilmiy jamoalarida psixofizik tadqiqotlar o’tkazish uchun ancha noyob 
asbob va qurilmalar ishlab chiqildi va ulardan foydalanilmoqda. Namunaviy asboblar keng 
qo’llandi va hozir ham qo’llanilmoqda. Shu bilan birga ilmiy jamoalar o’rtasida tajriba almashish 
keng tus olgan. 
Biroq metodlarni ijodiy izlash, har bir jamoaning “o’z” metodlarini, asboblarini, 
hujjatlarini yaratish borasidagi xarakat o’zining salbiy jihatlariga ham ega. Turli muammolar 
olgan natijalar metodikadagi tafovutlar sababli qat’iy qiyoslash imkonini bermayapti. Shu 
boisdan kasb tanlash uchun muhim u yoki bu shaxsiy xislatlarni aniqlash masalasini xal etishda 
qiyinchiliklar tug’ilmoqda. Qator tadqiqotchilar ayniqsa, amaliyotchilar mavjud metodikalarni 
qo’llash zarurligini yetarli darajada anglamayotirlar. Psixodiagnostik metodlarnigina emas, balki 
professiografik metodlarni ham bir xillashtirish kechiktirib bulmaydigan g’oyat muhim vazifadir.
1.4. Kasb tanlashga yo‘llash ishlarida maktab, oila, litsey, o’rta maxsus va oliy ta’lim 
muassasalarining hamda ishlab chiqarish korxonalarining hamkorligi. 
O’zbekiston Respublikasida yoshlarni kasbga yo‘naltirish tadbirlari bo’yicha qabul 
qilingan qarorlar mazkur ishni markazlashtirilgan tarzda boshqarishda katta rol o’ynadi. 
O’zbekiston Respulikasi xalq ta’limi vazirligining politexnik ta’lim bo’limi mehnat 
ta’limi va kasbga yo‘naltirish bo’limiga aylantirildi. Uzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy 
tadqiqot institutida kasbga yo‘naltirish sektori ishlay boshladi. 
Kasbga yo‘naltirish bilan shug’ulanuvchi yangi tuzilgan va qayta tashkil qilingan 
bulimlarning vazifasi tuman, viloyat va respublika miqyosida rahbarlikning tashkiliy tajribalarini 
umumlashtirishdan; kasbga yo‘naltirish boshqarmasi bug’inlari ishini kuchaytirishning tashkiliy-
metodik tadbirlarini ishlab chiqish va tajribada tekshirib ko’rishdan iborat edi. Shu tariqa 
respublikada kasbga yo‘naltirishni boshqarish tizimining tarkib topish va rivojlanishi 1970 
yildan boshlandi. U xalq xo’jaligining malakali kadrlarga talab-ehtiyojlarini hisobga olib, kasb 
tanlashda o’g’il va qizlarga yordam berishi; kasbga yo‘naltirish ishini rejalashtirish, uning 
mazmunini belgilash; vazirliklar, idoralar, muassasalar, korxonalar bilan morif va madaniyat 
organlarining birgalikdagi kuch-g’ayratlarini muvofiqlashtirish lozim edi. Kasbga yo‘naltirish 
ishini aniq va puxta rejalashtirish bilangina maktab hududidagi barcha tashkilotlarining kuch-
g’ayratlarini muvofiqlashtirish mumkin. Rejada kasbga yo‘naltirish ishining tartibi, izchilligi, uni 
amalga oshirish usullari va vositalari ko’rsatiladi. Bunday rejani tuzishda mehnat o‘qituvchisi 
albatta qatnashishi kerak. Kasbga yo‘naltirish kengashining tashkiliy sektori hududdagi barcha 
jamoatchi kasbga yo‘naltiruvchilarning ishini muvofiklashtirib turadi va nazorat qiladi; kasbga 
yo‘naltirish kabinetlarining ishini muntazam ravishda tekshirib boradi; majlislarda shu 
kabinetlarning faoliyati to’g’risidagi hisobotlarni tinglaydi, kasbga yo‘naltirish muammolari 
yuzasidan 
ilmiy-amaliy 
va 
metodik 
semenarlar 
o’tkazadi; 
jamoatchi 
kasbga 


16 
yo‘naltiruvchilarning o‘qishini va tajriba almashuvini tashkil qiladi; bularni metodik adabiyot 
bilan ta’minlaydi. Ota-onalar bilan ishlash sektori maktab o‘quvchilarning ota-onalari 
majlislarida kasb tanlash; zavodda o‘qish va ishlash sharoitlari mavzuda korxona vakillarining 
chiqishlarini uyushtiradi; ishchilar sinfining o’rinbosarini tayyorlash mavzuda ota-onalarning 
yig’ilishlarini o’tkazadi: ishchilar sulolarini va ishlab chiqarishda peshqadamlik qilayotgan ota-
onalarning tajribasini targ’ib qiladi. 
Hunar-texnika bilim yurti o‘quvchilari va yosh ishchilar bilan ishlash sektori baza hunar-
texnika bilim yurtini komplektlashda ko’maklashadi; kasbga yo‘naltirish kabinetini jihozlashda 
qatnashadi; zavod ishchilarining maktab o‘quvchilari, bilim yurtini bitiruvchilari oldida so’zga 
chiqishlarini rejalashtiradi; hunar-texnika bilim yurtini bitirib chiqqan yigit va qizlarni zavodda 
uyushtiriladigan kasbiy mahorat tanlovida, ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishida qatnashishga 
jalb etadi; o‘quvchilar ishlab chiqarish amaliyotini tashkil qiladi; kasbga yo‘naltiruvchi sex 
kengashlarining ishini boshqaradi. 
Hozirgi vaqtda mutaxassislarning 4 guruhi aniq namoyon bo’lib qoldi. Kasbga 
yo‘naltirish tizimida ilmiy ishlanmalar va ularni amalga oshirish ko‘proq anashu mutaxassisning 
tayorgarlik darajasiga bog’liqdir.
Kasbga yo‘naltirish sohasidagi ishlarning umumiy ta’lim maktabining o‘qituvchilari va 
maktabdan tashqari mutaxasislarning xodimlari bajaradilar. O‘quvchilarni o‘rganish, ularning 
mayllari, qobiliyati va qiziqishlari rivojlanishiga rahbarlik qilish, kasbga mayillikni 
shakllantirish, kasblar bilan tanishishni tashkil qilish ularning vazifasiga kiradi. Bu boradagi 
ishlarni amalga oshirish o‘quvchillarning psixologik xususiyatlari, shaxsni o‘rganish metodlari, 
kasblar, kadrlarga talablar va kasbga yo‘naltirish to’g’risidagi bilimlarga ega bo‘lishni taqozo 
etadi. Maktab sharoyitida bunday bilimlar har bir o‘qituvchiga zarur, chunki ular fan 
o‘qituvchisi, sinf rahbari, sinifdan tashqari ishlar tashkilotchisi sifatida faoliyat ko’rsatadilar. 
Tajribadan pedagogka kasb tanlashda muayan yordam berish zarur bo’lib qolganida eng 
ko‘p qiyinchiliklarga duch kelib qolishlari kuzatilmoqda. Kasbiy maslahat muayan bilimlar 
kompleksini talab qiladi. Shu boisdan juda ko‘p mamlakatlarda ana shu ishni amalga oshirish 
uchun maxsus kishilar ajratilmoqda. Ular maslahatchi psixolog yoki maxsus tayyorgarlikdan 
o’tgan maktab xodimlaridan tanlanadi va bular birinchi gurux mutaxassislaridir 
Ikkinchi guruh xodimlari - kasb bo’yicha tibbiy maslahat beruvchi va o‘quv yurtlarida, 
korxonalarda, sport muassasalarida, qishloq xujaligi va boshqa joylarda ishlayotgan maktab va 
bolalar shifokorlaridan iborat. O’z-o’zidan ayonki , ular ham kasbkorlik bo’yicha tibbiy 
fiziologik ko’rsatmalar berish, umuman o’z vazifalarini ko’ngildagidek bajarish uchun shaxsni 
o‘rganishga doir metodlarini puxta bilish kerak. 
Ishga joylashtirish organlari va kadrlar tayyorlash bo’limining xodimlari, hunar texnika 
bilim yurtlaridagi ishlab chiqarish ta’lim ustalari kasbga yo‘naltirishni tugal bajarish 
korxonalariga yosh ishchilarni joylashtirish, kasbga o’rgatish va ko’niktirish sohasida katta 
ishlarni amalga oshirishlari, yoshlarga turli ma’lumotlar va maslahatlar berishlari lozim, ulardan 
bu esa korxona va muassasalarning kasbiy malaka strukturasini, kasblar mazkur tumandagi xalq 
xujaligi tarmoqlarining o’ziga xos xususiyatini, kadrlar ehtiyojini yaxshi bilishni talab qiladi. 
Mutaxassislarning yana bir guruhi kasbga yo‘naltirish, kasbiy maslahat berish va kasb 
tanlash tizimini ilmiy jihatdan amalda ishlab chiqishda xal qiluvchi rol o’ynaydilar. Bular 
psixologlar va fiziologlardan iborat. Bunday mutaxassislarning o‘qishini tashkil qilish birinchi 
darajali ahamiyatga egadir.
Hozirgi kasbga yo‘naltiruvchi xodimlarni tayyorlash asosan tadqiqot, amaliy ish 
jarayonida va mustaqil o‘qish yo’li bilan olib borilmoqda. Mutaxassislarning ozgina qismi 
o‘qituvchilar va shifokorlar malakasini oshirish institutida, pedagogik bilimlarni targ’ib qilish 
uyida, Oliy pedagogiga kurslarida ayrim masalalar buyicha leksiyalar tinglash imkoniga ega 
bo‘ladilar. Maktablar, hunar texnika bilim yurti o‘qituvchilari, ishlab chiqarish ta’lim ustalari, 
tibbiyot xodimlari kasbga yo’llash ishi bilan tanishishlari lozim. Buni kasbiy tayyorgarlik 
ixtisosini biroz kengaytirish va pedagogika bilim yurtlarida, kasb-hunar kollejlari va tibbiyot 
o‘quv maskanlarida kasbga yo‘naltirish buyicha maxsus kurslar joriy etish orqali amalga oshirish 


17 
yaxshiroq. Madaniyat bilim yurtlarida kasbga yo‘naltirish emas, balki umuman bolalar bilan 
ishlash maqsadga muvofiqdir. Bunday kurslardan o’tgan kishilar tegishli ixtisosga ega bo’lib, 
maktabdan tashqari muassasalarda bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha 
samarali ish olib borishlari mumkin.
Xodimlarning ilmiy tadqiqot ishlariga tayyorlash ishi bir oz boshqacharoqdir. Bunday 
ixtisoslashtirish sohasida jiddiy masala paydo bo’lmoqda. Hozirgi vaqtda kasbga yo‘naltirish 
bo’yicha mutaxassislar tayyorlashishlarining bir qismi universitetlarning psixologiya fakultetlari 
va bo’limlari bajarmoqda. Masalan, “kasb tanlash va kasbga yo‘naltirishning metodologik 
asoslari” maxsus kursi o‘qitilmoqda. 
Kasbga yo‘naltirish ishlarini rivojlantiruvchi xodimlarini tayyorlashni mavjud yo’llari 
bilan amalga oshirib bo’lmasligi yaqqol ko’zga tashlanib kelmoqda. Qator xorijiy 
mamlakatlarning tajribasi mazkur mutaxassislarni amaliyotchi xodimlardan ma’lumotli va 
ixtisosli tajribali pedagoglar, psixologlar, fiziologlar, shifokorlardan tayyorlash zarurligini 
ko’rsatadi. O‘qituvchilar va shifokorlar malakasini oshirish instituti va psixologiya 
fakultetlarining kechki bo’limlari shunday mutaxassislar tayyorlashning markazlari bo‘lishi 
mumkin.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin