24
QOBILIYAT
KASB
TANLASH
MAILLAR
mayllar bilan bog‘liq bo‘ladi. Odamning kasbga layoqatini ko’rsatuvchi belgilarning ajralmas
qismi. Xush, qobiliyatning o’zi nima? Odamning biror faoliyat sohasida muvaffaqiyat
qozonishga yordam beradigan har qanday individual psixologik xususiyatni qobiliyat deb
hisoblash mumkin.
Qobiliyatni faqat bilim va malakalardan iborat deb, hisoblab bo’lmaydi. Masalan, agar
odam xidlarni bir-biridan farqini yaxshi bilsa va ularni esda saqlab qola olsa, u holda bunday
fazilat – degustator uchun oshpaz va boshqa shunga o’xshash kasbdagi kishilar uchun juda zarur
bo‘lgan qobiliyat hisoblanadi.
Hamma uchun zarur bo‘lgan umumiy qobiliyatlar yoki juda ko‘p kasblar va faoliyat
turlari uchun zarur bo‘lgan qobiliyatlar ayrim kasblar yoki nisbatan tor doiradagi kasblar uchun
muhim hisoblangan maxsus qobiliyatlar bo‘ladi.
Maktabda olib boriladigan aktiv o‘quvchi faoliyati sizning har biringizga o’z aqliy
qobiliyatlaringizni va eng avvalo tafakkur tiniqligini, mantiqan to’g’ri fikrlashni, tafakkurning
mustaqil va original bo‘lishini, topqirlikni, chuqur mulohaza qilingan, aqliy teranlik va o’ziga
tanqidiy munosabatda bo‘lishni rivojlantirish imkonini beradi. Irodaviy sifatlarni, ya’ni: dadillik,
qat’iyat, intizomlik, o’ziga va o’z kuchiga ishonish, o’zini idora qila bilish, og’ir, vazmin bo‘lish
singari fazilatlarni rivojlantirishga ham harakat qilish kerak. Mana shu sifatlarning hammasi
birga qo‘shilib, mehnatga bo‘lgan qobiliyatni ta’minlaydi.
Albatta kasbga doir rejaning yagona bir shaklini tavsiya etish qiyin – uning mazmuni ham
tuzilish yo’li ham kishining aql-idrokiga, uning umumiy bilim saviyasiga, e’tiqodi va boshqa
ko‘p narsalarga bog’liq bo‘ladi. Shuning uchun biz mana shu aytilgan omillarning faqat eng
asosiysi ustida rejada, albatta, ko‘rsatilishi shart bo‘lgan omil to’g’risida to‘xtalib o‘tamiz.
Ko‘zda tutilgan asosiy maqsad rejaning negizini tashkil etilishi kerak, ya’ni unda nima
ish bilan shug‘ullanish, kim bo‘lib yetishish, umumxalq ishga qanday hissa qo‘shish, bu ishda
kimlarga tenglashishi o‘z aksini topmog‘i kerak. Shundan keyin mazkur maqsadga erishmoq
uchun har bir kishi o’z imkoniyatlariga, qiziqishlariga, mayllariga va qobiliyatlariga,
salomatligiga, irodaviy sifatlariga real baho berishga harakat qilib ko‘rish zarur. O‘z
maqsadingizga yetishish yo’lida uchrashish mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni ham oldindan ko‘ra
bilish kerak, bu holda iztirob chekishning oldini olish va mabodo zarur bo‘lib qolsa, tanlangan
kasbni boshqasi bilan almashtirish imkonini beradi. Shuning uchun bir nechta zapas variantlarni
ham nazarda tutish maqsadga muvofiq.
Kasbga doir rejada kishining o‘z-o‘zini tarbiya qilish programmasi: kishini professional
jihatidan muhim bo‘lgan qanday fazilatlarni, shakllantirishga va rivojlantirishga, o‘z sog‘ligini
qanday qilib mustahkamlash mumkinligini va shu singari tarbiyalar ham o‘z ifodasini topish
kerak. O‘quvchilarning bilish-kasbkorlik faoliyatining asosiy sifatlari va jarayonlarini kasbiy
qiziqishning to‘rtta jihati bo‘yicha “Mezonlar jadvali” tegishli ballar bilan hisobga olinadi.
Jadvallar plakatdan ko‘rsatiladi, tushuntiriladi.
Dostları ilə paylaş: