Mavzu kichik guruhlarning ijtimoiy psixologiyasi



Yüklə 81,92 Kb.
səhifə2/5
tarix30.09.2023
ölçüsü81,92 Kb.
#150570
1   2   3   4   5
2-m

Guruhning shakllanishi, uning paydo bo‘lishi haqida gapiriladigan bo‘lsa, avvalo shuni ta’kidlash lozimki, guruh jamiyat ehtiyojlari va ijtimoiy talablar asosida paydo bo‘ladi. Masalan, sinf jamoasi doimo bolalarning rivojlanishi va ularning maktablarda ta’lim olishlari kerakligi uchun, talabalar guruhi ham shunga o‘xshash oliy ma’lumotli shaxslar kerak bo‘lganligi uchun paydo bo‘ladi va hokazo. Lekin bu masalaning ijtimoiy tomoni. Uning sof psixologik tomoni ham borki, u odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo‘lishi bilan bog‘liq. CHunki har bir normal insonda muloqotga bo‘lgan ehtiyoj hamda turli hayotiy vaziyatlarda o‘zini ijtimoiy himoyada sezish ehtiyoji borki, bu narsa turli kichik jamoalarda ularning bo‘lishini taqozo qiladi. Lekin guruhga a’zo bo‘lish bilan birgalikda har bir individ qator guruhiy jarayonlarning guvohi bo‘ladi.Har bir guruh o‘ziga xos psixologik tizimga ham ega. Uni tashkil etuvchi elementlar nisbatan barqaror bo‘lib, ular guruh a’zolari xulq-atvorini muvofiqlashtirib turadi. Avvalo guruhning missiyasini ajratish kerak. Missiya – odamlarni jamoa mehnati atrofida uyushtirib, birlashtiruvchi psixologik elementdir. Masalan, barcha talabalarning maqsadi – o‘qish, professoinal malaka orttirib, mutaxssis bo‘lib etishish.Guruhning avtonomligi darajasi ham ma’lum ahamiyatga ega omil, chunki har bir a’zo umumiy maqsad asosida birlashgan bo‘lsa ham, ularning har birining o‘z burch va vazifalari bor va shu nuqtai nazardan har odam o‘z imkoniyatlarini o‘zicha ishga solib, o‘zaro munosabatlarga sabab bo‘ladi.Guruhning psixologik tizimga ta’sir etuvchi omillarga yana ularning jinsiy, Yosh jihatdan, ma’lumoti va malakasi nuqtai nazaridan farq qiluvchi, uyg‘unlikni tashkil etuvchi omillar ham kiradi.Guruhning uyushganligi ham dinamik ko‘rsatgichlardan bo‘lib, shu nuqtai nazardan har bir guruh bir-biridan farq qiladi. Masalan, odamlar hamkorlikda bajarayotgan ishning qiziqarli va hamma uchun manfaatli ekanligi, guruh normalarining a’zolar tomonidan umuman olganda qabul qilinishi, qadriyatlar tizimini tasavvur qilishdagi fikrlar mosligi uyushqoqlikning mezonlaridir.
Guruhning tizimi yana uning katta-kichikligiga ham bog‘liq. Masalan, 5-10 kishidan iborat guruhdagi munosabatlar yaxshiroq, uyg‘unroq va faoliyat samaraliroq hisoblanadi. CHunki bunday guruhlarda norasmiy muloqot uchun ma’qul sharoit mavjud bo‘ladi. Bunday guruhlarda «guruhbozlik» degan illat ham bo‘lmaydi. Guruhning hajmi ortib borgan sari ularda rasmiyatchilik, rasmiy yuzaki munosabatlar ko‘payadi va bu odamlar o‘rtasidagi insoniy munosabatlarda o‘z aksini topadi.Guruhlardagi liderlik va umumiy qarorlarga kelish ham dinamik jarayonlarga kiradi.Guruhda odamlarning bir-birlarini yoqtirishlari yoki aksincha, inkor qilishlari ko‘pincha turli xil qarorlar qabul qilish jarayonida ro‘y beradi. Grupaviy qarorlar qabul qilish individual qarorlar qabul qilish jarayonidan tubdan farq qilmaydi. Ikkalasida ham avval muammo aniqlanadi, ma’lumotlar to‘planadi, bir nechta takliflar ilgari suriladi va nixoyat, eng ma’quli qabul qilinadi. Lekin guruhda bu jarayon biroz boshqacharoq kechadi va nizolar ko‘pincha aynan shu jarayon bilan bog‘liq bo‘ladi.Amerikalik psixolog T. Mitchellning fikricha, o‘zaro ta’sir gruppa sharoitida quyidagi omillar vositasida ro‘y beradi:
1) ayrim a’zolar boshqalariga nisbatan ko‘proq gapirishga moyil bo‘ladilar;
2) yuqoriroq mavqega ega bo‘lgan shaxslar qarorlar chiqarish jarayonida ham boshqalarga tazyiq o‘tkazishadi;
3) guruhda ko‘p vaqt o‘zaro fikrlardagi kelishmovchiliklarning oldini olishga ketib qoladi;
4) guruhda ayrim odamlar ta’sirida asosiy maqsaddan chetlash va maqsadga nomuvofiq qarorlar qabul qilish xollari kuzatiladi;
5) barcha a’zolar o‘zlari sezmagan holda konformlilikka berilishlari va guruh ta’siriga tushib qoladilar. Shuning uchun ham ba’zan majlisni olib boruvchi rais kun tartibini e’lon qilgan bo‘lsa-da, undan chalg‘ib ketishi va o‘rinsiz qarorlar qabul qilishi mumkin.Lekin gruppaviy qarorlar qabul qilish jarayonining eng katta ijobiy tomoni shundaki, unda ko‘plab fikrlar tug‘iladi va o‘rtaga tashlanadi. Bu fikrlar shunday sharoit yaratadiki, oxir-oqibat alohida individual fikrlardan biroz bo‘lsa-da, farq qiladigan original yangi fikr paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham rahbarlik san’ati ko‘pchilik fikriga tayangan xolda oxirida eng ma’kul qarorga kela olishdir. Lekin salbiy tomoni shundaki, gruppaviy muzokara va qarorlar qabul qilish jarayoni ba’zi a’zolarda loqaydlik («Menga nima, ular gapirishyapti-ku» kabi), tashabbussizlik («Baribir meniki qabul qilinmaydi, gapirim nima qildim?» kabi) illatlarini ham paydo qilishi mumkin. Bu o‘sha muhitda ayrim odamlar fikri doimo qo‘llab - quvvatlangan, ayrim odamlarga e’tibor, imtiyoz berilgan sharoitlarda rahbarning aybi bilan ro‘y beradi.
Xoffman o‘z eksperimentlarida gruppaviy qarorlar qabul qilishga guruhning tarkibi ta’sir qilish mumkinligini isbot qilgan. Uning fikricha, yaxshi, sifatli, ijobiy fikrlar va qarorlar guruh tarkibi har xil (geterogen tarkib) bo‘lgan sharoitlarda uning tarkibi bir xil (gomogen) bo‘lgandan ancha ko‘p va sifatli bo‘ladi. Gomogen guruhlarda (masalan, taxminan bir xil o‘zlashtiradigan talabalar guruhi) qarorlar qabul qilish mobaynida konfliktlarning kam bo‘lishi va qarorlar tezda qabul qilinishi aniqlangan.
Har qanday qarorlar qabul qilish jarayoni psixologik jihatdan tavakkalchilikka asoslanishi ham isbotlangan. Lekin tavakkalchilik darajasi guruh sharoitida individual holatdagidan ancha past bo‘lar ekan. O‘rtacha guruh a’zosining bu o‘rindagi fikri: «Tavakkal shu gapni aytaychi, noma’qul bo‘lsa, guruh bor-ku, ular ma’qullashgan-ku?». Demak, guruh sharoitida qabul qilingan har qanday qaror mohiyatan ijtimoiy xarakterli bo‘lib, uning to‘g‘ri va foydali, natijali bo‘lishida rahbarning roli katta bo‘ladi.
Demak, kichik guruhlar sohasidagi tadqiqot ob’ektlariga odamlarning guruhda va yakka holdagi xulq-atvorlarini o‘rganish, kichik guruhlarning psixologik tuzilishi, ularda ro‘y beradigan dinamik jarayonlar (uyushqoqliq o‘zaro moslik va hokazo), guruhlardagi peshqadamlik va boshqarish psixologiyasi, konformizm hodisasi, jamoalarning shakllanish shartlari, turli guruhlararo munosabatlar, guruhlardagi kishilar o‘rtasida o‘zaro muloqot, o‘zaro bir-biriga ta’sir usullari, odamlarni samarali muloqotga o‘rgatish ham guruhlar ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi hisoblanadi.
Ushbu sohani o‘rganish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy fan sohalariga ishlab chiqarish ijtimoiy psixo­logiyasi va boshqarish psixologiyasi kiradi.
Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko‘pchilikni tashkil etib ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional begilar ularning shu gurhga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko‘p sonli bo‘lganligi va ular xulq-atvorini bslgilovchi mexanizmlarning o‘ziga xosligi tufayli bo‘lsa kerak, ijtimoiy psixologiyada olimlar ko‘pincha kichik guruhlarda ish olib borishni afzal ko‘radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy ahamiyatga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o‘tilganidek ko‘pchilikni qamrab olishda qiyinchiliklar bo‘lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o‘rganishga qaratilgan metodik ishlar zahirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar sinfi psixologiyasi o‘rganilishi kerak, deylik Avvalo o‘sha ishchilarning soni ko‘p, qolaversa, ishchilarning o‘zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni ko‘yadi. Shuning uchun xam har bir katta guruhga taalluqli bo‘lgan asosiy, etakchi sifatni topish va shu asosda uning psixo­logiyasini o‘rganish hozircha ijtimoiy-psixologiyadagi asosiy metodologik yo‘llanma bo‘lib kelmoqda. Qolaversa, katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo‘lgani uchun ham har qanday guruhni o‘rganishdan oldin, xoh bu sinflar bo‘lsin, xoh millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo‘lsin, uning xayot tarzi, unga xos bo‘lgan odatlar, udumlar, an’analar o‘rganiladi. Ijtimoiy-psixologik ma’noda, hayot tarzini o‘r­ganish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo‘lgan kishilar o‘rtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o‘zaro munosabatlarda ustun bo‘lgan psixologik omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, extiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, ya’ni u yoki bu katta guruhga mansub bo‘lgan shaxsda tipik xislatlar shakllanadi. Masalan, 90-yillar Yoshlariga xos bo‘lgan tipik sifatlar ana shu Yoshlar o‘rtasida keng tarqalgan urf-odatlar, moda, so‘zlashish xususiyatlari, qadriyatlar, qiziqishlar va hokazolar tufayli shaklla­nadi. Shuning uchun ham 20 Yoshli kishining psixologiyasini to‘liq ravishda o‘rganish uchun undagi bilish jarayonlarining o‘ziga xosligi, shaxsi, harakteri va boshqa individual psixologik xususiyatlaridan tashqari, yana unga o‘xshash Yoshlarda ustun bo‘lgan psixologik xislatlarning qanchalik namoyon bo‘lishini, u mansub bo‘lgan va asosan vaqgini o‘tkazadigan guruhlar psixologiyasini, milliy sifatlarini ham nazarda tutish va ularni o‘rganish zarur. Bu degani, har bir shaxs ongida uning yakka, alohida orttirgan shaxsiy tajribasiga aloqador psixologik tizimlardan tashqari, uning qaysi millat, elat, sinfga mansubligidan singdirilgan psixologik tizimlar ham mavjuddirIjtimoiy psixologiya - kishilarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, guruhiy tavsifni, shaxsning ruhiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy o'rnatilishini kabilarni tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Avvallari ijtimoiy psixologiyada voqeiylik falsafiy nuqtai nazardan oʻrganilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan. Ijtimoiy psixologiya faniga umumiy psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, etiologiya, kriminologiya, falsafa kabi fanlar asos boʻlib xizmat qilgan. 19-asrning 2-yarmida ijtimoiy psixologiyani fan sifatida rivojlantirishga ilk urinishlar boshlangan. Jahon jamoatchiligi tomonidan ijtimoiy psixologiya 1908-yildan fan sifatida tan olingan. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda AQSH va boshqa mamlakatlarda psixologiya muammolari yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazila boshlandi. Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan bog’liq tarzda rivojlanganligining, ilmiy jixatdan esa, falsafiy qarashlar ta’sirida bo`lib, sof ijtimoiy psixologik nazariyalarning juda oz sonli bo`lganligining guvoxi bo`lishimiz mumkin.Ijtimoiy psixologiyaning mustaqil fan bo`lib ajralishiga sabab bo`lgan ijtimoiy va ilmiy asoslar. Insoniyat tarixini o’rganar ekanmiz mutafakkirlar, olimlar, allomalar ijtimoiy psixologik xodisalar bilan juda qiziqkanliklarining guvoxi bo’lamiz. Lekin ular bu xodisalarni o`z davri ruxida, o`z nazariy va ijtimoiy qarashlari, hattoki, turli okimlar orasida tushunishga o’ringanlar. Shuning uchun ham Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida taraqqiyotini o’rganish uchun ijtimoiy psixologik muammolar yeritilgan asar yoki kashfietchining yashagan davri, uning siesiy qarashlari, jamiyatning taraqqiyot xususiyatlarini ham o’rganish lozim. Ilmiy manbalar Ijtimoiy psixologiyaning davlat va huquq nazariyasi, siesiy iqtisod, etika, falsafa fanlarining rivojlanishi bilan uzviy bogligini kursatadi. Ayniqsa, fan taraqqiyotiga falsafa fani o’zining sezilarli ulushini kushgan. Shuning uchun ham amerikalik olim G. Olport ijtimoiy psixologik goyalarning yaratilishi va rivojlanishi falsafa bilan, uning ko’zga ko’ringan arboblaridan hisoblangan Platon nomi bilan bog’liq deb yozgan edi.
Platon o’zining "Davlat" va "Qonunlar" deb atalgan dialoglarida shaxsning jamiyat bilan aloqalari masalasiga tuxtalib, jamiyat individga nisbatan o’zgarmas bir birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlarga buysunadi, degan fikrni ximoya qilgan. Unga qarama-karshi fikrni Aristotel bayon etib, individni barcha ijtimoiy o’zgarishlarning sababchisi, chunki unda bunga imkon beruvchi psixologik tizimlar bor, deb yozadi. Ya’ni, shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabat masalasi Platonda jamiyat foydasiga hal bo`lgan bo’lsa, Aristotelda bu narsa shaxs foydasiga yechilgan. Ulardan keyingi - yangi davr faylasuflarini - Gobbs, Gilvetsiy, Lokk, Russo, Gegel, Makiavelli, Shark faylasuflaridan Beruniy, Farobiylar ham barcha asarlarida shaxs va jamiyat qarama-karshiliklarini ilmiy asosda sharxlashga o’rindilar, lekin xech kaysisi bu muammoni ijtimoiy psixologik muammo darajasiga kutara olmadi.
Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi XX asrning boshida Angliyada shakllandi. Uning asoschisi ingliz psixologi Uilyam Magdugall bo`lib, u o’zining 1908 yilda yozgan "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" kitobidagi inson xulq-atvorining motivi yoki uni harakatga keltiruvchi kuch instinklardir deb yozgan. Keyinchalik u instinkt tushunchasi bilan birga laekat, intilish iboralarini ham ishlata boshladi. Uning fikricha, xulq-atvorni taminlovchi narsa tugma, psixofiziologik tayorgarlik holati bo`lib, u nasldan-naslga uzatiladi. Magdugall barcha harakatlarni refleksiv holda tushuntirishga intilib, refleksiv yeyga xos bo`lgan barcha qismlar ya’ni efferent kabo’l qiluvchi, retseptiv bo’lim, efferent (harakat) va markaziy bo’limdan iborat tizim sifatida tasavvur qiladi. Barcha ijtimoiy harakatlar ham ana shunday refleksiv tabiatga egadir, deb uktiradi u.
Shunga o’xshash fikrlar E. Ross ("Ijtimoiy psixologiya") va Dj. Bolduin ("Ijtimoiy psixologiya bo`yicha tadqiqotlar") qarashlarida ham rivojlangan. Masalan, Bolduin ikki turli irsiyat haqida - tabiiy va ijtimoiy irsiyat haqida yozib, ijtimoiy irsiyat odamlardagi taklid qilish qobiliyati bilan bog’liq, deb yozadi. Jamiyatda yashayotgan odamlar bir birlariga ta’sirlarini o’tkazishga moyildirlarki bu narsa ular o’rtasidagi munosabatlarini boshqarib turadi.
Shunday qilib, bu yo’nalish tarafdorlarining fikricha, barcha ongli harakatlarning boshi- ongsizlikdir, ya’ni instinklar bo`lib, ular asosan hissietlarda namoyon bo`ladi. Hissiet bilan instinklar bog’liqligini Magdugal juftliklarda ko’rsatishga harakat qilgan: masalan, ko’rash instinkti - qo’rquv, gazab hissi, nasl qoldirish instinkti - rashk, ayollardagi tobelik hissi, o’zlashtirish instinkti - xususiylikka intilish hissi va xoka’zo. Ijtimoiy xodisalarning tushuntirishda tugma instinktlar rolining yo’qori kuyganligi uchun bu nazariya ilmiy taraqqiyot bosqichida salbiy o’rin tutdi, deb aytishimiz mumkin. Lekin uning ayrim xodisalar sabablarini tushunishtirishga harakat qilishi fan oldiga ulkan vazifalarni kuydi. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida ana shu muammolarni tadkik qilishi lozim edi.
Demak, yo’qorida tuxtab utilgan uchala nazariyaning ahamiyati shundan iborat ediki, ular yangi tugilishi lozim bo`lgan, lekin ilmiy asosi bo`lgan fan - Ijtimoiy psixologiyaning tadqiqot mavzuini ochib berdi. Qolaversa, bu uchala yo’nalish ham nazariy qarashlarni isbot qilishda ob’ektiv tekshiruv usuli hisoblangan eksperimentdan foydalanish zaruriyatini kursatdi. Bu narsa yana bir bor maxsus fanning kelajak rejalarini aniqlashga yerdam berdi.
Ijtimoiy psixologiyaning eksperimental fan sifatida rivojlanishi. XX asr shu bilan harakterli ediki, u turli fanlar oldiga konkrekt topshiriqlar kuya boshladi. Bundan tashkari, juda ko’p fanlarda ob’ektiv eksperimentlar usul Yo’li bilan ilmiy faktlar tuplash Yo’lga qo’yildi. Psixologiya fani ham bundan istisno emas edi. Sof psixologlar individ psixologiyasini eksperimental o’rganar ekanlar, ularning boshqa individlar tasirida bo`lishi faktini inkor qila olmas edilar. Ikkinchidan esa, Amerikada ko’pgina psixologlar o`z tadqiqot obektlarini laboratoriyalarda ayrim psixik jarayonlarni o’rganishdan kichik guruhlarga kuchira boshladilar. Bu davrda psixologiyada shakllanib bo`lgan uch asosiy okim (psixoanaliz, bixeviorizm va geshtalt psixologiya) ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni kichik guruhlar doirasida o’rganish tendensiyasi paydo bo’ldi. XX asr psixologiya fani tarixida shu bilan ajralib turadiki, olimlar nazariy izlanishlarga etibor berishmas, hattoki, katta guruhlar, ommaviy xodisalar psixologiyasi ham nazardan ancha chetda qolgan edi. Asosiy diqqat kichik guruhlarga va ularda turlicha eksperimentlar o’tkazishga qaratilgan edi. Bunday holatning paydo bo`lganligi Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishida nixoyatda katta rol uynadi. Geshtayolt psixologiya yo’nalishi negizida maxsus ijtimoiy psixologik yo’nalishlarning - interaksionizm va kognitivizmning paydo bo`lganligi esa bu fanning eksperimental ekanligi yana bir bor isbot qildi.
Bixeviorizm yo’nalishlari doirasida o’tkazilgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K. Holl va V. Skennerlar nomi bilan bog’liq. Ular va ularning izdoshlari hisoblangan K. Miller, D. Dollard, Dj. Tibo, G. Kelli va boshqa diada - ikki kishi o’rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental ko’rinishlarini tadkik qilib, ularda matematik o’yin nazariyasi elementlarini qo’lladilar. Diada sharoitida laboratoriyalarda o’tkazilgan tadqiqotlarda asosan mustaxkamlash goyasini isbot qilishga o’rinildi. Klassik bixeovirizmdan farkli ularok ijtimoiy psixologik bixevioristlar xayvonlar o’rniga laboratoriyaga nakd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning goyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi xayvonlarda to’plangan dalillar modelini insonlarda qo’llash hollari kuzatildi.
Psixoanaliz doirasida esa ijtimoiy psixologik tadqiqotlar E. Fromm va Dj. Salliven ishlari bilan bog’liq, Bixevioristlardan farkli ularok bu yerda eksperimentlar ikki kishi emas, balki ko’pchilik ishtirokida o’tkazila boshladi. Ularning izdoshlari (V. Bayon, V. Bennis, G. Sheparde, V. Shuts) o’tkazgan tadqiqotlar tufayli hozirgi kunda ham katta qiziqish bilan o’rganilayotgan T-Guruhlar psixologiyasi yaratildi. Unda guruh sharoitida bir odamning boshqalarga ta’siri, guruhning ayrim individlar fikrlariga ta’siri kabi masalalar ishlab chiqildi va ijtimoiy psixologik treninglar o’tkazishga asos solindi.
Kognitivizm K. Levin nazariyasi asosida paydo bo`lgan psixologik yo’nalish bo`lib, undagi o’rganish ob’ekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo`lgan kognitiv holatlar bo’ldi. Kognitivizm doirasida shunday mukammal, boshqalarga shunday mukammal nazariya yaratildiki, ular hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Masalan, F. Xayderning balanslashtirilgan tizimlar nazariyasi, T. Nyo’qomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Fetingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ulardagi asosiy goya shundan iboratki, shaxs o’ziga o’xshashga shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruhiy mutanosiblik, tenglik bo`lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan chiqishiga harakat qiladi. Maqsad-turli ijtimoiy sharoitlarda shaxs xulq-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning olidini olish Yo’l-yuriklar ishlab chiqishdan iborat. Hozirgi davrda ham Taniqli ijtimo iy psixologlar Olport, Maslou, K. Rodjers va ularning safdoshlari gumanistik psixologiya doirasida bu ishlarni faol davom ettirmoqdalar.
Nixoyat, turtinchi nazariya interaksionizm bo`lib, bu aslida sotsiologik nazariya bo`lib xsoblanadi. Uning asoschisi Gerbart Mid bo`lib, uning qarashlari ta’sirida T. Sarbinning rollar nazariyasi, G. Xaymen va R. Mertonlarning referent guruhlar nazariyasi, F. Goffmanining ijtimoiy dramaturgiya nazariyalari shakllanadi. Ular turli ijtimoiy sharoitlardagi xulq-atvorlarni tushuntirish orqali shaxs ijtimoiy psixologik sifatlarining sabablarini topishga harakat qiladi. Har bir shaxs doimo ijtimoiy o’zaro ta’sir tizimida, mavjud bo`ladiki, unda u to’g’ri harakat qilish uchun o’zgalarni tushunishga harakat qilishi, o’zgalar roilini kabo’l qilishga tayor bo`lishi lozim. Lekin o’zgalar rolini to’g’ri kabo’l qilish uchun unda"umumlashtirilgan o’zga"obrazi bo`lishi lozimki, bu obraz shaxslararo muloqot jarayonida, har bir shaxs uchun ibratli bo`lgan kishilar guruhi bilan muloqotda bo`lish jarayonida shakllanadi. Ya’ni shaxs faolligi tan olinadi, bu esa fan tarixida uta progressiv hol edi.
Yo’qorida aytib utilgan nazariya va okimlar hozirgi kunda ham Ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishiga o`z hissalarini kushib kelmoqdalar. Rus ijimoiy psixologiyasi va sobiq Ittifok tizimida bo`lgan jumxuriyatlardagi ijtimoiy psixologik qarashlar rivojlanishida ham chet el, xususan amerikalik olimlarning ulushlari kattadir.
Uning fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashki xulq-atvorda, harakatlarda ifodalanadi, shuning uchun ham tashki harakatlarni, qiliklarni, nutkni, tovushni o’rganish, orqali shaxsning o’zini bu harakatlarning sabablarini o’rganish, mumkin. Bexterevning xatosi shu ediki, u o`z qarashlarida sotsiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan aralashtirib yubordi, shu orqali shaxs va jamiyat taraqqiyotining uni versal qonunlarini topmoqchi bo’ldi.
3. Ijtimoiy psixologiyaning mustakil fan va amaliyot yunalishi sifatida tula shakllanishi davri (XX asrning 20-chi yillaridan boshlab).
Ta’kidlash urinliki, ijtimoiy psixologiyaning predmeti aniklash osonlikcha ruy bermagan. Manbalardan ma’lum buldiki, bu borada fan tarixida uch xil yondashuv mavjud bulgan:

Yüklə 81,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin