Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари


“KASBIY MASLAHAT” O’YINI (SINF BILAN BIRGALIKDA BAJARILADI)



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/40
tarix10.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95813
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
TA’lim vazirligi

“KASBIY MASLAHAT” O’YINI (SINF BILAN BIRGALIKDA BAJARILADI) 

O’yin sinf bilan birgalikda amalga oshirishga mo’ljallargan. Buning uchun 
o’quvchilar “Inson. Mehnat. Kasb”ga doir kursni tinglashlari lozim. O’yin 40-45 daqiqaga 
mo’ljallangan. O’yin birn necha bosqichda amalga oshiriladi. Dastlabki tayyorlov bosqichi 
quyidagicha tashkil etiladi: 

O’yindan oldin ”Inson.Mehnat. Kasb” mavzusida suhbat o’tkaziladi. 

O’yindan oldin sinf o’quvchilari bilan kelishgan holda yoki anonim tarzda “Menning 
bo’lg’usi kasbim” yoki “Mening kasbiy rejam” mavzusida yozma ish tayyorlanib, so’ngra sinfda 
muhokama qilinadi. Kasbiy rejaning har bir jihati 5 balli shkalada baholanadi va muhokama 
qilinadi.

Imkoni topilsa boshqa maktab o’quvchilari bilan anonim xatlar almashinuvini tashkil 
etish mumkin. Xatda familiyaning bosh harfi va imzo qo’yiladi. Xatda o’quvchilar o’zlarining 
kasb tanlashi bilan bog’liq muammolari, shaxsiy rejalari va o’zlari haqida ma’lumot beradilar. 
Javob xatida esa ular bir-birlariga maslahatlar berishi lozim. Tayyorlov bosqichini amalga 
oshirishda psixolog o’zining kasbiy etikaviy tamoyillari va qoidalariga alohida e’tibor qaratishi 
kerak. Bu ishni bajarish tartibi o’quvchilarning xohish-ixtiyoriga ko’ra amalga oshirishni talab 
etadi.
O’yinni amalga oshirish tartibi 
 1-bosqich. Boshlovchi o’quvchilarni o’yinning shartlari bilan tanishtiradi: 
Yo’riqnoma: "Hozir biz bir-birimizga kasb tanlashga yordam berishni o’rganamiz. Hamma juft-
juft bo’lib o’tirib oladi (odatda sinfda o’quvchilar juft bo’lib o’tiradilar). Sizlardan biringiz kasb 
yuzasidan maslahat beruvchi mutaxassis (profkonsultant) bo’lasiz. Boshqa biringiz esa o’quvchi 
rolini bajaradi. Mashg’ulotni yarmi o’tgach sizlar rollaringizni almashasizlar". 
2-bosqich . Boshlovchi hamma o’quvchilardan qog’oz olib, unga imzo qo’yishlarini va o’yin 
bayonnomasini tayyorlashlarini taklif etadi. Har bir o’yinning o’ziga xos bayonnomasi bo’lishi 
mumkin. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin