Birinchidan, guruh o‘z a’zolariga ma’lum tarzda psixologik ta’sir ko‘rsatadi. Bu hodisa psixologiyada konformizm deb ataladi (o‘zbek tilida ''moslashish" ma’nosini bildiradi). Bu hodisaning mohiyati shundan iboratki, u individning guruhda qabul qilinadigan normalar, fikrlar, xulq-atvor standartlarini qanchalik qabul qilishi yoki qabul qilmasligi bilan bog‘liq. Guruh fikrini qanchalik tez qabul qilish uning ta’siriga berilish individ bilan guruhning ziddiyatlarini oldini olishi mumkin. Shuning uchun ham individ ana shunday hatti-harakat qilishga intiladi. Lekin ana shunday guruh fikriga, harakatiga qo‘shilish turli shakllarda bo‘lishi mumkin:

tashqi konformlilik — individ guruh fikriga nomigagina ko‘shiladi, aslida ruhan u guruhga qarshi turadi;
ichki konformlilik — individ guruh fikriga to‘lig‘icha qo‘shiladi va ruhan qabul qiladi. Ana shunday hollarda individ bilan boshqalar o‘rtasida ziddiyat yoki konfliktlar paydo bo‘lmaydi. Bu o‘rinda yana bir tushuncha ham bor, u ham bo‘lsa ''negativizm'' tushunchasidir, bu individning har qanday sharoiitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o‘zicha mustaqil fikr, mavqeni namoyon qilishidir. Bu tabiiy individ uchun noqulay, lekin mustaqil fikr, odil harakatlar doimo hurmat qilinadigan jamoalarda negativizm hodisasi yomon illat sifatida qabul qilinmaydn.
Guruhlardan yana bir jarayon-bu guruhning uyushqoqligi muammosidir. Guruh a’zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari, hayotiy prinsiplari, qadriyatlarini yaxshi tasavvur qilishlari bunday uyushqoqlikning birinchi omilidir.