25
Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish mezonlari
Kasbga yo‘naltirish ishini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan professiografik
materiallarni tanlashnnig asosiy mezonlari ana shu printsiplardan kelib chiqadi.
Bu asosiy
mezonlar quyidagilardan iborat:
1. Mezonning kompleksliligi. Bu mezonning mohiyati shundan iboratki, o‘quvchilarni
kasbga yo‘naltirish mazmunida ijtimoiy va ilmiy-texnika
taraqqiyoti yutuqlari, shuningdek
faoliyatning har xil turlari uchun sharoitlar yaratish hamda politexnik bilimlarni va umummehnat
malakalarini shakllantirish, shaxsni
har tomonlama tarbiyalash, shaxsning kasbiy iste’dodlarini,
qobiliyatlarini rivojlanishini aks ettiradi.
2. Yuksak ilmiy-amaliy ahamiyatlilik mezoni. Ana shu mezonga asoslanib,
kasbga
yo‘naltirish materiallari mazmuniga fan va amaliyotning hamma e’tirof qilgan yutuqlarini,
ob’ektiv fanlararo aloqaga va amaliy qo’llanishga ega bo‘lgan politexnik yo‘nalishidagi
texnikaviy ma’lumotlarni kiritish lozim.
3. Hammaboplik mezoni. Mazkur mezonga asosan o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish
mazmuni ularni yosh xususiyatlariga hammabop bo‘lishi kerak.
4. Oqilonalik mezoni.
Bu mezoning mohiyati shuki, kasbga yo‘naltiruvchi
materiallarning hajmi o‘quvchilarga juda ko‘p, ortiqcha ish topshirmay,
shu materiallarni
o‘rganish uchun ajratilgan vaqt miqdoriga mos bo‘lishi lozim.
5. Uzviy o’zaro bog’lik mezoni. Ushbu mezonning mohiyati shundan iboratki,
professiografik materiallar tabiiy ravishda dars va tarbiyaviy tadbirlar
mazmuniga kiritilishi,
bular zo’rlab qabul qildirilmasligi va puxta bo‘lishi kerak.
Kasbga yo‘naltiruvchi o‘quv-metodik kabinetni tashkil qilishda va uning ishiga
yordamlashishda mehnat ta’limi o‘qituvchisi katta ro’l o’ynaydi. Ko‘pgina maktab, kasb-hunar
kollejlarida mehnat ta’limi o‘qituvchilari ana shunday kabinetlarning
tashkilotchilari
hisoblanadilar.
Dostları ilə paylaş: