Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари


Kasb psixodiagnostikasining maqsadi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/40
tarix10.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95813
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40
TA’lim vazirligi

Kasb psixodiagnostikasining maqsadi – kasbga yo‘naltirish maqsadida maktab 
o‘quvchisining shaxsini o‘rganishdir, kasb diagnostikasi jarayonida shaxsning xususiyatlari, 
qimmatli mo’ljallar, qiziqishlar, talab-ehtiyojlari, kasbiy niyatlari, tempreramenti, sog‘ligi 
o‘rganiladi. Kasb haqida maslahat berish shaxsiy psixologik va xususiyatlar, kasbning o’ziga xos 
xususiyatlariga mos bo‘lishini aniqlashni maqsad qiladi. Maslahat berishning quyidagi turlari: 
ma’lumotnoma, diagnostik, shakllantiruvchi va tibbiy turlari bor. 
Ma’lumot tarzidagi maslahat chog‘ida o‘quvchilar ishga joylashish yo‘llarini, ishga va 
o‘qishga nisbatan qo’yiladigan talabalarni, kasblarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini, tayyorgarlik 
muddatlarini, mehnatga xaq to‘lash sistemasini, kasbiy o‘sish istiqbollarini bilib oladilar. 
Diagnostik maslahatalar – shaxsni qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlarini o‘rganishga 
qaratilgan bo’lib, bunda shaxsni ana shu xususiyatlarini tanlaydigan kasbiga yoki unga yaqin 
hunarga mosligi ko’zda tutiladi. 
Shakllantiruvchi maslahatlarda maktab o‘quvchisining kasb tanlashga rahbarlik qilishni, 
tuzatishni ko’zda tutilgan bo’lib, bunday maslahatlar uzoq muddatga mo’ljallangan bo‘ladi. 
Tibbiy maslahatlar – o‘quvchining sog’ligini, uning tanlaydigan kasbiga nisbatan 
psixologik xususiyatlarini maqsad qilib qo’yadi. Bunda psixofiziologik ma’lumotlarga mos 
boshqa kasbni yoki faoliyatni tanlab olinadigan sohasiga yaqin kasbni aniqlash maqsad qilib 
qo’yiladi. 
Kasb tanlash maktabdan tashqari laboratoriyalarda va qiyin mehnat sharoitidagi kasblar 
bo’yicha amalga oshiriladi. Kasb tanlashdan maqsad odam mehnatining konkret turiga yaroqli 
yoki yaroqsiz ekanligini anglashdan iborat. Bunda faoliyatning ushbu turiga davogarda kasbiy 
xislat yo’qligi aniqlanib qolsa, unga ishga joylashish rad etiladi. Kasb tanlashni shaxsini, ijtimoiy 
erkinligini cheklovchi ish deb qaramaslik kerak. Kasb tanlanganda kasb ularga mos va muvofiq 
bo‘lgan shaxslar tanlanadi, ya’ni kasbdan shaxs tomon beriladi, kasbiy saralanganda mazkur 
shaxs uchun tegishli kasb tanlanadi, ya’ni shaxsdan kasb sari boriladi. 
O‘quvchilarni kasbiy tarbiyalash – kasbga yo‘naltirish sistemasining asosiy qismlaridan 
biridir. Kasbiy tarbiyalash – o‘quvchilarda shaxsning kasb jihatidan xislatlari: insonparvarlik, 
kasbiy burch va sharafni, ma’suliyatni, ahloqiylik va shu kabilarni tarbiyalash tushuniladi. 
Kasbga yo‘naltirish sistemasining yuksak darajada hamkorlik qiladi. 


21 
Professiografiya – odamlarni kasbiy faoliyatini o‘rganadigan professiologiyaning muhim 
sohalaridan biridir. Kasblarning yoki mutaxassisliklarning, ularning odamga, odamning 
psixofiziologik va jismoniy xislatlariga nisbatan qo’yayotgan asosiy talablarning tasnifi, kasbiy 
faoliyat shaxsga muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik, qoniqish yoki qoniqmaslik keltiruvchi 
omillar professiologiya vazifalariga kiradi. Mehnatdan psixologiya jihatdan foydalanish va 
amaliy faoliyatda foydalanish uchun mo’ljallangan ishning konkret turini kompleks tarzida, 
muntazam 
va 
ko‘p tomonlama tasniflash psixologik professiogramma deyiladi. 
Professiogrammalar kasb maorifi jarayonida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirish uchun 
qo’llaniladi. Kasbga yo‘naltirish sohasidagi ishni quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: kasb 
maorifi, kasbiy tarbiya, kasb haqida maslahat berish, kasbga ko’nikish, kasb tanlash. Agar 
o‘quvchi kasb bilan tanishganda nimanidir tushunmay qolsa, kasb haqidagi axborot bilan, kasb 
mazmuni to’grisida maslahat olishi mumkin. Har ikki bosqich o‘quvchini kasbga qiziqishiga 
asos bo‘ladi.
Kasb-hunar kollejlaridagi kasbga yo‘naltiruvchi o‘quv-metodik kabineti o‘quvchilarni 
kasbni ongli ravishda tanlashga tayyorlash sohasida ular bilan, ota-onalar bilan muntazam ish 
olib borish uchun, shuningdek kasbga yo‘naltirish ishini ado etishda o‘qituvchilarga, 
korxonalarning xodimlariga metodik yordam berish uchun xizmat qiladi. 
Shu sababdan kabinetning jihozlanishi va vaziyati o‘quvchilarning muayyan psixologik 
kayfiyatini ko’tarishga ko’maklashishi, bu yerda ularni qiziqtiruvchi savollarga javob olish 
imkoniyati yaratilishi, kabinetga kelish ehtiyojini tug’dirishi muhimdir. 
1. O‘quvchilarga og’zaki yo’sinda bilimlar berishdan (suhbat, hikoya, izohlash, leksiya, 
o‘rganilayotgan xodisa va jarayonlarni ko’rgazmali vositalar bilan namoish etishdan) iborat 
ko’rgazmali-tushuntirish usullari; bular reproduktiv usullar deb ham ataladi. 
2. Axborot-izlash usullari (muammoli bayon qilish, evristik suhbatlar, munozaralar, 
tadqiqotchilik faoliyatini tashkil qilish usullari kuzatish, ta’limiy va boshqa adabiyotlar bilan 
ishlash). 
- o‘quvchining kasb tanlashga “xoxlayman-uddalayman-zarur” degan shiorga amal qilish 
haqida axboroti. “Xoxlayman”-qiziqishi va mayillik, “uddalayman” - qobiliyat, “zarur” - 
jamiyatning kadrlarga ehtiyoji.
- o‘quvchilarga savol: “Jamiyatning ehtiyojlariga muvofiq kasb tanlash nima? 
- o‘quvchilarning javobi: “Bu, birinchidan, hozirgi kunda va yaqin kelajakda xalq 
xo’jaligi uchun ishlab chiqarish sohasida, qishloq xo’jaligida, aholiga xizmat ko’rsatishda) juda 
zarur kasbni tanlash; ikkinchidan, har qanday ish o’rnida halol, intizomli va ijodiy mehnat 
qilishdir”. 
- o‘quvchilarga savol: ”fan-texnika taraqqiyoti davrida xalq xo’jaligi yuqori malakali 
mutaxassislar zarurligining sababini qanday tushunasiz?”. 
- o‘quvchilarning javobi: “Yuqori malakali ishchilar ishlab chiqarish topshiriqlarini 
tezroq sifatliroq bajaradilar”. 
- o‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini umumlashtirib va to‘ldirib, shunday xulosa 
chiqaradi: mahsuldor mehnat qilish uchun yuksak saviyali umumiy va professional bilimlar 
zarur, olimlarning oldindan aytishiga qaraganda 1990 yilgacha barcha ishlarning tahminan 30 
foizi, 2000 yilgacha esa 50 foiziga yaqini murakkab kompleks avtomatlashtirilgan texnikaga 
xizmat ko’rsatish bilan shug‘ullanadi, moxir bunday ishchilar 5 % dan oshmaydi, ko‘p 
ixtisosliklariga doir professonal bilimlar 8-10 yil ichida eskirib qoladi, shuning uchun muntazam, 
uzliksiz ravishda mustaqil bilim olish bilan shug‘ullanish zarurati tug‘iladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin