Mavzu: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing boshqarish xususiyatlari mundarija


Bitiruv malakaviy ishining predmeti



Yüklə 138,81 Kb.
səhifə2/6
tarix08.04.2023
ölçüsü138,81 Kb.
#95139
1   2   3   4   5   6
BMI Boburjon oxirgisi

Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarish hamda xususiyatlarini o‘rganishdagi mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari.
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarish hamda xususiyatlarini o‘rganishda ― “korxonaning” ma‘lumotlaridan foydalanildi va bitiruv malakaviy ishning ob’yekti sifatida o‘rganildi.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi va vazifalari. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarish hamda xususiyatlarini o‘rganish. Korxonalarni rivojlantirishda va raqobatbardoshligini ta’minlashda marketing faoliyat ko‘rib chiqishdan iborat.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing faoliyatini tashkil qilishning nazariy asoslarini o‘rganish;
- marketingning mazmuni va iqtisodiyotni rivojlanishida tutgan o‘rnini o‘rganish;
- korxonalar faoliyatida marketing tizimi va strategiyasini o‘rganish;
- “Korxonasi”da marketing faoliyatini samarali tashkil qilishning amaliy holatini tahlil qilish;
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarish yo‘llarini o‘rganish;
- Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarishda xorij tajribasidan foydalanish yo‘llarini o‘rganish.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy-amaliy ahamiyati. Xorijiy mamlakatlarda marketing faoliyatini tashkil qilish va samarali boshqarish A.Smit, F.Kotler, P.Druker, I.Belyayev, Y.Shumpeter, A.V.Chayanov, K.A.Raitskiy3 kabi iqtisodchi olimlar tomonidan o'rganilgan. Ular marketing nazariyasini rivojlantirishga o'z hissalarini qo'shganlar. Mustaqillik yillarida mamlakatimiz olimlari tomonidan ham ushbu mavzu bo‘yicha qator ilmiy izlanishlar olib borildi. Xususan S.S.G‘ulomov, E.G.Nabiyev, Sh.Z. Ergashxodjayeva, N.E.Alimxodjayeva, M.S.Qosimova, R.S.Xodjayev, S.Soliyev, A.Buzrukxo‘jayev, D.A.Shodibekova va D.Suyunov4lar kabilarning bu borada olib borgan tadqiqotlarini alohida ta'kidlab o'tish lozim.
BMI natijalari, xulosa va takliflari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarishning zamonaviy boshqaruv usullari, vazifalari va mexanizmlari to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlar doirasi o‘rganiladi. BMIning amaliy ahamiyati O‘zbekiston Respublikasining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektoridagi korxonalarni samarali boshqarish, marketing faoliyatini qo‘llash, zamonaviy boshqaruv tizimini rivojlantirish, qarorlar qabul qilish, amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin.

Yüklə 138,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin