Nonkonformizm-chi? Kimlar o‘zgalar fikriga ergashmaydi? SHunday insonlar toifasi borki, ular ko‘pchilikka, qolaversa, ikkilanuvchilarga ergasholmaydi. Ular hakida ba’zan liderlar termini, ba’zida esa, «qo‘shilmaslar» iborasi ishlatiladi.
Bu yaxshimi yoki yomonmi? O‘zbeklarda «Podadan ajraganni bo‘ri eydi» degan maqol bo‘lishiga qaramay, aynan ana shunday yagonalar, kamchilikni tashkil etuvchi «qo‘shilmaslar» tarixiy shaxslar yoki jamiyatda tub islohotlarni boshlovchilar bo‘lib chiqadi. Agar bunday qobiliyat tug‘ma - xarizmatik bo‘lib, buni odamlar qalban xis qilsalar, ular norasmiy liderlarga aylanadi, agar bunday intilish ataylab, boshqalarga ko‘rsatib qo‘yish uchun namoyish etilsa, ular rasmiy liderlarga - rahbarlarga aylanib qoladilar. Nima bo‘lganda ham liderlik va rahbarlik muammolari ham ijtimoiy psixologiyaning ustivor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Ижтимоий психологик муҳитдеганда, ўша гуруҳнинг аъзолари фикрлари, ҳиссиётлари, дунёқараши, установкалар ва ўзаро муносабатларидан иборат бўлган эмоционал-интеллектуал ҳолати тушунилди.
Гуруҳнинг шахсга ижобий таъсири ҳодисасини фасцилитация деб аталади. Бунда шахс ўзидаги қобилият ва фазилатларини, ишчанлик хусусиятларини намоён қила олиши кузатилади.
Шахс ўзидаги қобилият, имконият ва лаёқатини юзага чиқара олмаса, бунда гуруҳ унга салбий таъсир кўрсатса, шахсда тормозланиш намоён бўлади, бу ҳодисани ингибиция деб аталади.
Guruhning modeli asosida ingliz psixologlari G. Stenford va A. Roark guruh rivojlanishining quyidagi etti bosqichini aniqladilar.
1. Talabalarning sinf va bir-birlari haqidagi g'oyalarini shakllantirish bosqichi. Ayni paytda birinchi shaxslararo o'zaro ta'sirlar hali ham juda ehtiyotkorlik bilan va dyadlarning paydo bo'lishiga olib keladi. O'qituvchi sinfdagi asosiy hokimiyat sifatida qabul qilinadi.
2. Ikkinchi bosqich - bu guruh me'yorlarini shakllantirish davri, guruhning o'z-o'zini anglashini shakllantirishning boshlanishi.