2.2. Kasb tanlashga yo‘llash sistemasining bosqichlari .
Kasbga yo‘naltirishga kasb tanlash vajlarini ilmiy boshqarish sistemasi, yoshlarni xalq
xo’jiligini malakali ishchi kadrlarga bo‘lgan talab ehtiyojini hisobga olib, ongli ravishda kasb
tanlashga tayyorlash deb qaralmoqda. Kasb maorifi o‘quvchilarni turli kasblarning xususiyatlari,
ulardan birini to’g’ri tanlash shartlari to’g’risida bilimlarning muayyan majmuasi bilan
qurollantirishni, ularda kasbiy va ijtimoiy faoliyatning har-xil turlariga ijobiy munosabatda
bo‘lish hissini tarbiyalash, asosli kasbiy niyatlarni shakllantirishni ko’zda tutadi.
Shuningdek, kasbga doir rejaning yagona bir shaklini tavsiya etish qiyin – uning mazmuni
ham tuzilish yo‘li ham kishining aql idrokiga, uning umumiy bilim saviyasiga, e’tiqodi va
boshqa ko‘p narsalarga bog’lik bo‘ladi. Ishchi shaxsiga nisbatan qo’ylayotgan talablar, mazkur
kasbga oid mutaxassislar tayyorlash shartlari bilan, ijodiy ish va ana shu kasbdagi ishchilarning
kasbga o‘sish istiqbollari bilan kasbga yo‘naltirish ishida o‘quvchilarning yosh va bilish
xususiyatlariga qarab bir necha bosqichni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Birinchi bosqich. ( I-IV sinflarining o‘quvchilari bilan ishlash) – moddiy ishlab
chiqarish soxasida mehnatga bo‘lgan ijtimoiy qiziqishlarni shakllantiradi, o‘quvchilarda umuman
mehnatga ijobiy munosabatda bo‘lishni, eng muhimi-jismoniy mehnatga shunday munosabatda
bo‘lishni, ishchi degan nomni hurmat qilishni, qo’lidan keladigan o’z mehnati bilan atrofdagi
kishilarga quvonch bag’ishlashga va bundan ma’naviy ko’nikish oshishni shakllantiradi. Bu
boradagi ishlar oldindan tuzilgan reja asosida olib boriladi. Bu rejaga muvofiq ekskursiya
uyushtirish va eng ommalashgan kasblar to’g’risida qishloq maktablarining o‘quvchilari uchun
jamoa xo’jaligida, shaxar maktablarining o‘quvchilari uchun korxonalarda, ota-onalarning ishlari
va ularning mehnatda erishgan muvaffaqiyatlari haqida suhbatlar yosh guruhidagi o‘quvchilar
uchun maktab oshxonasiga, o‘quv ustaxonalariga, mehnat kabinetiga, kutubxonasiga,
maktablararo o‘quv ishlab chikarish kombinatiga, qishloq hunar texnika bilim yurtiga,
korxonalarga, aloqa bo’limiga, jamoa xo’jaligi fermasiga, jamoa xo’jaligi xirmoniga va shu kabi
joylarga ekskursiya tashkil qilish mumkin. Bu ekskursiya chog’ida ishlab chiqarishda
qatnashayotgan odamlarning mehnatiga, xom ashyodan tayyor mahsulot olishga yordam
berayotgan mehnat qurilmalariga asosiy e’tibor beriladi, jamiyat va ayrim odamlar turmushida
mehnatini ro’li uqtirib o’tiladi.