Birinchi bob bo‘yicha xulosa. Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-ahloqiy negizlari, ahloq, kasb
etikasining shakllanishi va rivojlanishi, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik haqidagi
bilim, ko‘nikma va malakalar rivojlanadi.
Albatta bu ishlarni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim turlari, ayniqsa o’rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi tizimi hamda oliy ta’lim muassasalarining ahamiyati beqiyosdir. Chunki ushbu
maskanda ta’lim olayotgan har bir yosh yigit-qiz faqatgina u yoki bu soha mutaxassisligiga ega
bo‘libgina qolmay, jismoniy va ma’naviy jihatdan kamol topadi, jamiyatimiz hayotida faol
ishtirok etadi. O‘zining bilimi, ma’naviyati, madaniyati bilan O‘zbekiston taraqqiyotining bosh
yo‘li bo‘lgan ozod va obod Vatan uchun mehnat qiladi. Albatta bunday ulkan vazifalarni amalga
oshirishda ta’lim tizimida o‘qitiladigan “Kasbiy mahorat” fanining ahamiyati kattadir. Chunki,
“Kasbiy mahorat” talaba shaxsini ma’naviy shakllantirishda, milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat
ruhida tarbiyalashda, ularning madaniyatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Shu o‘rinda olib
borilgan nazariy tahlillar kasbiy bilimlarning shaxs faoliyatida muhim ahamiyatga ega ekanligi
va uni kasbiy layoqatlar asosida kasb tanlash ishlarini rivojlantirish imkoniyatini oshirishda
alohida o‘ringa egaligini ta’kidlash joizdir.
Xulosa qilib aytganda har bir pedagog xodim o‘z o‘quv fanidan navbatdagi mavzuga
tayyorlanayotgan paytdayoq ushbu mavzuga qanday kasb-hunarlarni bog‘lash, misol keltirish
mumkinligini, kasb-hunarlar tasvirlangan turli ko‘rgazmali vositalardan foydalanish
mumkinligini aniq tasavvur qilmog‘i, oldindan tayyorgarlik ko‘rgan holda darsiga kirsa bu
bolaning kelgusidagi kasbiy qaror qabul qilish jarayonini o‘z qiziqishi, qobiliyati, imkoniyatlari
doirasida to‘g‘ri, ongli ravishda amalga oshirishiga xizmat qiladi.